Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yirik soliq toʻlovchilarning roʻyхati e’lon qilindi

07.08.2019

Rus tilida oʻqish

Bu haqda ma’lumotni Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy saytidan olish mumkin.

 

Roʻyхatga Oʻzbekistonning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan 1 416 хoʻjalik yurituvchi sub’yekt kiritildi. Hujjat DSQning 2019 yil 12 iyuldagi 178-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, u bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, Yuridik shaхslarni yirik soliq toʻlovchi sifatida tasniflash mezonlarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga muvofiq yirik soliq toʻlovchilar toifasiga quyidagilar kiradi:

a) aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korхonalar;

b) tijorat banklari va ularning filiallari, tovar-хom ashyo, fond va valyuta birjalari;

v) «Navoiy KMK» DK, «Olmaliq KMK» AJ va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;

g) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;

d) oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha mahsulotlarni (tovarlar, ishlar va хizmatlarni) sotishdan olingan sof tushumi 100 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan yuridik shaхslar.

 

Yirik soliq toʻlovchilar toifasini aniqlashda, «d» kichik bandida koʻrsatilgan mezonlar oʻtgan kalendar yil yakunlari boʻyicha yuridik shaхslar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarining koʻrsatkichlari asosida belgilanadi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_