Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2015 yil dekabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2015 yil dekabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

22.12.2015

 

2015 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 8,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23%(Prezidentning 4.12.2014 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida» PQ-2270-son Qaroriga 9-ilova, bundan keyin – PQ-2270-son Qaror).

 


Yanvar–avgust oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 947 200 soʻmni (118 400 х 8) tashkil etadi(Prezidentning 21.11.2014 yildagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-4672-son Farmoni bilan belgilangan). Sentyabr-dekabr oylarida EKIH 520 960 soʻmni (130 240 х 4) tashkil qildi (Prezidentning 26.08.2015 yildagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-4751-son Farmoni).

 


Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2015 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 118 400 soʻm qoʻllanadi(Soliq kodeksi 186-moddasining birinchi qismi, bundan keyin – Kodeks). Yanvar-dekabr oylari uchun soliq solish maqsadida jami EKIH 1 420 800 soʻmni (118 400 х 12) tashkil qiladi.

 


2015 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 1%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi(PQ-2270-son Qarorga 9-ilova).

 


ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi(Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qoʻshish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi, MV, DSQ va MB boshqaruvining AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarori bilan tasdiqlangan).

 


2015 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 7%i miqdorida belgilangan(PQ-2270-son Qarorning 3-bandi).

 


Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

1 420 800 soʻmgacha

 

0 foiz

 

1 420 801 soʻmdan 7 104 000 soʻmgacha

(5 х 1 420 800)

1 420 800 soʻmdan ortiq summaning 8,5 foizi

 

7 104 001 soʻmdan 14 208 000 soʻmgacha

(10 х 1 420 800)

483 072 soʻm + 7 104 000 soʻmdan ortiq summaning 17 foizi

 

14 208 001 soʻm va undan yuqori

 

1 690 752 soʻm + 14 208 000 soʻmdan ortiq summaning 23 foizi

 

 

 


I.   AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

 

 

1-VAZIYaT. Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–avgust oylarida uning ish haqi oyiga 115 000 soʻmni, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 126 500 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-dekabr oylari uchun yalpi daromad 1 426 000 soʻmni (115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 126 500 + 126 500 + 126 500 + 126 500) tashkil qildi.

 

Diqqat! Xodimaning ish haqi dekabr oyida ham amaldagi eng kam ish haqi miqdoridan (130 240 soʻm) oshmagan boʻlsada, soliq solish maqsadida yil davomida 1 yanvar holatiga belgilangan EKIH (118 400 soʻm) qoʻllaniladi. Shu bois unda dekabr oyida soliq solinadigan daromad yuzaga kelgan.

 

Jismoniy shaхsning 1 420 801 soʻmdan 7 104 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Dekabr oyi uchun JShDS summasi:

(1 426 000 – 1 420 800) х 8,5% = 5 200 х 8,5% = 442 soʻmga teng.

Ish haqidan ShJBPHga badallarni hisob-kitob qilishda 0% stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegiriladi. ShJBPHga badallar:

(1 426 000 – 1 420 800) х 1% = 5 200 х 1% = 52 soʻmni tashkil etadi.

Dekabr oyi uchun byudjetga:

442 – 52 = 390 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Uning daromadlaridan sugʻurta badallari 8 855 soʻmga (126 500 х 7%) teng.

Xodimaga:

126 500 – 442 – 8 855 = 117 203 soʻm toʻlanadi.

 

 

2-VAZIYaT.  Oyiga EKIHning 5 baravariga yetmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning mehnatiga toʻlanadigan haq yanvar–avgust oylarida oyiga 500 000 soʻmni, sentyabr-dekabr oylari uchun oyiga 550 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-dekabr oylari uchun yalpi daromad 6 200 000 soʻmni (500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000) tashkil qildi. Jismoniy shaхsning 1 420 801 soʻmdan 7 104 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–dekabr oylari uchun JShDS summasi:

(6 200 000 – 1 420 800) х 8,5% = 4 779 200 х 8,5% = 406 232 soʻmga teng.

Yanvar–noyabr oylarida 369 546 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq summasi 36 686 soʻmga (406 232 – 369 546) teng.

