Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

YaTT yollangan хodimlar uchun qanday soliqlar toʻlaydi va qanday hisobotlar topshiradi

22.10.2020

Rus tilida oʻqish

Yakka tartibdagi tadbirkorlarda amaliyotda хodimlarni yollash, ularning daromadlarini soliq hisobotida aks ettirish va ularning daromadlaridan qat’iy belgilangan soliq, JShDS va ijtimoiy soliq toʻlash tartibi yuzasidan savollar tugʻiladi. “Norma” soʻrov bilan Moliya vazirligiga murojaat qildi va tushuntirish oldi.

 

Soʻrov:

-  Soliq kodeksiga asosan 100 mln soʻmgacha daromadga ega boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va ularning yollangan хodimlari soliq toʻlashni tanlash huquqiga egalar: qat’iy belgilangan miqdorda yoki deklaratsiya asosida.

 

Agar yollangan хodimlar soliqni qat’iy belgilangan miqdorda toʻlasalar, yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan soliq agentlari oʻzlarining yollanma хodimlariga oid JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotini oʻzi soliq boʻyicha hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.

 

Qat’iy belgilangan soliqning stavkalari 09.12.2019 yildagi OʻRQ-589-son Qonunning 13-ilovasida faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun keltirilgan.

 

YaTTga oʻz majburiyatlari boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash bilan bir qatorda har bir хodim uchun qat’iy belgilangan soliqni  yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha nazarda tutilgan belgilangan stavkaning 30% miqdorida toʻlash majburiyati yuklanadi.

 

Shu bilan birga Prezidentning 14.07.2018 yildagi PQ-3856-son qarorining 7-bandiga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan хodimga toʻlanadigan qat’iy belgilangan soliqni toʻlashdan ozod etilgan.

 

Shu munosabat bilan quyidagi savollar yuzaga keladi:

  1. Agar yollangan хodimlar soliqni qat’iy belgilangan miqdorda toʻlashni tanlashgan boʻlsa, uni byudjetga kim toʻlashi kerak – хodimlarmi yoki YaTT?
  2. Yollangan хodimlar soliqni qat’iy belgilangan miqdorda qanday summada toʻlaydilar?
  3. YaTT oʻzining va yollangan хodimlarning qat’iy belgilangan soliq boʻyicha hisobotlarini taqdim etishi kerakmi? Agar - kerak boʻlsa, hisob-kitob qanday shaklda topshiriladi, sababi JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotning amaldagi shakli unda bunday soliqni aks ettirishni nazarda tutmaydi?

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_