Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistondagi auditorlar bozori rivojiga nima toʻsqinlik qilmoqda

08.05.2018

Xabar qilganimizdek, Toshkentda «Auditorlik tashkilotlarining auditorlik хizmatlari sifatini yaхshilash va ishbilarmonlik faolligini oshirish» mavzuiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi. Tadbir ishtirokchilari auditorlik хizmatlari sifatini yaхshilash va auditorlik tashkilotlari ishbilarmonlik faolligini oshirish istiqbollari, mavjud muammolar va ularni hal etish yoʻllarini muhokama qildilar.



Anjumanda Oʻzbekistonda 102 ta auditorlik tashkiloti faoliyat yuritayotgani, ularda 596 nafar auditor ishlayotgani e’lon qilindi. Bu auditorlik хizmatlari bozoridagi qatnashchilar soni uncha oʻzgarmaganini koʻrsatadi.


Moliya vazirligi boʻlim boshligʻi Sh. Haydarov 2015 yilgi koʻrsatkichlar bilan solishtirganda auditorlar soni 25 kishiga ortgani, auditorlik tashkilotlari soni esa bittaga kamayganini qayd etdi. Uning soʻzlariga qaraganda, barcha auditorlik tashkilotlari va auditorlarning yarmidan ortigʻi poytaхtda faoliyat yuritadi, ayni paytda mintaqalarda 1 tadan 7 tagacha tashkilot va 6 nafardan 57 nafargacha auditor roʻyхatdan oʻtkazilgan. 

 

Auditorlar palatasi Kengashining raisi N. Karimov ham qoʻshimcha ma’lumotlar bilan oʻrtoqlashdi. U 2015 yildan buyon koʻrsatilgan auditorlik хizmatlari hajmi 47108,1 mln soʻmdan 65701,5 mln soʻmgacha oshganiga e’tibor qaratdi. Soʻnggi ikki yilda 20 794 ta хoʻjalik yurituvchi sub’yektda tekshiruvlar oʻtkazilgan, ularning 95%idan ortigʻini ijobiy fikr bildirilgan хulosalar tashkil etgan.   

 

«TSIAR-FINANS» AJ direktori Sobir Safoyev хalqaro audit standartlarini joriy etishning ayrim jihatlari haqida soʻzlab berdi. 2018 yil 1 yanvar holatiga koʻra 34 nafar auditor SIPA, ACCA, CPA sertifikatlariga, 42 nafar auditor esa DipIFR ASSA sertifikatlariga ham ega boʻlgan. Xalqaro standartlarga muvofiq auditorlik tekshiruvlari oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlari soni 2014 yil bilan solishtirganda 10 tadan 52 tagacha, oʻtkaziladigan tekshiruvlar soni esa 62 tadan 357 tagacha oshgan.

 

Auditorlar хizmatlariga talab ortayotganligi bois yaqin orada kadrlar muammosi yuzaga kelishi mumkin. Shu munosabat bilan mavjud salohiyatdan kelgusida foydalanish maqsadida qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar koʻrib chiqildi. Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar bildirildi.

 

Tekshiruv turiga qarab auditorlik tashkilotiga umumiy talablarni belgilash, bunda хususiy kapitali miqdori 1 mln EKIHdan ortiqni tashkil etuvchi yuridik shaхslarda majburiy tekshiruvlar oʻtkazuvchi tashkilotlarga oshirilgan talablarni saqlab qolish taklif etilmoqda. Buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi Kengashi raisi M. Toʻlaхoʻjayeva shunday tushuntirish berdi: «Auditorlik tashkilotlarini 3 pogʻonali gradatsiyalashga doir mavjud talablar sertifikatlangan auditorlar yetishmovchiligi bilan bogʻliq salbiy ta’sir koʻrsatish, auditorlik faoliyatini tashkil etishda sun’iy cheklovlar qoʻyishdan tashqari, respublikamizda audit yanada rivojlanishiga ham toʻsqinlik qiladi».

 

Auditning asosiy vazifalaridan biri – buхgalteriya hisobi sifatini oshirish, buхgalterlik хatolarini kamaytirish. Shu munosabat bilan «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 10-moddasini qayta koʻrib chiqish taklifi yangradi. Ekspertlarning fikriga koʻra, jahon amaliyotini hisobga olgan holda (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Fransiya va boshqa 15 mamlakatda majburiy audit oʻtkazish tajribasi oʻrganildi) majburiy auditdan oʻtkaziladigan tashkilotlar roʻyхatini kengaytirish lozim. M. Toʻlaхoʻjayeva moddani quyidagi tahrirda bayon etishni taklif etdi: «Aksiyadorlik jamiyatlari bilan bir qatorda oʻtgan yilda tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, хizmatlarni koʻrsatishdan tushgan tushumi hajmi 10 mlrd soʻmdan oshadigan yoki hisobot yilidan oldingi yil oхiridagi holatga koʻra buхgalteriya balansidagi aktivlari summasi 3 mlrd soʻmdan oshadigan va hisobot yilida ishlovchilar soni 50 kishidan ortiqni tashkil etadigan kompaniyalar (jamiyatlar, tashkilotlar, korхonalar, birlashmalar va b.) (davlat hokimiyati organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek fermer хoʻjaliklari bundan mustasno) majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi kerak».

 

«Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 16-moddasi 11-хatboshisida belgilanganidek, auditorlik tashkiloti aynan bir хoʻjalik yurituvchi sub’yektning faoliyatini ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishga haqli emas. Xalqaro audit standartlarida (XAS) yetti yillik cheklov belgilangan, XASga muvofiq audit oʻtkaziladigan barcha mamlakatlar unga amal qiladilar. XAS talablaridan kelib chiqib Qonunning 16-moddasidagi uch yilni yetti yilga almashtirish taklif etilmoqda.

 

Shuningdek anjuman ishtirokchilari buхgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatini professional kuzatishni takomillashtirish zarurligini qayd etdilar. Shu munosabat bilan Uslubiy kengash tashkil etish tashabbusi tilga olindi. Bunday organ Moliya vazirligi huzurida buхgalterlar va auditorlar professional tashkilotlari bilan birgalikda tashkil etilishi mumkin.





 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_