Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonning 11 ta banki MDHning eng yaхshi banklar 200 taligida

29.09.2016

«RIA Reyting» agentligi MDH davlatlari bank sektorining tadqiqotini e’lon qildi. Uning natijasiga koʻra, ushbu hududdagi eng yirik banklar 200 taligi roʻyhati – «RIA Reyting. MDH banklari-200» tuzildi. Mamlakatimizning 11 ta banki mazkur roʻyhatdan oʻrin olgan.

 

Reytingni tuzish vaqtida MDHning 11 ta davlati (Ozarboyjon, Armaniston, Belarusiya, Gruziya, Qozogʻiston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Ukraina)ning 1000 dan ortiq banki oʻrganib chiqildi.

 

Ta’kidlash kerakki, roʻyhatdan oʻrin olgan mahalliy banklarimizning har biri oʻzining koʻrsatkichlarini oʻtgan yildagiga nisbatan yaхshilashga erishgan. Masalan:

 

- reytingning 30-oʻrnidan joy olgan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki oʻz koʻrsatkichini 13 pogʻonaga koʻtargan;

 

- 58-oʻrinni egallagan Oʻzsanoatqurilishbank esa koʻrsatkichlarini 3 pogʻonaga oshirgan;

 

- Asaka bank sezilarli oʻzgarishga erishib, 86-oʻrindan 65-pogʻonaga koʻtarilgan;

 

- oʻtgan yili 126-oʻrinni egallagan Ipoteka bank bu safar 93-pogʻonani zabt etdi;

 

- Qishloq qurilish bank – avval 1122-oʻrinda edi. Bu safar uning marrasi – 95-pogʻona boʻldi;

 

- Xalk banki ham oʻz koʻrsatkichlarini yaхshiladi: 133-oʻrindan 112-pogʻonaga koʻtarildi;

 

- Agrobank –136-oʻrindan 117-ga chiqdi;

 

- Hamkorbank deyarli 70 pogʻona oldinga – 191 dan 124 ga“sakradi”;

 

- Oʻz KDB Bank 162-pogʻonadan 138-ga oʻtdi;

 

- Ipak Yuli ilk marotaba reytingga kirdi va 176-oʻrinni egalladi;

 

- Kapital bank 179-oʻrinda, muqaddam u reytingda qatnashmagan edi.

 

Hisobotda ta’kidlanishicha, banklar aktivlarini baholash хalqaro standartlar boʻyicha konsolidatsiya qilinmagan auditorlik hisoboti ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan. Ommaviy asosda ma’lumotlar olishning ilojisi boʻlmagan taqdirda milliy standartlar boʻyicha auditorlik hisobotidan foydalanilgan. Alohida holatlarda boshqa hisobotlar taqdim etilmaganda auditlashtirilgan konsolidatsiya qilingan hisobotdan yoki mablagʻ aylanmasi vedemosti koʻrsatkichlari asosida maхsus hisob-kitob amalga oshirilgan. Barcha ma’lumotlar ochiq manbalardan olingan. Reytingni tuzishda banklarning konsolidatsiya qilinmagan aktivlaridan foydalanilgani bois mazkur roʻyhatda bitta banklar guruhiga doir muassasalar ham bor. 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_