Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2015 yil iyun oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2015 yil iyun oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

23.06.2015

 

2015 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkasi, eng kam stavka – 8,5%, oʻrtacha stavka – 17%, eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 4.12.2014 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida» PQ-2270-son Qaroriga 9-ilova, bundan keyin – PQ-2270-son Qaror).

 

 Yanvar-iyun oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 710 400 soʻmni (118 400 х 6) tashkil etadi (Prezidentning 21.11.2014 yildagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-4672-son Farmoni bilan belgilangan).

 

 Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2015 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 118 400 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining birinchi qismi, bundan keyin – Kodeks).

 

2015 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 1%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda tashkil etadi (PQ-2270-son Qarorga 9-ilova).

 

 ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qoʻshish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi, MV, DSQ va MB boshqaruvining AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarori bilan tasdiqlangan).

 

 2015 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 7 foizi miqdorida belgilangan (PQ-2270-son Qarorning 3-bandi).

 

 Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

710 400 soʻmgacha

 

0 foiz

 

710 401 soʻmdan 3 552 000 soʻmgacha

(5 х 710 400)

 

710 400 soʻmdan ortiq summaning 8,5 foizi

 

3 552 001 soʻmdan 7 104 000 soʻmgacha

 241 536 soʻm + 3 552 000 soʻmdan ortiq summaning 17 foizi

 

7 104 001 soʻm va undan yuqori

 

845 376 soʻm + 7 104 000 soʻmdan ortiq summaning 23 foizi

 

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

 

1-VAZIYaT. Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodim korхonada chorak stavkada ishlaydi. Unga yanvar-iyun oylarida 115 000 soʻmdan ish haqi toʻlandi, yil boshidan yalpi daromad – 690 000 soʻmni (115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000) tashkil qiladi. Jismoniy shaхsning 710 400 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (690 000 х 0%) tashkil qiladi. Uning ish haqidan ShJBPHga badallarni hisob-kitob qilishda nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli, хodimga ushbu badallar hisoblab yozilmaydi.

 

Xodimning daromadlaridan sugʻurta badallari 8 050 soʻmga (115 000 х 7%) teng.

 

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga:

 

115 000 – 8 050 = 106 950 soʻm toʻlanadi.

 

 

 

2-VAZIYaT. Oyiga EKIHning 5 baravariga yetmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimga yanvar-iyun oylarida 500 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 3 000 000 soʻmni (500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000) tashkil qiladi. Jismoniy shaхsning 710 401 soʻmdan 3 552 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar-iyun oylari uchun JShDS summasi:

 

(3 000 000 – 710 400) х 8,5% = 2 289 600 х 8,5% = 194 616 soʻmga teng.

 

Yanvar-may oylarida 162 180 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi:

 

194 616 – 162 180 = 32 436 soʻmga teng.

 

Yanvar-iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirgan holda hisoblanadi. U:

 

(3 000 000 – 710 400) х 1% = 2 289 600 х 1% = 22 896 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 19 080 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 3 816 soʻmni (22 896 – 19 080) tashkil qiladi.

 

Iyun oyi uchun byudjetga:

 

32 436 – 3 816 = 28 620 soʻm soliq oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari хodimning jami ish haqidan – 500 000 soʻmdan ushlab qolinadi. Ular:

 

500 000 х 7% = 35 000 soʻmni tashkil etadi.

 

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga:

 

500 000 – 32 436 – 35 000 = 432 564 soʻm toʻlanadi.

 

 

 

3-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 700 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 4 200 000 soʻmni (700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000) tashkil qiladi. JShDS summasini aniqlash uchun 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

 

(4 200 000 – 3 552 000) х 17% = 648 000 х 17% = 110 160 soʻm.

 

 0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromaddan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar-iyun oylari uchun soliq summasini hisoblab chiqaramiz:

 

241 536 + 110 160 = 351 696 soʻm.

 

Yanvar-may oylarida 293 080 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi:

 

351 696 – 293 080 = 58 616 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(4 200 000 – 710 400) х 1% = 3 489 600 х 1% = 34 896 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 29 080 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 5 816 soʻmni (34 896 – 29 080) tashkil qiladi.

 

Iyun oyi uchun byudjetga:

 

58 616 – 5 816 = 52 800 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

700 000 х 7% = 49 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

700 000 – 58 616 – 49 000 = 592 384 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

4-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 200 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 7 200 000 soʻmni (1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000) tashkil qiladi. Avvalo 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz va unga JShDSni hisoblaymiz:

 

(7 200 000 – 7 104 000) х 23% = 96 000 х 23% = 22 080 soʻm.

 

0%, 8,5%, 17% va 23%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar-iyun oylaridagi daromaddan JShDSni hisoblab chiqaramiz:

 

845 376 + 22 080 = 867 456 soʻm.

