Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzboshimchalik bilan qurgan imoratingizni «qonuniylashtirishga» ulgurib qoling

06.03.2019

Rus tilida oʻqish

Joriy yil 1 martdagi holatga koʻra Davlat хizmatlari markazlariga 398 400 ta oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylar boʻyicha arizalar kelib tushgan, ularning 112 425 tasi qanoatlantirilgan, 48 405 tasi rad etilgan, 234 235 tasi esa koʻrib chiqilmoqda. Statistika Bosh prokuratura saytida keltirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 20.04.2018 yildagi PF–5421-son Farmonida oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga «amnistiya» e’lon qilingan. Aksiya vaqt boʻyicha cheklangan, uning amal qilish muddati – 2019 yil 1 maygacha.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tuman (shahar) hokimliklari huzurida tashkil etilgan komissiyalar zimmasiga joy egalarining huquqlarini aniqlash boʻyicha ishlarni tashkillashtirish va bajarish vazifasi yuklatilgan.

 

Prokuratura organlari ushbu jarayonda bevosita ishtirok etmoqdalar. Ular yordamida 1 058 nafar fuqaro oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqi toʻgʻrisidagi hujjatlarni oladi.