2015 yilning 7 sentyabridan 7 oktyabriga qadar “Norma Hamkor” MChJ “NORMAl kuz” aksiyasini oʻtkazadi. Aksiya nafaqat biz bilan anchadan buyon birga boʻlgan foydalanuvchilar, balki safimizga qoʻshilishga hech qaror qila olmayotganlar uchun ham oʻtkaziladi.
“Norma Hamkor” MChJ foydalanuvchilar bazasida birinchi marta roʻyxatdan oʻtganlar uchun “Norma. OʻzR qonunchiligi” Axborot-qidiruv tizimini xarid qilishda uning toʻliq qiymatidan 15% miqdorida chegirma taklif qilamiz. Agar sizga bizning dasturiy mahsulotimiz ma’qul kelib, “Norma” oilasi qatoridagi yana bir mahsulotni xarid qilish istagi tugʻilsa, uning qiymatidan 20% chegirma bilan sotib olishingiz mumkin.
Amaldagi mijozlarimiz uchun esa har qanday qoʻshimcha tizimni xarid qilishda 20% chegirma e’lon qilamiz.
Yana bir ajoyib taklif. Yaqindagina biz yangi “Xodimlar bilan hisob-kitoblar” EMTni ishga tushirish haqida aytib oʻtgandik. Mana endilikda, aksiyani oʻtkazish davrida uni 25% chegirma bilan sotib olish mumkin!
Eslatib oʻtamizki, dasturiy mahsulotlar turli axborot ifoda etuvchilarda tarqatiladi, bular: USB-flash dagi mobil versiya (dasturiy mahsulotga bogʻliq holda axborot ifoda etuvchida hamda ushbu vositasiz taqdim etiladi), kompyuter uchun lokal versiya (oʻz ichiga 1 ta kompyuter uchun versiyani hamda bir necha foydalanuvchilar uchun versiya (tarmoq versiyasi)ni oladi), shuningdek DVD dagi mobil versiya.
Bizning ekspert va axborot-qidiruv tizimlarimiz qatorida yagona dasturiy qobiq bilan birlashtirilgan 13 dasturiy mahsulot mavjud. Ular buxgalterlar, yuristlar, kadrlar boʻyicha xodimlar, logistika boʻyicha menejerlar, soliq maslahatchilari, auditorlar hamda qurilish sohasida ishlaydiganlar va h.k.larga yordam berish uchun moʻljallangan.
Demak, “Norma. Qonunchilik” AQT oʻzini oʻzbek va rus tillaridagi 70 000 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar, ma’lumot va tushuntiruv materiallari, shuningdek 2000 ga yaqin hujjatlarning eksklyuziv mualliflik tarjimalarini saqlaydigan bank sifatida namoyon qiladi.
“Norma. Amaliy buxgalteriya” , “Amaliy soliq solish”, “Korxona yuristi”, “Xodimlar bilan hisob-kitoblar”, “Kadrlar masalalari boʻyicha maslahatchi”, “Qurilish”, “Eksport-import operatsiyalari” AQTlari nafaqat ishda zarur boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlarni, jumladan KMK, ShNKlarni, balki ekspertlarimiz tomonidan tuzib chiqilgan tavsiyalarni, hisob-kitoblar uslubiyatini, u yoki bu hujjatlarni toʻldirish namunalarini ham saqlaydi.
“Kichik korxona: hisob, soliqlar, huquq” AQTni alohida qayd etish lozim – bu tizimda kichik korxona rahbari va bosh buxgalteri uchun barcha zarur axborotlar, jumladan shartnomalar namunalari va boshqa foydali axborotlar toʻplangan.
“Norma. Soliqlar: “Savollar va javoblar”, “Tekshiruv: A dan Ya gacha” AQTlari mamlakat soliq qonunchiligida yaxshi yoʻnalish olishga va tekshiruvlar mexanizmini oʻrganishga yordam beradi. Oʻz navbatida “Bojxona kalkulyatori” eksport-import boʻyicha toʻlovlarni hisoblashga yordam beradi.
Koʻrganingizdek, bizda taklif etishga arziydigan mahsulotlar bor!
Sizga “NORMAl kuz” tilaymiz!



