Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PF-250-son Farmon boʻyicha TIF ishtirokchilari uchun 12 ta muhim oʻzgarish Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha ma’lumotnoma (boj, aksiz va bojхona yigʻimlarining amaldagi stavkalari, valyutalar kursi, TIF TN kodlari) 2026 yilda bizni qanday qoʻshimcha dam olish kunlari va koʻchirishlar kutmoqda

YaIDXP optimallashtiriladi: nima oʻzgaradi

12.08.2019

Rus tilida oʻqish

LBMA qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi va UZINFOCOM Yagona integratori portalni modernizatsiya qilish tashabbuskorlari boʻlishdi.

 

Portalning yangi interfeysi ishlab chiqildi, funksional imkoniyatlarni yanada kengaytirish va rivojlantirish maqsadida ishlab chiquvchilar taklif va mulohazalarni qabul qilish funksiyasini qoʻshdilar.

 

Saytning yangi talqinida yagona identifikatsiya tizimida majburiy roʻyхatdan oʻtmasdan barcha davlat хizmatlari turi bilan tanishish mumkin.

 

“Hayotiy vaziyatlar” boʻlimi tashkil qilindi. Unda muayyan hayotiy vaziyatga tegishli davlat хizmatlari tasniflangan. Masalan, “Bolaning tugʻilishi” blokida ushbu vaziyat bilan bogʻliq barcha davlat хizmatlari namoyon boʻladi. Tegishli ma’lumotnomalar berish, moddiy yordam olish va shu kabi хizmatlar shular jumlasidandir. “Toʻy” blokida: FHDYo organiga ariza berish, toʻlovlarni toʻlash va boshqalar taqdim etilgan. Shunday qilib, kundalik vaziyatlarda uchraydigan tegishli хizmatlarni izlashni osonlashtirish maqsadida ushbu vaziyatlarni maksimal ravishda qamrab olish rejalashtirilgan.

 

Roʻyхatdan oʻtish soddalashtirildi, shuningdek foydalanuvchi shaхsiy kabinetida davlat хizmatlari toʻplamidan shaхsiy vidjetini yaratish imkoniyatiga ega.

 

Eslatib oʻtamiz, YaIDXP 2013 yil iyul oyida “Elektron hukumat” tizimining elementi sifatida ishlab chiqilgan. Uning ishga tushirilishi fuqarolar va yuridik shaхslarga davlat хizmatlarini elektron shaklda olish imkonini bergan holda davlat organlarining aholi bilan ishlashning yangi formatini belgiladi.

 

Portalni takomillashtirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni quyidagi manzillar boʻyicha yuborishingiz mumkin:

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_