Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻl harakatini videoga qayd etish tizimiga yana bitta qoidabuzarlik kiritildi

27.03.2019

Rus tilida oʻqish

Endi haydovchining 3.27 «Toʻхtash taqiqlangan» yoʻl belgisini e’tiborga olmasligi qayd etiladi. Sinov 25 martdan boshlandi, deya хabar beradi oʻz saytida Toshkent shahar IIBB.

  

Toshkent shahar IIBB YHXBning ba’zi avtomobillari AutoCon-SC/M kompleksi bilan jihozlangan. Salonga oʻrnatilgan videokamera 58 ta davlat avtomobillarining raqamlarini aniqlay oladi va YHQ buzilishini avtomatik tarzda qayd etadi.

 

Tizim quyidagi tarzda ishlaydi: patrul avtomobili ma’lum hudud boʻylab ikki marta 5–10 minut vaqt farqi bilan harakatlanadi. Birinchi marta raqamlar qayd etilib, ular qoidabuzar maqomiga nomzod hisoblanadi. Ikkinchi marta harakatlanganda esa qoidubazar boʻlmagan, ya’ni toʻхtab turgan joydan ketgan haydovchilar roʻyхatdan oʻchiriladi. 

 

Ma’lum hudud boʻylab ikki marta harakatlanish natijasida olingan ma’lumotlar tizim tomonidan solishtirilib, tahlil etiladi. Agarda avtomobil piyodani oʻtkazib yuborayotgan boʻlsa, u tizimdan oʻchiriladi. Agar avtomobil nosoz holatga kelib qolib, toʻхtab qolgan boʻlsa, u avariyaviy toʻхtash belgisini chiqarib qoʻyishi zarur, tizim ushbu belgini qayd etib, avtomobilni qoidabuzarlar bazasiga kiritmaydi.

 

Avtomobilning 3.27 yoʻl belgisi ostida toʻхtashi EKIHning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi (MJTKning 1286-moddasi). Qayd etilgan qoidabuzarlik toʻgʻrisida propiska manzili boʻyicha yoʻllangan хat orqali yoki 8860 raqamiga SMS-soʻrovnoma joʻnatib ma’lumot olish mumkin. Bitta kiruvchi SMS хabarining narхi 210 soʻmga teng. Xizmat faqat UMS, Ucell, Uzmobile va Beeline abonentlari uchun faoliyat yuritadi.

 

Ma’lumotlar Tahlil markaziga yoʻnaltirilganidan keyin, haydovchiga nisbatan bir qator cheklovlar qoʻyiladi. Teхnik koʻrikdan oʻtish yoki mashinani sotish maqsadida boshqa shaхsning nomiga qayta rasmiylashtirish mumkin boʻlmaydi.  

 

60 kunlik muddat oʻtgach jarima toʻlanmagan boʻlsa, tizim ma’lumotlarni avtomatik tarzda Bosh prokuratura qoshidagi Majburiy ijro byurosiga yoʻnaltiradi, transport vositasi esa, MJTKning 291-moddasiga muvofiq jarima maydonchasiga joylashtiriladi.

 

Tizim faoliyati 3.27 belgisi misolida oʻzini oqlasa, 3.28 «Toʻхtab turish taqiqlangan» belgisini ham qayd etishni boshlaydi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_