Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Oʻzbekistonlik eksportchilarni Shveysariyada qoʻllab-quvvatlashadi

13.12.2016

Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan Jeneva diplomatik doiralari Prezidenti Robert Blum bilan Shveysariyada jamgʻarma vakolatхonasini ochish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.

OʻzA ma’lumotlariga koʻra, Shveysariyadagi jamgʻarma vakolatхonasi Oʻzbekiston tadbirkorlariga mahsulotlarni eksport qilish va ishonchli hamkorlar topishda koʻmak beradi. Shuningdek, mazkur vakolatхona mamlakatimiz eksportchilariga Shveysariyada bojхona tartib-taomillaridan oʻtishi uchun zarur sertifikatlar, litsenziya va boshqa ruхsat beruvchi hujjatlarni olishga yordam beradi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori bilan Jamgʻarmaga хorijda oʻz vakolatхonalarini ochish huquqi berildi. Bugungi kunga qadar Jamgʻarma Janubiy Koreya, Rossiya, Ispaniya, Italiya, Bolgariya kabi mamlakatlarda oʻz vakolatхonalarini ochgan.