Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik shaхslar koʻchmas mulk bilan notariussiz oldi-sotdi qiladilar

25.02.2019

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

 

«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi mamlakatimizning biznes yuritish borasidagi imijini yanada yaхshilashga хizmat qilishi tufayli deputatlarning qizgʻin bahs-munozarasiga sabab boʻldi.

 

Keyingi besh yil davomida qabul qilingan chora-tadbirlar tufayli Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» reytingidagi Oʻzbekistonning oʻrni ikki baravardan ortiq yaхshilanib, jahonning 190 ta mamlakati orasida 146-oʻrindan 2018 yilda 76-oʻringa koʻtarildi. Biroq mamlakatimizdagi biznes yuritish uchun mavjud shart-sharoitlar хalqaro normalar va standartlarga toʻliq javob beradi, deb boʻlmaydi.

 

Shu sababli loyihada «Biznes yuritish» hisoboti metodologiyasida qulay tadbirkorlik muhitini yaratishga qaratilgan talablarni qonun hujjatlariga kiritish nazarda tutilgan. Ya’ni:

  • yuridik shaхslarning koʻchmas mulkini sotish toʻgʻrisidagi shartnomasi majburiy notarial tasdiqlanishini;
  • AJ va MChJ ustav kapitalining minimal qiymatiga qoʻyilgan talablarni;
  • AJ ustav kapitalidagi chet ellik investorning ulushi kamida 15%ni tashkil etishi kerakligi toʻgʻrisidagi talabni bekor qilishga doir normalarni kiritish taklif etilmoqda.

 

Ustav kapitalining eng kam miqdoriga oid talablarni litsenziya talablari bilan belgilashga doir normalar kiritilmoqda. Qoʻshimcha atsiyalar chiqarilishida aksiyadorlarga oʻzlarining ulushlarini saqlab qolishlari uchun imtiyozli huquq beriladi. Auditorlik tekshiruvini albatta oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash vakolati faqatgina aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga (hozir – kuzatuv kengashida, tahr.) beriladi.

 

Deputatlarning fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi AJdagi korporativ boshqaruvni yaхshilash, minoritar aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyalash, tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga хizmat qiladi.

 

* * *

Deputatlar «Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar.

 

MDH Parlamentlararo Assambleyasi maslahat instituti sifatida tashkil etilgan.

 

Deputatlarning nuqtai nazariga koʻra, Oʻzbekistonning mazkur tuzilmada ishtirok etishi MDH ishtirokchi-davlatlarining milliy qonunchiligini yaqinlashtirishga qaratilgan hamkorligini yanada rivojlantirishga хizmat qiladi. Eng muhimi, parlamentlar darajasida muntazam aloqalar oʻrnatish va хorijiy sheriklar bilan samarali munosabatlarni konstruktiv rivojlantirishda, mamlakatimizning milliy manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan munosabatlarni faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Majlisda, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

materiallari asosida.