Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Oʻzbekistonda qiymati 50 ming soʻm boʻlgan yangi banknotlar paydo boʻladi

15.08.2017

22 avgustdan boshlab Markaziy bank qiymati 50000 soʻm boʻlgan banknot koʻrinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.

 

Qiymati 50000 soʻm boʻlgan pul belgilari himoyalangan qogʻozda tayyorlangan. Oq rangli sathning chap tarafidan qogʻoz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi oʻtkazilgan.

 

Old tomonining markazida Mustaqillik maydonidagi «Ezgulik» arkasi tasvirlangan.

 

Markazda Oʻzbekiston Respublikasining hoshiyalangan хaritasi joylashgan boʻlib, uning foni «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» soʻz birikmali takrorlanuvchi mikromatn koʻrinishida ishlangan.

 

Banknotning orqa tomoni markazida “ANJUMANLAR SAROYI” me’moriy binosi tasvirlangan.

 

Barcha tasvirlar va yozuvlar paypaslaganda aniqlanadigan ifodalangan relyefga ega.

 

Shuningdek, banknotda unga хos boʻlgan boshqa ramzlar ham bor.

 

Muomalaga chiqarilayotgan banknotlar, ayni paytda muomalada boʻlgan pul belgilari bilan bir qatorda, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va aholi tomonidan oʻz qiymati boʻyicha barcha turdagi toʻlovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.