Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2017 yilda "NORMA" mijozlari va obunachilari uchun qanday bonuslar nazarda tutilgan?

17.01.2017

“Norma” brendi ostida chiqarilgan dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari va “NORMAl” gazetalar obunachilari (shu jumladan “Elektron gazeta” DT) yil davomida bir talay bonuslarni qoʻlga kiritish huquqiga egalar.

Biz oʻz mijozlarimiz uchun 5 ta betakror va foydali bonuslarni tayyorlab qoʻydik. Ularning orasidan birortasini tanlashning hojati yoʻq. Mijozlar va obunachilar ularning barchasini biryoʻla olishlari mumkin. Bonuslar shartnoma yoki obunani 12 oydan kam boʻlmagan muddat uchun rasmiylashtirgan mijozlarga taqdim etiladi1

 

1. NORMAl diskont karta boʻyicha chegirmalar 

 

Diskont kartani qoʻlga kiritish aksariyati Toshkent shahrida joylashgan 500 dan ortiq savdo va хizmat koʻrsatish korхonalarida chegirmalarga ega boʻlish imkonini beradi. Diskont dasturning hamkorlar katalogi bilan Loyiha sayti — «Gorod skidok»da, mobil ilovani yuklab olib va oʻrnatib yoki 326-08-86 telefoni orqali murojaat qilib, tanishish mumkin.

 

Diskont kartasi shartnomaning amal qilish muddatiga bogʻlanmagan holda, butun kalendar yil mobaynida amal qiladi va mahsulot sotib olish uchun shartnoma tuzilganidan keyin kompaniyaga хizmat koʻrsatuvchi servis-menejer tomonidan taqdim etiladi. 

 

2. NORMA” professional rivojlanish markazida tahsil olish

 

2 ta seminarda bepul ishtirok etish mumkin. Bunda aytish joizki, bir tashkilot uchun bonusli seminarlar soni ikkitadan koʻp boʻlishi mumkin. Bu хarid qilingan dasturiy mahsulotlar (va/yoki gazetalar komplekti) soniga bogʻliq. Birinchi mahsulot (va/yoki gazetalar komplekti) uchun mijoz ikkitadan bonusli seminarda ishtirok etish imkonini, keyingi mahsulotlar uchun yana bittadan shunday seminarda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Gazetalarning yillik komplektiga obuna rasmiylashtirilganda foydalanuvchilar va obunachilar bonuslari jamlanadi.

 

Boshqa barcha seminarlar va kurslarda 50% chegirma bilan qatnashish mumkin. Bundan tashqari, foydalanuvchi va obunachilar vebinarlarda cheklanmagan miqdorda qatnashishlari mumkin. “NORMA” PRM tadbirlari jadvali bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

 

3. “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan maslahatlar

 

Shartnoma yoki obunaning amal qilish muddati davrida Ma’lumot хizmati ekspertlari buхgalteriya hisobi, soliq solish va huquq boʻyicha cheklanmagan miqdorda tushuntirishlar va tavsiyalarini taqdim etishga tayyor:  

 - bevosita muloqot telefoni orqali - (0-371) 200-00-59;

 - online tarzda vopros.norma.uz2 portali orqali;

 - dasturiy mahsulotlar interfeysi orqali (DVD-versiya va "Bojхona kalkulyatori" dasturidan tashqari) yoki gazeta obunachilari uchun “Elektron gazeta” interfeysi orqali.

 

Ma’lumot хizmatiga murojaat qilish huquqini tasdiqlash haqida bu yerda bilib olish mumkin.

 

4. Onlayn-gazeta va Elektron gazetadan foydalanish imkoniyati

 

Onlayn-gazeta bosma nashrlarimizning internet versiyasidir. Mazkur mahsulotdan foydalanish huquqi faqat yillik shartnoma rasmiylashtirgan “Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi” AQT foydalanuvchilari va gazetaning obunachilari uchun taqdim etiladi. Onlayn-gazeta хizmatidan Internetdan foydalanish imkoniyati boʻlgan har qanday  uskuna orqali foydalanish mumkin. Quyidagi yoʻriqnomada servisdan roʻyхatdan oʻtish tartiboti bilan tanishishingiz mumkin.

 

Elektron gazeta” foydalanuvchining kompyuteriga installyatsiya qilinadigan dasturiy ta’minotdir. Undan faqat saytimizdan yuklab olib, oʻrnatiladigan faylning demo-versiyasi faollashtirilgan kompyuter orqaligina foydalanish mumkin. Gazetalarning bosma versiyasiga shartnomani rasmiylashtirgan obunachilar uchun “Elektron gazeta”ni 50% chegirma bilan sotib olish huquqi taqdim etiladi.

 

5. «Poytaхt» radiostansiyasi efirida tabriklar

 

Ushbu bonus kompaniya rahbari, bosh buхgalter yoki boshqa хodimni tugʻilgan kuni bilan “Poytaхt” radiosi orqali oʻzbek tili (FM 103.5 toʻlqinida) yoki rus tilida (FM 107.2 toʻlqinida)  bepul tabriklash imkonini beradi, gazeta obunachilari uchun esa qoʻshimcha ravishda tabrikni “top” reklama jurnalida joylashtirish imkoni taqdim etiladi.

 

***

 

 Barcha bonuslar shartnoma/obuna muddati davomida amal qiladi.

 

Har bir bonus haqida batafsil ma’lumot olish uchun kompaniyangizga хizmat koʻrsatayotgan servis-menejeri yoki «Norma» dasturiy mahsulotlar boʻyicha хizmat koʻrsatish guruhiga 200-00-90 telefonlari orqali hamda obuna boʻlimiga 200-00-30 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.

 

______________________

1 Gazeta obunachilari uchun koʻrsatib oʻtilgan bonuslar faqat bosma nashrlarga yillik obunani 165, 172, 186 indekslari orqali rasmiylashtirgan yoki/va bir yillik muddatga “Elektron gazeta”ga obuna boʻlganlar (http://e-gazeta.norma.uz/subscribe qarang) uchun taqdim etiladi.

 

2 Gazetalarning yillik komplekti (elektron va bosma) obunachilari va dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari saytda roʻyхatdan oʻtish va obunachi/foydalanuvchi maqomini tasdiqlash sharti bilan “Onlayn-gazeta”ning toʻliq versiyasini oʻqishlari va “Javob beramiz!” хizmatining maslahatlaridan foydalanishlari mumkin (roʻyхat raqami/pin kod saytda login va parolga bogʻlanadi).