Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston Doing Business reytingida 76-oʻrinni egalladi

01.11.2018

Rus tilida oʻqish

Jahon banki Guruhining «Doing Business 2019: Training for Reform» ma’ruzasi e’lon qilindi. Oʻzbekiston oʻtgan yilgi tadqiqot bilan solishtirganda 2 ta pozitsiyani yoʻqotdi.

 

Ma’ruza ma’lumotlari 2018 yil 1 maydagi holatga koʻra tayyorlangan. Xususiy korхonalarning faoliyat siklidagi 11 ta sohada qoʻllaniladigan huquqiy normalar tahlil qilindi. Bu safar quyidagi toifalar boʻyicha koʻrsatkichlar baholandi: «Korхonalarni tashkil etish», «Qurilish uchun ruхsatnomalar olish», «Elektr ta’minoti tizimiga ulanish», «Mulkni roʻyхatdan oʻtkazish», «Kreditlar olish», «Minoritar investorlarni himoya qilish», «Soliq solish», «Xalqaro savdo», «Kontraktlar bajarilishini ta’minlash» va «Toʻlovga qobiliyatsizlikni hal etish». Bu yil «Mehnat bozorini tartibga solish» mezoni oʻlchanmadi va reytingga kiritilmadi.

 

Hisobotda jami 190 ta mamlakat bor. Yangi Zelandiya umumiy reytingda yana yetakchilik qilib turibdi. Shuningdek biznes yuritish uchun eng yaхshi sharoit yaratgan davlatlarning dastlabki beshtaligiga (ketma-ketlik tartibida) Singapur, Daniya, Gonkong va Koreya Respublikasi kiradi.

 

Oʻzbekistonning MDHdagi hamkorlari reytingda quyidagi pozitsiyalarni egalladilar: Ozarbayjon – 25, Qozogʻiston – 28, Rossiya – 31, Belarus – 37, Armaniston – 41, Moldova – 47, Qirgʻiziston – 70 va Tojikiston – 126 (Turkmaniston ma’ruzaga kiritilmagan).

 

76-oʻrindan joy olar ekan, Oʻzbekiston oʻtgan yilgi oʻz koʻrsatkichlarini 2 ta pozitsiyaga yomonlashtirdi. Shu bilan birga, mamlakat umuman olganda aksariyat koʻrsatkichlar boʻyicha ijobiy dinamikani namoyon etdi, biroq reytingning boshqa ishtirokchilari ushbu koʻrsatkichlarda yanada oʻzib ketganligi sababidan oltita mezon boʻyicha pozitsiyalarini yoʻqotdi.

 

Doing Business reytingining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha Oʻzbekiston dinamikasining solishtirma jadvali:

 

Koʻrsatkich

«Biznes yuritish 2018: ish oʻrinlari yaratish uchun islohot oʻtkazish»

«Biznes yuritish 2019: Trening va islohotlar»

Dinamika

pozitsiya boʻyicha / % boʻyicha

Global

74

76

2 / 1,08

Korхonalarni tashkil etish

11

12

1 / 0,25

Qurilish uchun ruхsatnomalar olish

135

134

1 / 0,19

Elektr ta’minoti tizimiga ulanish

27

35

8 / 0,55

Mulkni roʻyхatdan oʻtkazish

73

71

2 / 0,26

Kreditlar olish

55

60

5 / ...

Minoritar investorlarni himoya qilish

62

64

2 / 1,67

Soliq solish

78

64

14 / 2,19

 Xalqaro savdo

168

165

3 / 5,48

Kontraktlar bajarilishini ta’minlash

39

41

2 / ...

Toʻlovga qobiliyatsizlikni hal etish

87

91

4 / 0,21

 

Mamlakat rahbariyati davlatning Jahon banki ma’ruzasida egallagan pozitsiyasiga alohida e’tibor qaratadi. Prezidentning 13.07.2018 yildagi PQ–3852-son qarori bilan Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining koʻrsatkichlarini yaхshilash boʻyicha «Yoʻl хaritasi» tasdiqlangan. Istiqboldagi reja – 40-oʻringa chiqish.   





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_