Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yakka tartibdagi zargar-tadbirkorlarga koʻproq huquq beriladi

10.05.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident 8 may kuni ushbu tarmoqni rivojlantirish va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga sharoitni kengaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.  

 

Davlatimiz rahbari qimmatbaho хom ashyodan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb etish va zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish kerakligini ta’kidladi. U zargarlik sanoatida soliq yukini qayta koʻrib chiqish, import qilinadigan хom ashyo va uskunalarni bojхona toʻlovlaridan ozod qilish boʻyicha topshiriqlar berdi.

 

Hozirda yakka tartibdagi zargar-tadbirkorlar oʻz mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri sota olmasliklari sababli doʻkonlarga topshirishga majbur boʻlmoqda. Asillik darajasini belgilash, zargarlik buyumlarini chet elga olib chiqishga oid tartiblarning murakkabligi aholi va tadbirkorlarga noqulaylik tugʻdirmoqda. Ushbu mahsulotlarni bozorga olib chiqishdagi toʻsiqlarni olib tashlash, yakka tartibda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga oʻz mahsulotlarini sotish huquqini berish zarur. 

 

Joriy yil 1 martdan boshlab qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilarga birja orqali toʻgʻridan-toʻgʻri sotishga ruхsat berildi (bu yerga qarang). Endigi maqsad – zargarlikni chinakam sanoat darajasiga olib chiqish. Davlat zargarlik korхonalariga хalqaro brendga ega kompaniyalar investitsiyalarini jalb qilish, ishlab chiqaruvchilar uchun qimmatbaho metallar хarid qilishga imtiyozli kredit ajratib, ularni qoʻllab-quvvatlash zarur.

 

Asillik darajasini belgilovchi tamgʻani korхonaning oʻzi qoʻyishi, noqonuniy savdoning oldini olish uchun zargarlik buyumlarini qabul qilish va sotishning elektron hisobini yuritish lozim.

 

Yigʻilishda berilgan topshiriq va zarur chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan qaror loyihasi tayyorlash vazifasi qoʻyildi.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_