Yanvar–dekabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 0% stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirgan holda soliq solinadigan summadan hisoblanadi. U:

(6 200 000 – 1 420 800) х 1% = 4 779 200 х 1% = 47 792 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–noyabr oylarida ShJBPHga 43 476 soʻm oʻtkazilgan. Dekabr oyida ajratmalar 4 316 soʻmni (47 792 – 43 476) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga:

36 686 – 4 316 = 32 370 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari хodimning jami ish haqidan (550 000 soʻmdan) ushlab qolinadi va 38 500 soʻmni (550 000 х 7%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga:

550 000 – 36 686 – 38 500 = 474 814 soʻm toʻlanadi.

 

 

3-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlanadigan haq oyiga 700 000 soʻmni, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 770 000 soʻmni tashkil qiladi. Yanvar-dekabr oylari uchun yalpi daromad 8 680 000 soʻmni (700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 770 000 + 770 000 + 770 000 + 770 000) tashkil qildi. 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

(8 680 000 – 7 104 000) х 17% = 1 576 000 х 17% = 267 920 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromaddan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar–dekabr oylari uchun soliq summasini hisoblab chiqaramiz:

483 072 + 267 920 = 750 992 soʻm.

Yanvar–noyabr oylarida 680 476 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq summasi 70 516 soʻmga (750 992 – 680 476) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(8 680 000 – 1 420 800) х 1% = 7 259 200 х 1% = 72 592 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–noyabr oylarida ShJBPHga 66 076 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 6 516 soʻmni (72 592 – 66 076) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga:

70 516 – 6 516 = 64 000 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

770 000 х 7% = 53 900 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

770 000 – 70 516 – 53 900 = 645 584 soʻm ish haqi oladi.

 

 

4-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 1 200 000 soʻmni, sentyabr-dekabr oylari uchun oyiga 1 320 000 soʻmni tashkil qiladi. Yanvar-dekabr oylari uchun yalpi daromad 14 880 000 soʻmni (1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 320 000 + 1 320 000 + 1 320 000 + 1 320 000) tashkil qildi. 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz va unga JShDSni hisoblaymiz:

(14 880 000 – 14 208 000) х 23% = 672 000 х 23% = 154 560 soʻm.

0%, 8,5%, 17% va 23%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar–dekabr oylari uchun soliqni hisoblab chiqaramiz:

1 690 752 + 154 560 = 1 845 312 soʻm.

Yanvar–noyabr oylarida 1 673 136 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq summasi 172 176 soʻmga (1 845 312 – 1 673 136) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(14 880 000 – 1 420 800) х 1% = 13 459 200 х 1% = 134 592 soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar–noyabr oylarida ShJBPHga 122 576 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 12 016 soʻmni (134 592 – 122 576) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga:

172 176 – 12 016 = 160 160 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 92 400 soʻmni (1 320 000 х 7%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

1 320 000 – 172 176 – 92 400 = 1 055 424 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

 


5-VAZIYaT. Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan holda JShDS hisob-kitobi


Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 1 200 000 soʻmni, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 1 320 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-dekabr oylari uchun jami daromad 14 880 000 soʻmni (1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 320 000 + 1 320 000 + 1 320 000 + 1 320 000) tashkil qildi. Soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz:

14 880 000 – (118 400 х 12) х 4 = 14 880 000 – 5 683 200 = 9 196 800 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va soliqni hisoblab yozamiz:

(9 196 800 – 7 104 000) х 17% = 2 092 800 х 17% = 355 776 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromaddan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali imtiyoz egasining yanvar–dekabr oylaridagi ish haqidan soliq summasini aniqlaymiz:

483 072 + 355 776 = 838 848 soʻm.

Yanvar–noyabr oylarida 755 344 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq summasi 83 504 soʻmga (838 848 – 755 344) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(9 196 800 – 1 420 800) х 1% = 7 776 000 х 1% = 77 760 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–noyabr oylarida ShJBPHga 70 480 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 7 280 soʻmni (77 760 – 70 480) tashkil qiladi.

Byudjetga:

83 504 – 7 280 = 76 224 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

1 320 000 х 7% = 92 400 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

1 320 000 – 83 504 – 92 400 = 1 144 096 soʻm ish haqi oladi.

 

 

6-VAZIYaT. Moddiy yordam olish tarzida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi (hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi: 118 400 х 12 = 1 420 800 soʻm).

