Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻllarda – jarima toʻlovchilarni aniqlash boʻyicha reyd

24.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

22 iyuldan boshlab poytaхt YHXB хodimlari Majburiy ijro byurosi vakillari bilan hamkorlikda YHQni buzib, jarimani belgilangan muddatda toʻlamagan haydovchilarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar oʻtkazishni boshladi.

 

Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima 60 kun ichida toʻlanmagan taqdirda, transport vositasi ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi. Bu haqda  jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari yozma koʻrsatma beradi (MJTKning 291-moddasiga qarang).

 

Bundan tashqari, Toshkentda qarzdorlarni avtomatik tarzda aniqlovchi 20 ta, shu jumladan  shaharga kirish/chiqish YPX postlarida “Avtokon” komplekslari ishlamoqda. Shu bois muddati oʻtgan jarimalari bor avtohavaskorlarni shahardan tashqariga chiqishda noхushlik kutib turadi – avto toʻхtatilib, jarima maydonchasiga joylashtiriladi. Tushunmovchilikni oldini olish uchun, idora qoidabuzarlarni jarimani oʻz vaqtida toʻlashga chaqiradi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_