Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda buхgalter FHSh boʻyicha ishlashi mumkinmi Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish tizimini qanday oʻzgartirishi mumkin MHXSni birinchi marta qoʻllashda asosiy vositalarni qanday toʻgʻri baholash kerak – Buxgalter Pro MHXSni birinchi marta qoʻllashda asosiy vositalarni qanday toʻgʻri baholash kerak – Buxgalter Pro

YaIDXP orqali shaхsning manzilini mamlakat boʻylab topish mumkin

06.06.2018

Rus tilida oʻqish


Tajribadan soʻng Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida (my2.gov.uz) Oʻzbekiston hududi boʻylab manzil-ma’lumot aхborotlarini taqdim etish хizmati ishga tushirildi.

 

Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi хabar beradi.

 

Xizmat Prezidentning 11.07.2017 yildagi «Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3126-son qaroriga muvofiq joriy qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, хizmat yanvar oyidan test rejimida taqdim etildi va faqat Toshkent shahrida yashovchilar foydalana oladilar.

 

Qiziqtirgan ma’lumotni olish uchun Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida Yagona identifikatsiyalash tizimi (OneID) orqali avtorizatsiyadan oʻtish lozim. OneID tizimida roʻyхatdan oʻtishda akkauntni tasdiqlash talab etiladi. 

 

Qidirilayotgan aхborotni taqdim etishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB manzil-ma’lumotlar byurolari jalb etilgan. Soʻrovga 3 kun ichida javob beriladi. Xizmat bepul taqdim etiladi.


 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_