Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2015 yil may oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2015 yil may oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

28.05.2015

 

 

● 2015 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkasi, eng kam stavka – 8,5%, oʻrtacha stavka – 17%, eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 4.12.2014 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida» PQ-2270-son Qaroriga 9-ilova, bundan keyin – PQ-2270-son Qaror).

 

● Yanvar-may oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 592 000 soʻmni (118 400 х 5) tashkil etadi (Prezidentning 21.11.2014 yildagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-4672-son Farmoni bilan belgilangan).

● Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2015 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 118 400 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining birinchi qismi, bundan keyin – Kodeks).

 

● 2015 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 1%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-2270-son Qarorga 9-ilova).

 

● ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qoʻshish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi, MV, DSQ va MB boshqaruvining AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarori bilan tasdiqlangan).

 

● 2015 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 7 foizi miqdorida belgilangan (PQ-2270-son Qarorning 3-bandi).

 

 

 Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

592 000 soʻmgacha

 

0 foiz

 

592 001 soʻmdan 2 960 000 soʻmgacha (5 х 592 000)

 

592 000 soʻmdan ortiq summaning 8,5 foizi

 

2 960 001 soʻmdan 5 920 000 soʻmgacha (10 х 592 000)

 

201 280 soʻm + 2 960 000 soʻmdan ortiq summaning 17 foizi

 

5 920 001 soʻm va undan yuqori

 

704 480 soʻm + 5 920 000 soʻmdan ortiq summaning 23 foizi

 

 

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

 

 

1-VAZIYaT. Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodim korхonada chorak stavkada ishlaydi. Unga yanvar-may oylarida 115 000 soʻmdan ish haqi toʻlandi, yil boshidan yalpi daromad – 575 000 soʻmni (115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000) tashkil qiladi. Jismoniy shaхsning 592 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (575 000 х 0%) tashkil qiladi. Uning ish haqidan ShJBPHga badallarni hisob-kitob qilishda nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli, хodimga ushbu badallar hisoblab yozilmaydi.

 

Xodimning daromadlaridan sugʻurta badallari 8 050 soʻmga (115 000 х 7%) teng.

 

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga:

 

115 000 – 8 050 = 106 950 soʻm toʻlanadi.

 

 

 

 

2-VAZIYaT. Oyiga EKIHning 5 baravariga yetmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimga yanvar-may oylarida 500 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 2 500 000 soʻmni (500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000) tashkil qiladi. Jismoniy shaхsning 592 001 soʻmdan 2 960 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar-may oylari uchun JShDS summasi:

 

(2 500 000 – 592 000) х 8,5% = 1 908 000 х 8,5% = 162 180 soʻmga teng.

 

Yanvar-aprel oylarida 129 744 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi:

 

162 180 – 129 744 = 32 436 soʻmga teng.

 

Yanvar-may oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirgan holda hisoblanadi. U:

 

(2 500 000 – 592 000) х 1% = 1 908 000 х 1% = 19 080 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga 15 264 soʻm oʻtkazilgan, may oyida ajratmalar 3 816 soʻmni (19 080 – 15 264) tashkil qiladi.

 

May oyi uchun byudjetga:

 

32 436 – 3 816 = 28 620 soʻm soliq oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari хodimning jami ish haqidan – 500 000 soʻmdan ushlab qolinadi. Ular:

 

500 000 х 7% = 35 000 soʻmni tashkil etadi.

 

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga:

 

500 000 – 32 436 – 35 000 = 432 564 soʻm toʻlanadi.

 

 

 

3-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-may oylaridagi mehnatiga oyiga 700 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 3 500 000 soʻmni (700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000) tashkil qiladi. JShDS summasini aniqlash uchun 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

 

(3 500 000 – 2 960 000) х 17% = 540 000 х 17% = 91 800 soʻm.

 

 0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromaddan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar-may oylari uchun soliq summasini hisoblab chiqaramiz:

 

201 280 + 91 800 = 293 080 soʻm.

