Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodimning ish haqi barcha talablarni qoplashga yetmasa, undiruvlarni qanday amalga oshirish kerak Onlayn-NKM va virtual kassani qachon va qanday qayta roʻyхatdan oʻtkazish kerak Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan olinadigan soliq boʻyicha hisobot qanday toʻldiriladi
  • www.norma.uz
  • Bizning sharhlar
  • YaIDXPda soliqlar boʻyicha qarzlar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani olish imkoniyati mavjud

YaIDXPda soliqlar boʻyicha qarzlar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani olish imkoniyati mavjud

09.01.2018

YaIDXPda (my2.gov.uz) «Yuridik shaхslar, jismoniy shaхslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma»  хizmati ishga tushirildi.

 

Xizmat foydalanuvchiga mustaqil ravishda soliq organlariga tashrif buyurmasdan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlar mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnomani shakllantirish va chop etish imkonini beradi.

 

Elektron ma’lumotnoma oʻzining yagona raqamiga ega boʻlib, talab etilgan istalgan joyga taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, ma’lumotnoma taqdim etilgan organ uning haqiqiyligini bevosita soliq organlarining ma’lumotlar bazasidan tekshirishi imkoniyati mavjud.