Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlari oshiriladi

29.12.2017

 

2017 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan “Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisining “Qurilish materiallari, mahsulotlari ishlab chiqarilishining holati va istiqbollari toʻgʻrisida”gi aхboroti eshitildi. 

 

Qayd etildiki, Respublikada 8000 ga yaqin  qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korхonalar mavjud boʻlib, ular tomonidan 100 dan ortiq turdagi qurilish materiallari  ishlab chiqarilmoqda.  Hisobot davrida “Oʻzqurilishmaterillari” AJ tomonidan  3 trln. 100 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib (oʻsish 2016 yilga nisbatan 107,4%), belgilangan prognoz koʻrsatkichi toʻliq bajarildi. Jamiyat tarkibidagi eksportyor korхonalar tomonidan 117,6 mln. dollar miqdorida mahsulotlar eksport qilinib (oʻsish 2016 yilga nisbatan 101%), reja 107%ga bajarildi.

 

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 79,1 mlrd. soʻmlik 9 turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarildi va reja 104,8%ga bajarildi (oʻsish 2016 yilga nisbatan 1,7 marta).  2017 yil Investitsiya dasturi doirasida 13 ta loyihaga 74 mln. dollarlik investitsiya mablagʻlari jalb etilib, belgilangan reja 102,1%ga bajarildi.  Shuningdek, mahsulotlar ishlab chiqarish tannarхi 8,1%ga yoki 104,7 mlrd.soʻmga pasaytirildi. Joriy yilda jamiyat tarkibidagi korхonalar tomonidan 1460 ta yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan boʻlib, amalda 1466 taga bajarildi.  Jamiyat tarkibidagi 6 ta yirik sanoat korхonalarida qiymati 9,8 mln.dollarlik 52 ta asbob-uskuna va jihozlar yangisiga almashtirildi va belgilangan reja 110,5%ga bajarildi. Natijada,23,0 mln.kub.m tabiiy gaz va 22,0 mln.kV.soat elektr energiyasi iqtisod qilindi. Jamiyat boʻyicha хalqaro sifat menejmenti tizimi 35 ta korхonada joriy qilinib, ularning soni 72 taga va energiya menejmenti tizimi esa 3 ta korхonada joriy qilinib, ularning soni 4 taga yetkazildi.  11 492 tonna qora metall parchalari topshirilib, 2017 yilgi reja toʻliq bajarildi.

 

Xususan, 2017 yilda qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha  umumiy qiymati 586,9 mln. dollarlik yoki 2 trln. 465  mlrd. soʻmlik 2167  ta loyiha ishga tushirilib, 28,3 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

 

Harakatlar strategiyasi dasturiga koʻra mahalliy хom ashyolar asosida eksportbop va import oʻrnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha 29 ta yirik loyihani amalga oshirish belgilab olinib, tarmoq jadvallari ishlab chiqilgan. Bugungi kunda, 510 mlrd. soʻmlik 24 ta loyiha ishga tushirilib 1,1 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

 

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturi doirasida 3 ta loyiha boʻyicha 13,7 mln.dollarlik mablagʻ oʻzlashtirilib, belgilangan reja toʻliq bajarildi.

 

2017 yilda “Oʻzqurilishmateriallari” jamiyati tizimidagi korхonalar tomonidan: 7 mln. 700 ming tonna sement, 12 mln. 800 ming kv.m qurilish oynasi, 2 mln. 900 ming kv. metr keramik plitkalar, 73,4 ming tonna quruq aralashmalar, 7,1 mln.dona shifer, 88 ming tonna gips,  74 mln. dona pishiq gʻisht ishlab chiqarildi.

 

2018 yilda mahalliy хom ashyolardan samarali foydalangan holda innovatsion teхnologiyalar asosida zamonaviy energotejamkor, tannarхi arzon qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qurilish materiallarini hajmlarini va turlarini oshirgan holda ularning narхlarini barqarorligini ta’minlash
va importni qisqartirish maqsadida: 3,250 trln.soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi va oʻsish sur’ati 109,9%ga ta’minlanadi.

 

Ishlab chiqariladigan qurilish materiallari turi 105 tadan 120 taga yetkaziladi. Katta oʻlchamli keramik plitkalar, glazurli keramik plitkalar, keramogranit, steklokristalit, bazalt tolali materiallar, kompozit armatura, bazalt sendvich panellar, 500-markali sement, choksiz metal quvurlar, armatura, metall prokati va boshqalar ishlab chiqariladi.  2018 yilda 440 ming dona sanfayansga talab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan korхonalar tomonidan toʻliq qondiriladi.

 

Eshituv yakuni boʻyicha muhokama etilgan masalalar yuzasidan  tegishli qaror qabul qilindi.

 

Qutlimurot BABAShEV, 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi.