Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Voyaga yetmaganlarni mehnatga majburlaganlik uchun – jinoiy javobgarlik

05.02.2021

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021 yil 3 fevral kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida mamlakatimizda voyaga yetmagan shaхslar manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

 

Qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

JK 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaхsning 18 yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda unga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish uchun javobgarlikni belgilaydigan modda bilan toʻldirilmoqda.

 

Mazkur jinoyat ob’yekti sifatida 18 yoshga toʻlmagan shaхs normal va aхloqiy rivojlanayotgani inobatga olinib, jinoyat sub’yekti yoshini 18 yoshdan belgilash taklif etilmoqda.

 

MJTKga ham shunday modda kiritilmoqda. Shu tariqa, bunday huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish boʻyicha vakolatli organlar sifatida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar belgilanmoqda, ichki ishlar organlariga esa bunday huquqbuzarliklarni sodir etgan shaхslarni ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish vakolati yuklanmoqda.

 

Qonun loyihasining yana bir muhim jihati shundaki, voyaga yetmagan shaхslar manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, ularni majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga chek qoʻyish maqsadida Jinoyat kodeksiga voyaga yetmagan shaхsni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikni belgilovchi oʻzgartirish kiritilmoqda.

 

Shuningdek JKda voyaga yetmagan shaхsni Oʻzbekistonda gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash uchun jinoiy javobgarlik, shu bilan birga, JPKga qoʻshimcha kiritilib, mazkur jinoyatning tergovi ichki ishlar organiga tegishli ekani belgilanmoqda.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_