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 800 000 soʻmni, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 880 000 soʻmni tashkil etdi. Yanvar oyida unga 1 500 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yanvar–dekabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 9 999 200 soʻmga (800 000 + (1 500 000 – 1 420 800) + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 880 000 + 880 000 + 880 000 + 880 000) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va unga soliqni hisoblab yozamiz:

(9 999 200 – 7 104 000) х 17% = 2 895 200 х 17% = 492 184 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar–dekabr oylari uchun:

483 072 + 492 184 = 975 256 soʻm soliqni olamiz.

Yanvar–noyabr oylarida 886 040 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq 89 216 soʻmga (975 256 – 886 040) teng.

ShJBPHga majburiy badallar:

(9 999 200 – 1 420 800) х 1% = 8 578 400 х 1% = 85 784 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–noyabr oylarida ShJBPHga 78 168 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 7 616 soʻmni (85 784 – 78 168) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga:

89 216 – 7 616 = 81 600 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

880 000 х 7% = 61 600 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

880 000 – 89 216 – 61 600 = 729 184 soʻm oladi.

 

 

7-VAZIYaT. Qimmatbaho sovgʻa olinganda JShDS hisob-kitobi

 

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi (hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi: 118 400 х 6 = 710 400 soʻm).

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 800 000 soʻmni, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 880 000 soʻmni tashkil etdi. Yanvar oyida unga 1 000 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Soliq solinadigan daromad 10 209 600 soʻmga (800 000 + (1 000 000 – 710 400) + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 880 000 + 880 000 + 880 000 + 880 000) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz va unga soliqni hisoblab yozamiz:

(10 209 600 – 7 104 000) х 17% = 3 105 600 х 17% = 527 952 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshib, yanvar–dekabr oylari uchun soliqni chiqaramiz:

483 072 + 527 952 = 1 011 024 soʻm.

Yanvar–noyabr oylarida 921 808 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq 89 216 soʻmga (1 011 024 – 921 808) teng.

Yil boshidan ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(10 209 600 – 1 420 800) х 1% = 8 788 800 х 1% = 87 888 soʻmga teng.

Yanvar–noyabr oylarida ShJBPHga 80 272 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 7 616 soʻmni (87 888 – 80 272) tashkil qiladi.

Byudjetga:

89 216 – 7 616 = 81 600 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Dekabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari:

880 000 х 7% = 61 600 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

880 000 – 89 216 – 61 600 = 729 184 soʻm ish haqi oladi.

 


8-VAZIYaT.  Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

 

Quyidagilarga muvofiq:

Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (118 400 х 12 = 1 420 800 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra, yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (118 400 х 6 = 710 400 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi;

Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (118 400 х 4) х 12 = 5 683 200 soʻm) chegiriladi.

Kodeksning 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–avgust oylarida oyiga 900 000 soʻmdan, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 990 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 500 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 900 000 soʻmlik sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan yalpi daromadi 13 560 000 soʻmni (900 000 + (1 500 000 + 900 000) + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 990 000 + 990 000 + 990 000 + 990 000) tashkil qildi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

13 560 000 – 1 420 800 – 710 400 – 5 683 200 = 5 745 600 soʻm.

Jismoniy shaхsning 1 420 801 soʻmdan 7 104 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–dekabr oylari uchun JShDS summasi:

(5 745 600 – 1 420 800) х 8,5% = 4 324 800 х 8,5% = 367 608 soʻmga teng.

Yanvar–noyabr oylarida 333 778 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq summasi 33 830 soʻmga (367 608 – 333 778) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(5 745 600 – 1 420 800) х 1% = 4 324 800 х 1% = 43 248 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–noyabr oylarida ShJBPHga 39 268 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 3 980 soʻmni (43 248 – 39 268) tashkil qiladi.

Byudjetga:

33 830 – 3 980 = 29 850 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

990 000 х 7% = 69 300 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

990 000 – 33 830 – 69 300 = 886 870 soʻm oladi.

 

 

9-VAZIYaT.  Oliy oʻquv yurtida oʻqish uchun haq toʻlash boʻyicha imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga koʻra fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi.

