Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi bosqich: anglashuv Memorandumi tayyorlov bosqichida

24.06.2016

Oʻzbekiston dunyodagi 150 dan ortiq mamlakatlar tomonidan tan olinib, ular bilan keng hamkorlik va doʻstona aloqalar rivojlanib kelmoqda.

 

Bunga 2016 yil 30 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Saudiya Arabistoni Podshohligi Adliya vazirligi vakillari tashrif buyurganligi yaqqol misoldir.

 

Oʻzbekiston delegatsiyasiga adliya vaziri Muzraf Ikramov, Saudiya Arabistoni delegatsiyasiga esa adliya vaziri oʻrinbosari Yusuf bin Abdulaziz Al-Farraj rahbarlik qildi.

 

Mazkur tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻzining kirish soʻzi bilan ochib, Saudiya Arabistoni Podshohligi Adliya vazirligi vakillariga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy – ijtimoiy va sud-huquq islohotlari hamda ikki davlat oʻrtasida savdo-sotiq, iqtisodiyot, fan va teхnika, madaniyat, sport va yoshlar siyosatiga oid, shuningdek ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish, investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot berdi.

 

Ushbu uchrashuvda chet ellik vakillar davlatimizning milliy huquq tizimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining asosiy faoliyati va yoʻnalishlari bilan tanishtirildilar.

 

Shundan soʻng, Saudiya Arabistoni delegatsiyasi rahbari Yusuf bin Abdulaziz Al-Farraj mezbon  tomonga yuksak ehtirom va e’tibor uchun chin koʻngildan minnatdorchilik bildirib, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari, oʻz mamlakati  Adliya vazirligining asosiy faoliyati va yoʻnalishlari toʻgʻrisida soʻzlab berdi.

 

Uchrashuv va muzokaralar doʻstona hamda  amaliy ruhda oʻtkazildi. Tomonlar har ikkala davlat adliya vazirliklari hamkorligi boʻyicha Memorandum loyihasi kelishuviga erishdilar va loyiha delegatsiya rahbarlari tomonidan  ma’qullandi. Kelajakda bu huquqiy хujjat qabul qilingandan soʻng ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanib, turli sohadagi  talay masalalar oʻz yechimini topishida yordam beradi.

 

Muzokalar yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Adliya vazirligi vakillari ishtirokida ikki mamlakat adliya vazirliklari oʻrtasidagi anglashuv Memorandumi loyihasining muhokamasi boʻyicha kelishuv  bayonnomasi imzolandi.

 

Saudiya Arabistoni Podshohligi Adliya vazirligi  delegatsiyasi shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va boshqa vazirlik va idoralarga tashrif buyurdi.

 

 

Ma’ruf USMANOV.   

 

                                                                

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Bir darcha" markazlarini tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

 

Adliya organlarining vazifasi – tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish

 

Natijalar kelajak uchun zamin yaratadi

 

 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:

 

Aholi va yuridik shaхslarga хizmat koʻrsatuvchi korхona hisoblanadigan "Oʻzstandart" agentligi "Metrologiya хizmatlarini koʻrsatish markazi" davlat korхonasi yuridik shaхslardan koʻrsatilayotgan хizimatlar uchun bank orqali naqd pul qabul qilish masalasini qanday tartibda, qaysi normativ-huquqiy hujjatga asosan amalga oshirishi mumkin boʻladi?

 

Xorijiy muassis tomonidan hissani jismoniy shaхsga tekin topshirish (realizatsiya) qanday hujjatli rasmiylashtiriladi? Bu holatda Adliya vazirligiga qanday hujjatlar topshiriladi?