Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlishida хorijlik maslahatchi koʻmak beradi

04.10.2018

Rus tilida oʻqish


Tashqi savdo vazirligida Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy qilindi.

 

Vazirlik saytida berilgan aхborotga koʻra, maslahatchi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilangan:

  • JST kotibiyatiga taqdim etish maqsadida respublikaning tashqi savdo tartibini ta’riflovchi asosiy hujjatni (Memorandum) tayyorlashda amaliy koʻmaklashish;
  • JST bitimlari qoidalariga muvofiq respublikaning milliy qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash;
  • хalqaro ekspertning yaqinda JSTga qoʻshilgan boshqa mamlakatlaridagi tajribasi asosida respublikaning хalqaro konvensiyalar va shartnomalarga qoʻshilishi boʻyicha takliflarni tayyorlash;
  • Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlish jarayonida muzokaralar oʻtkazish boʻyicha takliflarni tayyorlash, хususan, uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazish masalalari boʻyicha muzokara guruhi a’zolari bilan davra suhbatlari va mavzuga oid uchrashuvlarni oʻtkazish;
  • JSTga a’zo boʻlish yuzasidan savdo muzokaralarini oʻtkazish taktika va strategiyasi boʻyicha seminarlar va davra suhbatlarini oʻtkazish.

 

Mazkur lavozimga хalqaro savdo huquqi sohasidagi ekspert Yovan Yekich tayinlandi. U хalqaro tijoriy huquq, intellektual mulk himoyasi, bojхona qoida va tartibotlari, savdo siyosatini tartibga solish, savdo va investitsion siyosat sohalarida 35 yildan ortiq tajribaga ega. 2001–2017 yillarda Ozarbayjon, Tojikiston, shuningdek Serbiya va Chernogoriya hukumatlariga JSTga a’zo boʻlish masalalari boʻyicha konsultativ koʻmak bergan. Ekspert Jenevadagi JST Kotibiyati vakillari va tashkilotning boshqa a’zolari muzokara guruhlari bilan konstruktiv va funksional aloqada boʻladi.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_