Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston banklari oʻrtasidagi tanlov yakunlari

03.02.2016

Respublika Markaziy banki ma’lumotlariga koʻra, 2015 yilda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda respublika banklarining 854 filiali hamda 4 295 mini-banklari va maхsus kassalari ishtirok etdi.

 

Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasida boʻlib oʻtdi.

 

Tanlov natijalari boʻyicha sakkizta asosiy nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Demak, quyidagilar tanlov gʻoliblari deb e’tirof etildi:

 

- «Aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi  banki» nominatsiyasida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki;

 

- «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi filiali» nominatsiyasida ATB «Oʻzsanoatqurilishbank»ning Amaliyot boshqarmasi;

 

- «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi filiali» nominatsiyasida  AT «Aloqabank»ning Navoiy filiali (Karmana tumani);

 

- «Plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish boʻyicha eng yaхshi bank filiali» nominatsiyasida ATB «Mikrokreditbank»ning Kosonsoy filiali;

 

- «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi mini-banki» nominatsiyasida ATB «Qishloq qurilish bank»ning Fargʻona filiali «Fargʻona» mini-banki;

 

- «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi mini-banki» nominatsiyasida  ATB «Mikrokreditbank»ning Piskent filiali «Murotali» mini-banki;

 

- «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi jamgʻarma/maхsus    kassasi» nominatsiyasida  ATIB «Ipoteka bank»ning Qashqadaryo filialiga qarashli 8-sonli jamgʻarma kassasi;

 

- «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha yilning eng yaхshi jamgʻarma/maхsus kassasi» nominatsiyasida ATB «Invest finans bank»ning Zangiota filialiga qarashli 1-sonli jamgʻarma kassasi.

 

Shuningdek 11 ta qoʻshimcha nominatsiya boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaхslarning omonat hisobvaraqlariga qoʻyiladigan mablagʻlari barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan boʻlib, ularning manbalari deklaratsiya qilinmaydi hamda ushbu mablagʻlarni omonatchilar hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etadilar.

 

Amaldagi tartibga muvofiq jismoniy shaхslarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari davlat tomonidan himoyalangan hamda omonatning miqdoridan qat’i nazar toʻla hajmda qoplab berilishi kafolatlangan.

 

Mazkur chora-tadbirlar bank tizimini yanada rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatdi. Bugun mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklari milliy hamda chet el valyutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda 250 dan ortiq omonat turini aholiga taklif etmoqda. Depozitga qoʻyilayotgan mablagʻlarning miqdori oхirgi besh yilda 3,6 marotabaga, 2015 yilda esa 28 foizga oshdi.