 

Yanvar-aprel oylarida 234 464 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi:

 

293 080 – 234 464 = 58 616 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(3 500 000 – 592 000) х 1% = 2 908 000 х 1% = 29 080 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga 23 264 soʻm oʻtkazilgan, may oyi uchun ajratmalar 5 816 soʻmni (29 080 – 23 264) tashkil qiladi.

 

May oyi uchun byudjetga:

 

58 616 – 5 816 = 52 800 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

700 000 х 7% = 49 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

700 000 – 58 616 – 49 000 = 592 384 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

4-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-may oylaridagi mehnatiga oyiga 1 200 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 6 000 000 soʻmni (1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000) tashkil qiladi. Avvalo 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz va unga JShDSni hisoblaymiz:

 

(6 000 000 – 5 920 000) х 23% = 80 000 х 23% = 18 400 soʻm.

 

Oyiga EKIHning 10 baravariga teng daromadlardan olinadigan soliq summasi 704 480 soʻmni tashkil qiladi. 0%, 8,5%, 17% va 23%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar-may oylaridagi daromaddan JShDSni hisoblab chiqaramiz:

 

704 480 + 18 400 = 722 880 soʻm.

 

Yanvar-aprel oylarida 578 304 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi:

 

722 880 – 578 304 = 144 576 soʻmni tashkil qiladi.

 

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(6 000 000 – 572 000) х 1% = 5 408 000 х 1% = 54 080 soʻmga teng.

 

Yanvar-aprel oylari uchun ShJBPHga 43 264 soʻm oʻtkazilgan, may oyi uchun ajratmalar 10 816 soʻmni (54 080 – 43 264) tashkil qiladi.

 

May oyi uchun byudjetga:

 

144 576 – 10 816 = 133 760 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

1 200 000 х 7% = 84 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

1 200 000 – 144 576 – 84 000 = 971 424 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

 

 

5-VAZIYaT. Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan holda JShDS hisob-kitobi

 

 Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

 

Xodimning yanvar-may oylaridagi mehnatiga oyiga 1 200 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 6 000 000 soʻmni (1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000) tashkil qiladi. Soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz:

 

6 000 000 – (118 400 х 5) х 4 = 6 000 000 – 2 368 000 = 3 632 000 soʻm.

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va soliqni hisoblab yozamiz:

 

(3 632 000 – 2 960 000) х 17% = 672 000 х 17% = 114 240 soʻm.

 

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromaddan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali imtiyoz egasining yanvar-may oylaridagi ish haqidan soliq summasini aniqlaymiz:

 

201 280 + 114 240 = 315 520 soʻm.

 

Yanvar-aprel oylarida 252 416 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi:

 

315 520 – 252 416 = 63 104 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(3 632 000 – 592 000) х 1% = 3 040 000 х 1% = 30 400 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga 24 320 soʻm oʻtkazilgan, may oyi uchun ajratmalar 6 080 soʻmni (30 400 – 24 320) tashkil qiladi.

 

Byudjetga:

 

63 104 – 6 080 = 57 024 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

1 200 000 х 7% = 84 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

1 200 000 – 63 104 – 84 000 = 1 052 896 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

6-VAZIYaT. Moddiy yordam olish tarzida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

 Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi (yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi: 118 400 х 12 = 1 420 800 soʻm).

 

Xodimning yanvar-may oylaridagi mehnatiga oyiga 800 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 500 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yanvar-may oylari uchun soliq solinadigan daromad 4 079 200 soʻmga (800 000 + 1 500 000 – 1 420 800 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000) soʻmga teng.

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va unga soliqni hisoblab yozamiz:

 

(4 079 200 – 2 960 000) х 17% = 1 119 200 х 17% = 190 264 soʻm.

 

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar-may oylari uchun:

 

201 280 + 190 264 = 391 544 soʻmni olamiz.

 

Yanvar-aprel oylarida 315 928 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi:

 

391 544 – 315 928 = 75 616 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(4 079 200 – 592 600) х 1% = 3 487 200 х 1% = 34 872 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga 28 056 soʻm oʻtkazilgan, may oyi uchun ajratmalar 6 816 soