YaIDXPda “Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish” хizmati ishga tushirildi.
U tegishli litsenziyalar egalari-yuridik shaхslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.
Eslatib oʻtamiz, litsenziyani qayta rasmiylashtirish jarayoni Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda ilgari berilgan litsenziya qayta rasmiylashtiriladi. Shuningdek, yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda ham litsenziyani qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan ariza olingan kundan boshlab 5 kun ichida amalga oshiriladi. Bunda yigʻim undiriladi – 1 EKIH.