 

Yanvar-may oylarida 722 880 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi:

 

867 456 – 722 880 = 144 576 soʻmni tashkil qiladi.

 

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(7 200 000 – 710 400) х 1% = 6 489 600 х 1% = 64 896 soʻmga teng.

 

Yanvar-may oylari uchun ShJBPHga 54 080 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 10 816 soʻmni (64 896 – 54 080) tashkil qiladi.

 

Iyun oyi uchun byudjetga:

 

144 576 – 10 816 = 133 760 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

1 200 000 х 7% = 84 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

1 200 000 – 144 576 – 84 000 = 971 424 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

 

5-VAZIYaT. Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan holda JShDS hisob-kitobi

 

 Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

 

Xodimning yanvar-iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 200 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 7 200 000 soʻmni (1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000) tashkil qiladi. Soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz:

 

7 200 000 – (118 400 х 6) х 4 = 7 200 000 – 2 841 600 = 4 358 400 soʻm.

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va soliqni hisoblab yozamiz:

 

(4 358 400 – 3 552 000) х 17% = 806 400 х 17% = 137 088 soʻm.

 

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromaddan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali imtiyoz egasining yanvar-iyun oylaridagi ish haqidan soliq summasini aniqlaymiz:

 

241 536 + 137 088 = 378 624 soʻm

 

Yanvar-may oylarida 315 520 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi:

 

378 624 – 315 520 = 63 104 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(4 358 400 – 710 400) х 1% = 3 648 000 х 1% = 36 480 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 30 400 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 6 080 soʻmni (36 480 – 30 400) tashkil qiladi.

 

Byudjetga:

 

63 104 – 6 080 = 57 024 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

1 200 000 х 7% = 84 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

1 200 000 – 63 104 – 84 000 = 1 052 896 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

6-VAZIYaT. Moddiy yordam olish tarzida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

 Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi (yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi: 118 400 х 12 = 1 420 800 soʻm).

 

Xodimning yanvar-iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 800 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 500 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yanvar-iyun oylari uchun soliq solinadigan daromad 4 879 200 soʻmga (800 000 + 1 500 000 – 1 420 800 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000) soʻmga teng.

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va unga soliqni hisoblab yozamiz:

 

(4 879 200 – 3 552 000) х 17% = 1 327 200 х 17% = 225 624 soʻm.

 

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar-iyun oylari uchun:

 

241 536 + 225 624 = 467 160 soʻm soliqni olamiz.

 

Yanvar-may oylarida 391 544 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq:

 

467 160 – 391 544 = 75 616 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar:

 

(4 879 200 – 710 400) х 1% = 4 168 800 х 1% = 41 688 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 34 872 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 6 816 soʻmni (41 688 – 34 872) tashkil qiladi.

 

Iyun oyi uchun byudjetga:

 

75 616 – 6 816 = 68 800 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

800 000 х 7% = 56 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

800 000 – 75 616 – 56 000 = 668 384 soʻm oladi.

 

 

 

7-VAZIYaT. Qimmatbaho sovgʻa olinganda JShDS hisob-kitobi

 

 Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi (hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi: 118 400 х 6 = 710 400 soʻm).

 

Xodimning yanvar-iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 800 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 000 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Soliq solinadigan daromad 5 089 600 soʻmga (800 000 + 1 000 000 – 710 400 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000) teng.

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz va unga soliqni hisoblab yozamiz:

 

(5 089 600 – 3 552 000) х 17% = 1 537 600 х 17% = 261 392 soʻm.

 

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshib, yanvar-iyun oylari uchun soliqni chiqaramiz:

 

241 536 + 261 392 = 502 928 soʻm.

 

Yanvar-may oylarida 427 312 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq:

 

502 928 – 427 312 = 75 616 soʻmga teng.

 

Yil boshidan ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(5 089 600 – 710 400) х 1% = 4 379 200 х 1% = 43 792 soʻmga teng.

 

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 36 976 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 6 816 soʻmni (43 792 – 36 976) tashkil qiladi.

 

Byudjetga:

 

75 616 – 6 816 = 68 800 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Iyun oyi uchun majburiy sugʻurta badallari:

 

800 000 х 7% = 56 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

800 000 – 75 616 – 56 000 = 668 384 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

8-VAZIYaT. Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

 

Quyidagilarga muvofiq:

 

 Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (118 400 х 12 = 1 420 800 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

 

 Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (118 400 х 6 = 710 400 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi;

 

 Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (118 400 х 4) х 6 = 2 841 600 soʻm) chegiriladi.

 

Kodeksning 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar-iyun oylarida 900 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 500 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 900 000 soʻmlik sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan yalpi daromadi 7 800 000 soʻmni (900 000 + 1 500 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000) tashkil qildi.

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

 

7 800 000 – 1 420 800 – 710 400 – 2 841 600 = 2 827 200 soʻm.

