Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish kengaytiriladi

03.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Soʻnggi yillarda yurtimizda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq хonadonli uy-joylar barpo etildi. Mamlakatimizda har yili 300 mingga yaqin nikohlar qayd etilmoqda. Kelgusi besh yilda aholi soni 38 mlnga yetishi kutilmoqda.

 

Uylar qurilishi koʻlami shunga muvofiq kengaytirib boriladi. Har bir hududda barpo etiladigan “Yangi Oʻzbekiston” massivlari bunda muhim oʻrin tutadi. Kelgusi besh yilda ularda 250 mingdan ziyod oila uy bilan ta’minlanadi.

 

Har bir massivda sanoat loyihalari, хizmat koʻrsatish ob’yektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi. Kelgusi yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 40 ta shunday zamonaviy mavze barpo etish moʻljallangan.

 

Qurilish vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga, har bir hududda yer maydonlarini aniqlab, ularning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari qurish uchun kelgusi yilda 15 trln soʻm ajratilishi belgilandi. Bu mablagʻ ipoteka krediti berish uchun banklarga yoʻnaltiriladi. Qurilish investorlar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Kelgusi yili yangi massivlarda quriladigan uylarning 1 000 tasi ehtiyojmand oilalar va yolgʻiz ayollar uchun davlat tomonidan sotib olinadi. Buning uchun, qurilish tashkilotlariga 220 mlrd soʻm oldindan oʻtkazib beriladi. Bugungi kunda uylarning bir kvadrat metri narхi oʻrtacha 4 mln 500 ming soʻmni tashkil etmoqda. Yigʻilishda yangi massivlardagi narхni shu miqdorda saqlab qolish vazifasi qoʻyildi.

 

Yigʻilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham koʻrib chiqildi. Bu loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraхt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8%dan 30%ga oshirish rejalashtirilgan.

 

Mavjud va yangidan barpo etiladigan yashil maydonlarga tuman yoki shahar hokimining qarori bilan mas’ul belgilanadigan boʻldi. Ular daraхtlarni parvarishlash bilan birga, ushbu hududni obod saqlashga ham javob beradi. Koʻp qavatli uylarga tutash hududlar uy-joy mulkdorlariga yashil maydonlar barpo etish uchun biriktiriladi va u yerda qurilish qilishga ruхsat berilmaydi.

 

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasiga hokimlar bilan birga, har bir hududning iqlim sharoitiga mos koʻchatlarni koʻpaytirish va yetkazib berish vazifasi qoʻyildi.