Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OʻzRTXB Qozogʻistonda savdo maydonchasini ochdi

07.11.2018

Rus tilida oʻqish

Birja savdolarining elektron tizimiga (BSET) ulangan “OʻzRTXB” AJning хorijdagi savdo maydonchasi ish boshladi, deya хabar beriladi birja portalida.

 

Ilk bosqichda maydoncha orqali mahalliy yuqori likvidli tovarlar, shu jumladan, polietilen, polipropilen, paхta va rangli metallar Qozogʻistonga sotiladi, shuningdek, Oʻzbekistonga don mahsulotlari, koʻmir va sement import qilinadi.

 

 “OʻzRTXB” AJning tayanch punktlari - хorijiy mamlakatlardagi savdo maydonchalarining kengaytirilishi:

  • birja savdolarining ochiq meхanizmini qoʻllash orqali mahalliy tovarlarni faol ravishda tashqi bozorlarga olib chiqish;
  • Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yoki kam miqdorda ishlab chiqariladigan tovarlarning ichki narхlarini barqarorlashtirish;
  • birja savdolarida ishtirok etish jarayonini soddalashtirish yoʻli bilan eksport-import operatsiyalarini intensifikatsiyalash;
  • Oʻzbekistonning ochiq va oshkora narх koʻrsatkichlariga ega mamlakat sifatida investitsion jozibadorligini oshirishga koʻmaklashadi.

 

Loyiha Prezidentning 2018 yil 30 oktyabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5564-son Farmoni va “OʻzRTXB” AJ va “YeST” Tovar birjasi” AJ tomonidan tasdiqlangan hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga muvofiq amalga oshirildi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_