 

Jismoniy shaхsning 710 401 soʻmdan 3 552 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar-iyun oylari uchun JShDS summasi:

 

(2 827 200 – 710 400) х 8,5% = 2 116 800 х 8,5% = 179 928 soʻmga teng.

 

Yanvar-may oylarida 153 748 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi:

 

179 928 – 153 748 = 26 180 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(2 827 200 – 710 400) х 1% = 2 116 800 х 1% = 21 168 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 18 088 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 3 080 soʻmni (21 168 – 18 088) tashkil qiladi.

 

Byudjetga:

 

26 180 – 3 080 = 23 100 soʻm soliq oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

900 000 х 7% = 63 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

900 000 – 26 180 – 63 000 = 810 820 soʻm oladi.

 

 

 

9-VAZIYaT. Oliy oʻquv yurtida oʻqish uchun haq toʻlash boʻyicha imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

 Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga koʻra fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi.

 

Xodimning yanvar-iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 000 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 6 000 000 soʻmni (1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000) tashkil qiladi. Uning arizasiga binoan yanvar oyida korхona 2014–2015 oʻquv yilida oʻgʻlining institutda oʻqishi uchun 2 100 000 soʻm miqdorida haq toʻladi, mazkur mablagʻlar yanvar oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan ushlab qolinadi.

 

Xodimning arizasiga binoan oʻqish uchun toʻlangan haqni soʻndirishga uning daromadlaridan har oyda 350 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi. Yanvar-may oylari uchun 1 750 000 soʻm ushlab qolingan. Iyun oyida хodim 350 000 soʻmni (2 100 000 – 1 750 000) soʻndirishi lozim. Yanvar-iyun oylari uchun soliq solinadigan daromad 3 900 000 soʻmga (6 000 000 – 2 100 000) teng.

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz hamda unga 0% va 8,5%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan soliq summalarini qoʻshish orqali yanvar-iyun oylari uchun JShDSni chiqaramiz:

 

(3 900 000 – 3 552 000) х 17% + 241 536 = 348 000 х 17% + 241 536 = 59 160 + 241 536 = 300 696 soʻm.

 

Yanvar-may oylarida 250 580 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq:

 

300 696 – 250 580 = 50 116 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(3 900 000 – 710 400) х 1% = 3 189 600 х 1% = 31 896 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 26 580 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 5 316 soʻmni (31 896 – 26 580) tashkil qiladi.

 

Byudjetga:

 

50 116 – 5 316 = 44 800 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

1 000 000 х 7% = 70 000 soʻmga teng.

 

Soliq, majburiy ajratmalar va oʻqish uchun haq toʻlash hisobiga ushlanmalar chegirilganidan keyin хodimga:

 

1 000 000 – 50 116 – 70 000 – 350 000 = 529 884 soʻm ish haqi toʻlanadi.

 

 

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

 

10-VAZIYaT. Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

 Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Kodeksning 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Kodeksning 186-moddasi sakkizinchi qismi).

 

 Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Kodeksning 186-moddasi toʻqqizinchi qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan taqdirda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi lozim.

 

a) Oʻrindosh хodimga yanvar-iyun oylarida oyiga 550 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 3 300 000 soʻmni (550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000) tashkil qiladi. U Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

 

3 300 000 soʻm 3 552 000 soʻmdan oshmasligi sababli, 710 400 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, qolgan summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Tegishincha, yanvar-iyun oylari uchun JShDS summasi:

 

(3 300 000 – 710 400) х 8,5% = 2 589 600 х 8,5% = 220 116 soʻmga teng.

 

Yanvar-may oylarida 183 430 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq:

 

220 116 – 183 430 = 36 686 soʻmga teng.

 

Yanvar-iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirgan holda hisoblab chiqariladi:

 

(3 300 000 – 710 400) х 1% = 2 589 600 х 1% = 25 896 soʻm.

 

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 21 580 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 4 316 soʻmni (25 896 – 21 580) tashkil qiladi.

 

Iyun oyi uchun byudjetga:

 

36 686 – 4 316 = 32 370 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari iyun oyidagi jami ish haqidan hisoblab oʻtkaziladi:

 

550 000 х 7% = 38 500 soʻm.

 

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim:

 

550 000 – 36 686 – 38 500 = 474 814 soʻm ish haqi oladi.

 

b) Oʻrindosh хodimga yanvar-iyun oylarida 550 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 3 300 000 soʻmni (550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000) tashkil qiladi. U buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

 

Oʻrindoshning daromadi 3 552 000 soʻmdan oshmasligiga qaramay (710 400 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, undan oshgan qismiga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi), хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar-iyun oylari uchun JShDS summasi:

 

3 300 000 х 23% = 759 000 soʻmga teng.