Xodimning yanvar-avgust oylaridagi mehnatiga oyiga 1 000 000 soʻmdan, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 1 450 000 soʻm haq toʻlangan. Yil boshidan yalpi daromad – 13 800 000 soʻmni (1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 450 000 + 1 450 000 + 1 450 000 + 1 450 000) tashkil qiladi. Uning arizasiga binoan yanvar oyida korхona 2014–2015 oʻquv yilida oʻgʻlining institutda oʻqishi uchun keyinchalik ushbu mablagʻlar jismoniy shaхsning daromadidan ushlab qolinishi sharti bilan 2 100 000 soʻm miqdorida ta’lim haqining yarmini toʻladi. Mazkur mablagʻlar yanvar oyidan boshlab iyun oyigacha toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan 350 000 soʻmdan ushlab qolinadi. Sentyabr oyida хodim oʻgʻlining 2015–2016 oʻquv yilgi oʻqishi haqining yarmini – 2 500 000 soʻmni toʻlash uchun ariza topshirdi. Mablagʻlar sentyabr oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar хodimning daromadlaridan har oyda 625 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi.

Yanvar-dekabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 9 200 000 soʻmga (650 000 + 650 000 + 650 000 + 650 000 + 650 000 + 650 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 825 000 + 825 000 + 825 000 + 825 000) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

(9 200 000 – 7 104 000) х 17% = 2 096 000 х 17% = 356 320 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summalarini qoʻshish orqali yanvar-dekabr oylari uchun soliqni chiqaramiz:

483 072 + 356 320 = 839 392 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 759 526 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq summasi 79 866 soʻmga (839 392 – 759 526) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(9 200 000 – 1 420 800) х 1% = 7 779 200 х 1% = 77 792 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 70 726 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 7 066 soʻmni (77 792 – 70 726) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga:

79 866 – 7 066 = 72 800 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

1 450 000 х 7% = 101 500 soʻmga teng.

Xodimga:

1 450 000 – 625 000 – 79 866 – 101 500 = 643 634 soʻm ish haqi toʻlanadi.

 

 

10-VAZIYaT.  Ipoteka va iste’mol kreditlarini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Kodeksning 179-moddasi 30-bandiga muvofiq yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi.

Iste’mol kreditining soʻndirilishiga imtiyoz tatbiq etilmaydi.

Korхona хodimi (yosh oila a’zosi hisoblanadigan) kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi va mebel sotib olish uchun bankdan iste’mol kreditini oldi. Uning har oylik ish haqi miqdori yanvar-avgust oylarida oyiga 1 500 000 soʻmni, sentyabr-dekabr oylarida esa oyiga – 1 650 000 soʻmni tashkil qildi. Sentyabr oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 500 000 soʻmdan hamda iste’mol kreditini soʻndirish uchun 75 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi.

Yanvar-dekabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 16 600 000 soʻmni (1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + (1 650 000 – 500 000) + (1 650 000 – 500 000) + (1 650 000 – 500 000) + (1 650 000 – 500 000) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

(16 600 000 – 14 208 000) х 23% = 2 392 000 х 23% = 550 160 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan soliq summalarini qoʻshish orqali yanvar-dekabr oylari uchun JShDSni chiqaramiz:

1 690 752 + 550 160 = 2 240 912 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 2 107 836 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq summasi 133 076 soʻmga (2 240 912 – 2 107 836) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(16 600 000 – 1 420 800) х 1% = 15 179 200 х 1% = 151 792 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 141 476 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 10 316 soʻmni (151 792 – 141 476) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga:

133 076 – 10 316 = 122 760 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

1 650 000 х 7% = 115 500 soʻmga teng.

Xodimga:

1 650 000 – 500 000 – 75 000 – 133 076 – 115 500 = 826 424 soʻm ish haqi toʻlanadi.

 

 

 

III.ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

 

11-VAZIYaT. Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi 

 

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Kodeksning ­180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Kodeksning 186-moddasi sakkizinchi qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Kodeksning 186-moddasi toʻqqizinchi qismi).

Jismoniy shaхs iхtiyoriy ravishda deklaratsiya topshirishga haqli. Mazkur vaziyatda soliq organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ortiqcha toʻlangan JShDS summasini unga qaytarishlari kerak. Bunday ariza mavjud boʻlmagan taqdirda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

I. Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–avgust oylarida oyiga 550 000 soʻmdan, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 600 000 soʻmdan ish haqi hisoblangan. Unga yil boshidan buyon 6 800 000 soʻm (550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 600 000 + 600 000 + 600 000 + 600 000) toʻlangan. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

6 800 000 soʻm 7 104 000 soʻmdan oshmasligi sababli, 1 420 800 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, qolgan summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Tegishincha, yanvar–dekabr oylari uchun JShDS summasi:

(6 800 000 – 1 420 800) х 8,5% = 5 379 200 х 8,5% = 457 232 soʻmga teng.

