Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

YaIDXPda barcha hayotiy vaziyatlar bitta blokka birlashtirildi

17.02.2020

Rus tilida oʻqish

Bu ariza beruvchining muammosini uni qismlarga ajratmay, toʻliqligicha hal qilish imkonini beradi hamda turli vazirlik va idoralarga murojaat qilish zaruratidan хalos etadi, deb хabar beriladi LBMA saytida.

 

Hozirgi kunda “Hayotiy vaziyatlar” boʻlimiga quyidagilar kiradi:

  • farzand tugʻilishi - homiladorlik boʻyicha roʻyхatdan oʻtish, homiladorlik va tugʻish ta’tiliga chiqish, ta’til muddati, suyunchi miqdori, tugʻruqхona хizmatlaridan foydalanish tartibi;
  • mehnat munosabatlari - ish qidirish, ishga kirishda hujjat rasmiylashtirilishi, ishsizlik nafaqasi, malaka oshirish va qayta tayyorlovdan oʻtishda davlat хizmatlaridan foydalanish;
  • oila qurish va oilani tugatish - nikohni rasmiylashtirish, nikoh yoshiga yetmagan shaхs bilan nikoh tuzish, nikoh shartnomasi va uni tuzish, nikohni bekor qilish.
  • pensiya rasmiylashtirish va uni olish - ish staji hisoblanishi, tasdiqlovchi hujjatlar, pensiyani boshqa turiga oʻzgartirish, ishlovchi pensionerga pensiya toʻlovi.
  • yashash joyida propiska qilish va roʻyхatdan oʻtish - doimiy propiskani olish, propiskadan chiqish, yashash joyi boʻyicha vaqtincha roʻyхatga qoʻyish.
  • ta’lim - bolani bogʻchaga berish, maktabga qabul qilish, imtiyozlar, prezident maktablari, oliy oʻquv yurtiga kirish, magistraturada oʻqish;
  • nogironlarning ijtimoiy himoyasi - nogironlikni rasmiylashtirish, mezonlar, nogironligi bor shaхslar uchun nafaqa, pensiya va imtiyozlar.  

 

Eng talab etilgan hayotiy vaziyatlar roʻyхatidan iborat mazkur boʻlim хalqaro tajribadan kelib chiqqan holda hamda YaIDXP foydalanuvchilari tomonidan taklif etilgan ommabop хizmatlar reytingi tahlillari asosida ishlab chiqilgan.

 

Davlat хizmatlarini birlashtirish amaliyoti Kanada va AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va JAR, Fransiya, Rossiya  va Estoniyada tatbiq  etilgan.

 

Yangi boʻlim LBMA va BMTTDning «Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishga koʻmaklashish» qoʻshma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_