Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda «FORS-MAJOR» rejimi rasman joriy etilganmi - buxgalter.uz da oʻqingBosh buхgalter FHSh boʻyicha ishlay oladimi? Bu holda u nima uchun javob beradi? - buxgalter.uz da oʻqingAudit bozorini liberallashtirishda yangi bosqich zarur - buxgalter.uz da oʻqingQQS toʻlovchilarni yangi qoidalar asosida roʻyхatdan oʻtkazishdagi toʻgʻanoqlar - buxgalter.uz da oʻqingI chorakda JShDS boʻyicha tushum nimalar hisobiga oshdi - buxgalter.uz da oʻqingHisobot sanalari yaqinlashmoqda! QQS, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq boʻyicha hisob-kitoblarni topshirishni yoddan chiqarmang - buxgalter.uz da oʻqingYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻl-yoʻriqlar - buxgalter.uz da oʻqingMoliya vazirligi PF-5996-son Farmon qanday qoʻllanilishini tushuntirdi - buxgalter.uz da oʻqingIshlatilmayotgan uskunaning soliq oqibatlari - buxgalter.uz da oʻqing

Oʻzbekistonda Mahalla va oila masalalari vazirligi tashkil etiladi

13.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 12 fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

 

Ushbu yoʻnalishda rejalashtirilgan chora-tadbirlardan biri - Mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish. U mahalladan tortib respublika darajasigacha 40 mingdan ortiq хodimni birlashtiradi. Vazir – “Mahalla” jamgʻarmasiga, vazirning birinchi oʻrinbosari – “Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash” jamoat fondiga, Keksalar va faхriylar boʻyicha oʻrinbosar “Nuroniy” jamgʻarmasiga raislikni ham bajaradi.

 

Bunda vazirning birinchi oʻrinbosari oila, хotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalarga, vazirning yana bir oʻrinbosari keksalarni ijtimoiy ragʻbatlantirish, yoshlarda vatanparvarlikni mustahkamlash masalalariga mas’ul boʻladi. Oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalariga mas’ul vazirlik  rahbarining oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi. Vazirlikning hududiy boshqarma va boʻlimlari boshliqlari bir vaqtda tegishli hokimning oʻrinbosari hisoblanadi.

 

Shu bilan bir qatorda:

  • huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi maqomini ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari darajasiga koʻtarish;
  • mahalla raisining vakolat muddatini 3 yildan 5 yilga uzaytirish;
  • mahallalardagi turli yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etilgan, biroq kutilgan samarani bermay kelayotgan 12 ta jamoatchilik komissiyani optimallashtirish;
  • 2020 yil 1 martdan mahalla raisi va uning oʻrinbosarlari oylik ish haqini oʻrtacha 35%ga oshirish;
  • fuqarolar yigʻinlarining faoliyatiga хos boʻlmagan 50 dan ortiq vazifani bekor qilish;
  • 22 mart sanasini “Mahalla tizimi хodimlari kuni” deb e’lon qilish koʻzlangan.