Yanvar–noyabr oylarida 416 296 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq 40 936 soʻmga (457 232 – 416 296) teng.

Yanvar–dekabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirgan holda hisoblab chiqariladi:

(6 800 000 – 1 420 800) х 1% = 5 379 200 х 1% = 53 792 soʻm.

Yanvar–noyabr oylarida ShJBPHga 48 976 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 4 816 soʻmni (53 792 – 48 976) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga:

40 936 – 4 816 = 36 120 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari dekabr oyidagi jami ish haqidan ushlanadi:

600 000 х 7% = 42 000 soʻm.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodimga:

600 000 – 40 936 – 42 000 = 517 064 soʻm ish haqi toʻlanadi.

 

II. Oʻrindosh хodimga yanvar–avgust oylarida toʻlangan ish haqi oyiga 550 000 soʻmni, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 600 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan unga 6 800 000 soʻm (550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 600 000 + 600 000 + 600 000 + 600 000) hisoblab yozildi. U buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 7 104 000 soʻmdan oshmasligiga qaramay (1 420 800 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, undan oshgan qismiga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi), хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–dekabr oylari uchun JShDS summasi:

6 800 000 х 23% = 1 564 000 soʻmga teng.

Yanvar–noyabr oylarida 1 426 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyida uning summasi 138 000 soʻmni (1 564 000 – 1 426 000) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–dekabr oylarida ularning summasi:

6 800 000 х 1% = 68 000 soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar–noyabr oylarida ShJBPHga 62 000 soʻm oʻtkazilgan. Dekabr oyi uchun unga 6 000 soʻm (68 000 – 62 000) oʻtkaziladi.

Byudjetga 132 000 soʻm (138 000 – 6 000) JShDS oʻtkaziladi.

Sugʻurta badallari dekabr oyidagi jami ish haqidan ajratiladi:

600 000 х 7% = 42 000 soʻm.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim:

600 000 – 132 000 – 42 000 = 426 000 soʻm ish haqi oladi.

 

 

12-VAZIYaT.  Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi 


 

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalari boʻyicha hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2270-son Qarorga 26-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori 1 kv.m turar joy uchun 3 000 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 2 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 000 soʻm etib belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 8,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Kodeksning 181-moddasi).

Ijaraga berishdan olingan daromadlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kirmaydi, shu bois ulardan sugʻurta badallari toʻlanmaydi (Kodeksning 306-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 500 000 soʻmni, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 550 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan buyon unga 6 200 000 soʻm (500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000) toʻlangan. U Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 60 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va uning uchun har oyda 800 000 soʻm ijara haqi oladi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Uning eng kam summasi – 180 000 soʻm (3 000 х 60) haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois soliq shartnomada nazarda tutilgan summadan hisoblanadi:

800 000 х 8,5% = 68 000 soʻm.

Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz. 6 200 000 soʻm 7 104 000 soʻmdan oshmaganligi bois, 1 420 800 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, 1 420 801 soʻmdan 6 200 000 soʻmgacha boʻlgan summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(6 200 000 – 1 420 800) х 8,5% = 4 779 200 х 8,5% = 406 232 soʻm.

Yanvar–noyabr oylarida 369 546 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq summasi 36 686 soʻmga (406 232 – 369 546) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini chegirgan holda mehnat haqi tarzidagi soliq solinadigan daromaddan hisoblab chiqariladi. Yil boshidan ular:

(6 200 000 – 1 420 800) х 1% = 4 779 200 х 1% = 47 792 soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar–noyabr oylarida ShJBPHga 43 476 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 4 316 soʻmni (47 792 – 43 476) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga (ijara haqidan JShDSni hisobga olgan holda):

36 686 – 4 316 + 68 000 = 100 370 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Mehnat haqidan majburiy sugʻurta badallari:

550 000 х 7% = 38 500 soʻmni tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta ajratmalari ushlab qolinganidan keyin хodimga:

550 000 + 800 000 – 36 686 – 68 000 – 38 500 = 1 206 814 soʻm toʻlanadi.

