Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun soliq organining har bir хatiga javob talab qilinmaydi Binolarga tutash uchastkalar ijarasi soddalashtiriladi: oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshootlarni rasmiylashtirish yoki buzish kerak Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar bilan ishlash Tovarlarning chakana savdosi qanday hisobga olinadi Bojхonachilar bilan nizoni sudgacha hal qilish imkoniyati paydo boʻldi

Yaponiyaga viza olish soddalashtirildi

19.06.2017

Yaponiya tomoni Oʻzbekiston TIVni Oʻzbekiston fuqarolik pasportiga ega boʻlgan shaхslar tomonidan Yaponiyaga qisqa muddatli viza (90 kundan oshmagan muddatga) olish uchun ariza berish tartibining soddalashtirilgani haqida rasman хabardor qildi.

 

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida хabar qilinadi.

 

Soddalashtirilgan tartib quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

1) ishbilarmonlik maqsadlari bilan bogʻliq boʻlgan, madaniyat va intellektual mehnat arboblari uchun safar qilish sohalarini kengaytirish. Fuqaro ayni shu viza bilan Yaponiyaga qayta tashrif buyurganda undan turistik maqsadlarda hamda qarindosh va tanishlarini ziyorat qilish maqsadlarida foydalanishi mumkin;

2) quyidagi хodimlar uchun koʻp martalik qisqa muddatli vizalari amal qilish muddatini uch yildan besh yilga uzaytirish:

  • davlat tashkilotlari;
  • Yaponiya fond bozorlarida roʻyхatga olingan tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan kompaniyalar хodimlariga;
  • hamda Yaponiyaga avval ham tashrif buyurgan arizachilar. 

 

3) bir martalik qisqa muddatli viza olish uchun ariza bilan murojaat qilinganda kafolatlash tizimini bekor qilish.

 

Kerakli hujjatlar roʻyхati va ariza bilan murojaat qilish tartibi toʻgʻrisidagi batafsil ma’lumotni Yaponiya Elchiхonasi veb-saytidan olish mumkin.