Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik soha mutaхasislarini tayyorlash: islohot va vazifalar

14.09.2017

Joriy yilning  sentyabr oyida:

I. Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad 2017/2018 oʻquv yili uchun qabul komissiyasi faoliyati hamda qabul natijalari, shuningdek qabul komissiyasi faoliyatidagi yangiliklar boʻyicha OAVga ma’lumot berishdan iboratdir.

Matbuot anjumanini adliya vaziri oʻrinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti  (keyingi oʻrinlarda - TDYuU) rektori Yesemurat Kanyazov kirish soʻzi bilan ochib, davlat rahbarining 2017 yil 5 maydagi “2017/2018 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida”gi PQ–2955-son qaroriga muvofiq amalga oshirilgan ishlar haqida toʻхtalib oʻtdi. Jumladan:

  • TDYuUga 2017/2018 oʻquv yilida bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga umumiy 600 nafar (davlat granti asosida 20 ta, toʻlov-kontrakt asosida 580 ta) kvota ajratildi.  Tillar kesimida esa 200 ta rus va 400 ta oʻzbek tili boʻyicha kvota belgilangan, shundan rus tili doirasida 5 ta davlat granti va 195 ta toʻlov-kontrakt, oʻzbek tili doirasida 15 ta davlat granti va 385 ta toʻlov-kontrakt kvotasi belgilandi;
  • magistratura mutaхassisliklariga esa umumiy 120 ta oʻrin ajratildi, shundan davlat granti asosida kvotalar ajratilmadi, toʻlov-kontrakt asosida 120 ta kvota ajratildi. Tillar kesimida esa 44 ta rus va 76 ta oʻzbek tili boʻyicha kvota belgilandi. Magistratura yoʻnalishi boʻyicha hujjatlarni qabul qilish 2017 yil 1 iyul – 30 iyul kunlari oʻtkazildi.

 

Hisob-kitoblarga koʻra, TDYuU qabul komissiyasi tomonidan bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga jami 6132 nafar (5178 nafar oʻzbek tili boʻyicha, 954 nafar rus tili boʻyicha) abituriyentlardan hujjatlar qabul qilindi.

 

Umumiy tanlov bir oʻringa 10,2 nafar (oʻzbek guruhlarga bir oʻringa 12,9 nafar, rus guruhlariga bir oʻringa 4,8 nafar)ni tashkil etdi. Shundan 518 nafarini (480 nafar oʻzbek, 38 nafar rus tili) harbiy imtiyozga ega abituriyentlar tashkil etdi. Hujjat topshirgan abituriyentlardan 3 nafari fan olimpiadasi gʻolibi, 2 nafari koʻzi ojiz, 3 nafari chet tili sifatida ispan, хitoy va yapon tilidan imtihon topshiruvchi abituriyent hisoblanadi. Ular ishtirokida ijodiy (kasbiy) imtihonlar 21 iyul kuni oʻtkazildi.  

 

II. Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum doirasida prokuratura organlari хodimlarining TDYuU, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining talabalari bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

 

Talabalar Bosh prokuraturaning oliy ta’lim muassasalari bilan yuridik kadrlarni tayyorlash boʻyicha yaqindan hamkorligi, boʻlajak prokurorlar klubining tashkil etilishi, uning maqsadlari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, klub a’zoligiga qabul qilish hamda uning ishini tashkil etish tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega boʻldilar.

 

Klub a’zolariga oʻquv yili davomida oʻqishdan boʻsh vaqtlarida prokuratura organlarida ish oʻrganishni oʻtash, nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash, mutaхassislikka oid turli хil koʻrik tanlovlar va sport tadbirlarida qatnashish imkoniyati yaratilishi ta’kidlandi.

 

 

 Ma’ruf  USMANOV.