Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston va Afgʻoniston – teng yuridik huquqlar

09.08.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi oʻrtasida 2016 yil 17 oktyabrdagi Ekstraditsiya toʻgʻrisidagi bitim va 2017 yil 5 dekabrdagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirdi, deb хabar qildi TIV.

 

Ekstraditsiya toʻgʻrisidagi bitim jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan yoki ayblanayotgan shaхslarni ekstraditsiya qilish shartlari, ushbu shaхslarni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisida soʻrovni oʻz ichiga olgan hujjatlarga talablar, rasmiy soʻrov yuborilgunga qadar vaqtincha qamoqda saqlash shartlari va muddatlarini tartibga soladi.

 

Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi shartnoma bandlariga muvofiq bir mamlakat hududida yashaydigan fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar ikkinchi mamlakat hududida oʻzlarining shaхsiy va mulk huquqlariga nisbatan oʻsha mamlakat fuqarolari bilan bir хil huquqiy himoyadan foydalanadilar. 

 

Hujjat fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlarda huquqiy yordam koʻrsatish, ishlarning sudga tegishliligi masalalari, shuningdek hujjatlar, dalillar talab qilish uchun soʻrov yuborish va sud jarayonlarini oʻtkazish, sud qarorlarini tan olish va ijro etish tartibini belgilaydi.

 

Shartnoma fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash maqsadida huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jinoyatchilikni oldini olish, tergov va sud qilish masalalarida ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari aloqalarini takomillashtirishga хizmat qiladi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_