Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
662-sonli VMQga koʻra tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini baholash metodikasida nimalar oʻzgardiIshonchnoma: nima uchun kerak, qanday turlari bor, qanday toʻgʻri rasmiylashtiriladi Soliq organining ma’lumotlar bazasida notoʻgʻri ma’lumotlar aks ettirilgan boʻlsa, nima qilish kerak

«Oʻzbekiston havo yoʻllari» qishki parvozlarni boshladi

31.10.2017

«Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK 29 oktyabrdan qishki jadval boʻyicha qatnovlarni boshladi, deb ma’lumot berilgan kompaniyaning rasmiy saytida.

 

Qishki parvozlar jadvali 2018 yilning 24 martiga qadar amal qiladi. Qishki davrda aviakompaniya ehtiyoj katta boʻlgan bir qator yoʻnalishlarga qatnovlar sonini oshiradi. Shuningdek, “Samarqand” aeroportidan bajariladigan parvozlar geografiyasini kengaytiradi.

 

Jadvaldagi e’tiborga loyiq yangilik esa – Samarqand-Istanbul-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan qatnovdir. Samarqanddan Turkiyaga qatnovlar 30 oktyabrdan boshlab dushanba kunlari muntazam amalga oshiriladi. 16 noyabrdan esa payshanba kunlari ham bajarilishi koʻzda tutilgan.

 

Amritsarga (Hindiston) parvozlar soni – haftada ikki marotaba bajariladigan boʻldi, Seulga qatnovlar soni esa haftasiga besh marotabaga yetkaziladi. 

 

Aviakompaniya yuk tashuvchi yoʻnalishlarni faol rivojlantirmoqda. “Navoiy” хalqaro aeroportidan Boeing 767 yuk samolyotlari Frankfurt, Dehli, Dubay, Shanхay shaharlariga muntazam qatnamoqda. Bundan tashqari, Guanchjou (Xitoy) shahriga yangi yoʻnalish ochildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Milliy aviakompaniya dunyoning 23 mamlakatiga 52 yoʻnalish boʻyicha qatnovlarni amalga oshirmoqda.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_