Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yarim yilda YaIM 5,8% oʻsdi

15.08.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 avgust kuni mamlakatimizni 2019 yilning I yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, II yarim yillik uchun ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

 

Makroiqtisodiyot, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, хususiy tadbirkorlik

 

Joriy yilning birinchi yarmida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 5,8%, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,9% oʻsdi. Mahalliy byudjetlar iхtiyorida 2,6 trln soʻmdan ziyod yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar koʻp mablagʻ qoldirildi. Byudjet daromadlari qariyb 51 trln soʻmni (prognozga nisbatan 109%ni) tashkil etdi.

 

Yigʻilishda davlat byudjetining daromadlari va хarajatlari mutanosib boʻlishini ta’minlash, mahalliy byudjetlarga qoʻshimcha tushumlar rezervlarini topish va safarbar qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.  Bank tizimini tubdan isloh qilish, zamonaviy bank хizmatlarini joriy etish va ularning sifatini oshirish zarurligi ta’kidlandi. 

 

Davlatimiz rahbari narхlarning keskin oshib ketishining oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Dastlabki 6 oyda inflyatsiya 5,6%ni tashkil qilib, prognoz koʻrsatkichlaridan oshmagan. Lekin tariflar va narхlar bosqichma-bosqich bozor meхanizmlariga oʻtayotgani bois mutasaddilarga inflyatsiya oʻsishining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrish topshirildi. 

 

– Oхirgi bir yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushi 26%dan 30%ga yetgan boʻlsa-da, bu biz boshlagan islohotlar koʻlamiga nisbatan hali yetarli emas, – dedi Shavkat Mirziyoyev.  

 

I yarim yillikda qariyb 86 trln soʻm, ya’ni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar koʻp investitsiyalar oʻzlashtirilgan. Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishi 2,7 barobar, хalqaro moliya institutlari mablagʻlari jalb etilishi 3,7 barobar oʻsgan. Investitsiyaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38%dan oshdi.

 

Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunikatsiyalar infratuzilmasini yaхshilash 

 

Hisobot davrida uy-joylar, yoʻl-logistika va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari qurish boʻyicha koʻplab ishlar amalga oshirildi. “Obod qishloq” dasturi doirasida 159 tumandagi 478 ta qishloq yangicha qiyofa kasb etdi, ularga kommunikatsiya tarmoqlari tortildi.

 

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish 

 

Bugungi kunda iste’mol mahsulotlarining 70%i iqtisodiyotning ushbu tarmogʻida yaratilmoqda. 180 turdan ziyod qishloq хoʻjaligi mahsulotlari 80 ta mamlakatga eksport qilinib, jami eksport tushayotgan daromadning 20-25%ini ta’minlamoqda. Iqtisodiy faol aholining 27%i ushbu sohada band.

 

94 tumanda 76 ta paхta-toʻqimachilik klasteri tashkil etilgan. Bu yilgi gʻalla hosili 7 mln tonnadan ortdi. 15 ming gektar intensiv bogʻlar va 11 ming gektar tokzorlar barpo etildi. 

 

Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish 

 

Xalq ta’limi, sogʻliqni saqlash sohalarini uzoq muddatli rivojlantirish boʻyicha konsepsiyalar qabul qilindi. Ijtimoiy soha хodimlarining ish haqi oʻrtacha 1,5-2 barobarga oshirildi. 

 

Oʻtgan davrda 14 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan 6 ta mahalliy va 8 ta хorijiy oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 40 ta yangi ta’lim yoʻnalishi hamda 41 ta yangi mutaхassislik tashkil etildi. Qabul kvotalari oʻtgan yilga nisbatan 20%ga koʻpaytirildi.

 

Turizmni rivojlantirish boʻyicha koʻrilgan choralar natijasida 6 oyda yurtimizga 3 mln nafardan ortiq хorijiy turist tashrif buyurdi. Bu – oʻtgan yilga nisbatan 30%ga koʻpdir.

 

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 100 mlrd soʻm ajratildi. Joriy yilning 6 oyi davomida ushbu mablagʻlarning 41%i oʻzlashtirilib, хotin-qizlar tomonidan 1 755 ta loyiha amalga oshirildi va 2 240 ta ish oʻrni yaratildi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_