Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda VISA Classic kartalariga eng yaхshi shartlarda хizmat koʻrsatgan 20 ta bank

01.12.2020

Rus tilida oʻqish

Bank.uz tahlilchilari 2020 yilda Oʻzbekistonda VISA Classic debet plastik kartalari chiqarilishi shartlarini oʻrganib chiqdilar. Tadqiqotga 21 ta bank takliflari kiritildi. Reyting banklarning rasmiy saytidagi ma’lumotlarga, ular mavjud boʻlmagan taqdirda esa banklarning call-markazlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan tuzilgan.

 

25.11.2020 yildagi holatga koʻra oʻrganilayotgan kartalarni 32 ta bankdan 21 tasi taqdim etgan.

 

VISA Classic debet kartalari takliflari bozorining umumiy holati quyidagicha tavsiflanadi:

  • kartani chiqarishning oʻrtacha qiymati – 28 000 soʻm. Bir qator banklar tomonidan (Sanoat Qurilish Bank, Xalq Bank, Aloqa Bank, KDB bank) kartalarni bepul chiqarish taklif etilmoqda;
  • koʻpchilik banklarda sugʻurta depoziti sifatida $10 ushlab qolinadi. Eng kam sugʻurta depoziti – $5 Sanoat Qurilish Bank va Ziraat bank da taklif etilmoqda;
  • koʻpchilik banklarda tovarlar va хizmatlar uchun toʻlov kartadan toʻlanganda 0,5% vositachilik haqi undiriladi. Bunday vositachilik haqi undirilmaydigan yagona bank – bu Ravnaq bank;
  • koʻpchilik banklar tomonidan ularning bankomatlaridan naqd pul yechib olinganda hech qanday vositachilik haqi undirilmaydi. Boshqa banklarda undiriladigan vositachilik haqi 0,3%dan 1,5%gacha miqdorni tashkil etadi;
  • boshqa banklarda naqd pullarni yechib olganlik uchun oʻrtacha vositachilik haqi – 1,5%. Eng kam vositachilik haqi (0,8%, biroq $1 dan kam boʻlmagan miqdorda) Qishloq Qurilish Bank tomonidan undiriladi;
  • aksariyat banklar tomonidan yillik хizmatlar koʻrsatilganligi uchun haq undirilmaydi.

 

VISA Classic debet kartalari boʻyicha bozordagi eng maqbul taklif Invest Finance Bank tomonidan taqdim etilmoqda.

 

VISA Classic debet kartalari boʻyicha banklarning eng yaхshi takliflari beshtaligi quyidagicha baholangan (maksimal darajadagi qiymatlar – 17 ball):

1. Infin Bank – 13,5 ball.

2. Sanoat Qurilish Bank – 12 ball.

3. Davr Bank – 11,5 ball.

3. Ipak Yo'li Bank – 11,5 ball.

3. Asia Alliance Bank – 11,5 ball.

4. Kapital Bank – 11 ball.

4. Hamkor Bank – 11 ball.

5. Ravnaq Bank – 10,5 ball.

5. Milliy Bank – 10,5 ball.

5. Ipoteka Bank – 10,5 ball.

 

Toʻliq reyting, shuningdek baholash mezonlari bilan havola boʻyicha tanishish mumkin*.

 

Umuman olganda, 2020 yilda banklarda mazkur mahsulotni ilgari surishga qiziqish ortganligi kuzatilgan. Ayrim banklar tomonidan keshbek, tezkor chiqarish, virtual karta va boshqa qulayliklar taklif etilmoqda, bu hozircha qoida emas, istisno boʻlmoqda. Barcha banklar quyidagilarni taklif etgan holda faol ravishda mijozlarni jalb qilishlari ayni muddao boʻlar edi:

  • kartalarni 10–20 daqiqa ichida tayyorlab chiqarishni;
  • bank ilovalari orqali karta rekvizitlarini olish imkoniyatini (ular qoʻlga berilmasdan oldin);
  • bankomatlarda naqd pullarni yechib olishda kamaytirilgan vositachilik haqini;
  • kartani sugʻurtalashni;
  • oila a’zosi uchun ikkinchi kartani chiqarib berishni;
  • kartani tezkor almashtirishni;
  • hamkorlarning muassasalarida chegirmalar va oshirilgan keshbekni.

 

Ushbu hamda boshqa qulayliklar va ustuvorliklar dunyodagi koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan MDH davlatlarida ham allaqachon sifat standartiga aylanib boʻlgan.

 

*Reytingga bank saytida qandaydir sabablarga koʻra taklif etilayotgan karta haqida ma’lumotlar berilmaganligi, shuningdek call-markaz orqali bunday ma’lumotlarni zarur muddatlarda olishning imkoni boʻlmaganligi sababli Agrobank takliflari kiritilmagan. 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_