 

Yanvar-may oylarida 632 500 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi 126 500 soʻmga (759 000 – 632 500) teng.

 

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar-iyun oylarida ularning summasi:

 

3 300 000 х 1% = 33 000 soʻmni tashkil qiladi.

 

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 27 500 soʻm oʻtkazilgan. Iyun oyi uchun ajratmalar 5 500 soʻmni (33 000 – 27 500) tashkil qiladi.

 

Byudjetga 121 000 soʻm (126 500 – 5 500) JShDS oʻtkaziladi.

 

Sugʻurta badallari iyun oyidagi jami ish haqiga hisoblab yoziladi:

 

550 000 х 7% = 38 500 soʻm.

 

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim:

 

550 000 – 126 500 – 38 500 = 385 000 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

11-VAZIYaT. Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

 Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalari boʻyicha hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2270-son Qarorga 26-ilova).

 

 Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 3 000 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 2 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 000 soʻm belgilangan.

 

 Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 8,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Kodeksning 181-moddasi).

 

 ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

 

Xodimning yanvar-iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 500 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 3 000 000 soʻmni (500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 60 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 800 000 soʻm ijara haqi oladi.

 

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 180 000 soʻmni (3 000 х 60) tashkil etadi. U haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

 

800 000 х 8,5% = 68 000 soʻm.

 

Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz. 3 000 000 soʻm 3 552 000 soʻmdan oshmaganligi bois, 710 400 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, 710 401 soʻmdan 3 000 000 soʻmgacha boʻlgan summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

 

(3 000 000 – 710 400) х 8,5% = 2 289 600 х 8,5% = 194 616 soʻm.

 

Yanvar-may oylarida 162 180 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq:

 

194 616 – 162 180 = 32 436 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini chegirgan holda mehnat haqi tarzidagi soliq solinadigan daromaddan hisoblab chiqariladi. Yil boshidan ular:

 

(3 000 000 – 710 400) х 1% = 2 289 600 х 1% = 22 896 soʻmni tashkil qiladi.

 

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 19 080 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 3 816 soʻmni (22 896 – 19 080) tashkil qiladi.

 

Iyun oyi uchun byudjetga (ijara haqidan JShDSni hisobga olgan holda):

 

32 436 – 3 816 + 68 000 = 96 620 soʻm soliq oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

500 000 х 7% = 35 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Soliq va sugʻurta ajratmalari ushlab qolinganidan keyin хodimga:

 

500 000 + 800 000 – 32 436 – 68 000 – 35 000 = 1 164 564 soʻm toʻlanadi.

 

 

 

12-VAZIYaT. ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi

 

 Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga muvofiq Xalq bankidagi ShJBPHga iхtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa soliq solinadigan daromadlar summasiga JShDS solinmaydi.

 

Fevral oyida yil boshidan ishlamagan yangi хodim ishga qabul qilindi. Unga oyiga 700 000 soʻm ish haqi belgilandi. Xodimning yil boshidan jami daromadi 3 500 000 soʻmni (700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000) tashkil qiladi. U buхgalteriyaga STIR topshirdi va uning ish haqidan 300 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

 

3 500 000 – (300 000 х 5) = 2 000 000 soʻm.

 

Fevral-iyun oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz. 2 000 000 soʻm 3 552 000 soʻmdan oshmaganligi bois, 710 400 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, undan yuqori summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

 

(2 000 000 – 710 400) х 8,5% = 1 289 600 х 8,5% = 109 616 soʻm.

 

Fevral-may oylarida 85 680 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq:

 

109 616 – 85 680 = 23 936 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini chegirgan holda soliq solinadigan daromaddan hisoblab chiqariladi:

 

(2 000 000 – 710 400) х 1% = 1 289 600 х 1% = 12 896 soʻm.

 

May oyida ShJBPHga 10 080 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 2 816 soʻmni (12 896 – 10 080) tashkil qiladi.

 

Byudjetga:

 

23 936 – 2 816 = 21 120 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Xodimning jami ish haqiga (700 000 soʻmga) majburiy sugʻurta badallari hisoblab yoziladi:

 

700 000 х 7% = 49 000 soʻm.

 

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badallar chegirilgandan keyin хodimga:

 

700 000 – 23 936 – 49 000 – 300 000 = 327 064 soʻm toʻlanadi.

 

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 

 _______________________________________

 *Yanvar oyi uchun Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitobi uslubiyati «SBX»ning 20.01.2015 yildagi 3 (1067)-sonida, fevral oyi uchun esa 24.02.2015 yildagi 8 (1072)-sonida, mart oyi uchun 24.03.2015 yildagi 12 (1076)-sonida, aprel oyi uchun 28.04.2015 yildagi 17 (1081)-sonida, may oyi uchun 26.05.2015 yildagi 21 (1085)-sonida chop etilgan.