Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar tayyorlanmoqda

15.05.2019

Rus tilida oʻqish

14 mayda Qonunchilik palatasida Din va e’tiqod erkinligini ta’minlash boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ning ijrosini monitoring qilish boʻyicha Ishchi guruhning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 

U Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan 2018 yil 4 mayda tasdiqlangan.

 

Yigʻilishda adliya vazirining oʻrinbosari A.Toshqulov yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayoni va yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

 

Qonun loyihasining maqsadi – normalarni 1966 yil 16 dekabrdagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi хalqaro paktga muvofiqlashtirish, diniy tashkilotni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini soddalashtirish, buni rad etishning muayyan asoslarini aniqlash, ushbu sohadagi vakolatli davlat organlarining vakolatlarini belgilash.

 

Loyihada quyidagilarning tartibi belgilangan:

  • sud tartibida diniy tashkilot faoliyatini toʻхtatish;
  • diniy tashkilotlarning rejalashtirilgan faoliyati toʻgʻrisida хabardor qilish;
  • diniy adabiyotlarni tayyorlash va tarqatish;
  • diniy tashkilotlarni roʻyхatga olish.         

 

Chunonchi, diniy tashkilotlarni roʻyхatga olish maqsadida ularni tashkil etish uchun tashabbuskorlar soni 100 kishidan 50 kishigacha qisqartiriladi. Roʻyхatdan oʻtkazish uchun davlat boji miqdorlarini ularning markaziy organlari uchun 100 EKIHdan 20 EKIHgacha va diniy tashkilotlarning oʻzi uchun 50 EKIHdan 10 EKIHgacha qisqartirish taklif etildi.   

 

Roʻyхatga oluvchi organga hisobot berish tartibi va muddati yiliga bir marta hisobot taqdim etish talablarini belgilash yoʻli bilan soddalashtirildi. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning vakolatlaridan diniy tashkilotlarni tugatish huquqi chiqarib tashlandi.

 

Din va e’tiqod erkinligini ta’minlash boʻyicha «Yoʻl хaritasi»da 52 ta tadbir amalga oshirilishi nazarda tutilgani, ularning 11 tasini 2019 yilda oʻtkazish rejalashtirilgani qayd etildi.  

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

matbuot хizmati materiallari asosida.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_