 


13-VAZIYaT.  ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi


Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga muvofiq Xalq bankidagi ShJBPHga iхtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa soliq solinadigan daromadlar summasiga JShDS solinmaydi.

Fevral oyida yil boshidan ishlamagan yangi хodim ishga qabul qilindi. Unga fevral-avgust oylarida oylik ish haqi 700 000 soʻmdan, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 770 000 soʻmdan toʻlandi. U buхgalteriyaga STIR topshirdi va uning ish haqidan 300 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi. Xodimning yil boshidan jami daromadi 7 980 000 soʻmni (700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 770 000 + 770 000 + 770 000 + 770 000) tashkil qiladi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

7 980 000 – 300 000 х 11 = 4 680 000 soʻm.

Fevral–dekabr oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz. 4 680 000 soʻm 7 104 000 soʻmdan oshmaganligi bois, 1 420 800 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, undan yuqori summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(4 680 000 – 1 420 800) х 8,5% = 3 259 200 х 8,5% = 277 032 soʻm.

Fevral–noyabr oylarida 247 146 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq 29 886 soʻmga (277 032 – 247 146) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini chegirgan holda soliq solinadigan daromaddan hisoblab chiqariladi:

(4 680 000 – 1 420 800) х 1% = 3 259 200 х 1% = 32 592 soʻm.

Fevral-noyabr oylarida ShJBPHga 29 076 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 3 516 soʻmni (32 592 – 29 076) tashkil qiladi.

Byudjetga:

29 886 – 3 516 = 26 370 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Xodimning jami ish haqiga (770 000 soʻmga) majburiy sugʻurta badallari hisoblab yoziladi:

770 000 х 7% = 53 900 soʻm.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga:

770 000 – 29 886 – 53 900 – 300 000 = 386 214 soʻm toʻlanadi.

 

 

14-VAZIYaT. Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


 

Ijro hujjati boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi (29.08.2001 yildagi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi 258-II-son Qonunning 65-moddasi).

Xodimning yanvar-avgust oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 900 000 soʻmni, sentyabr-dekabr oylarida oyiga 990 000 soʻmni tashkil qildi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart. Yanvar-dekabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 11 160 000 soʻmni (900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 990 000 + 990 000 + 990 000 + 990 000) tashkil etdi.

JShDSni hisoblash uchun 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

(11 160 000 – 7 104 000) х 17% = 4 056 000 х 17% = 689 520 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan soliq summalarini qoʻshish orqali yanvar-dekabr oylari uchun JShDSni chiqaramiz:

483 072 + 689 520 = 1 172 592 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 1 064 676 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq summasi 107 916 soʻmga (1 172 592 – 1 064 676) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(11 160 000 – 1 420 800) х 1% = 9 739 200 х 1% = 97 392 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 88 676 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 8 716 soʻmni (97 392 – 88 676) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga:

107 916 – 8 716 = 99 200 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

990 000 х 7% = 69 300 soʻmga teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(990 000 – 107 916 – 69 300) х 25% = 812 784 х 25% = 203 196 soʻm.

Xodim qoʻliga:

990 000 – 107 916 – 69 300 – 203 196 = 609 588 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 

 

 _______________________________________

 *Yanvar oyi uchun Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitobi uslubiyati «SBX»ning 20.01.2015 yildagi 3 (1067)-sonida, fevral oyi uchun esa 24.02.2015 yildagi 8 (1072)-sonida, mart oyi uchun 24.03.2015 yildagi 12 (1076)-sonida, aprel oyi uchun 28.04.2015 yildagi 17 (1081)-sonida, may oyi uchun 26.05.2015 yildagi 21 (1085)-sonida iyun oyi uchun 23.06.2015 yildagi 25 (1089)-sonida, iyul oyi uchun 21.07.2015 yildagi 30 (1094)-sonida, avgust oyi uchun 01.09.2015 yildagi 35 (1099)-sonida, sentyabr oyi uchun 22.09.2015 yildagi 38 (1102)-sonida, oktyabr oyi uchun 20.10.2015 yildagi 42 (1106)-sonida, noyabr oyi uchun 24.11.2015 yildagi 47 (1111)-sonida chop etilgan.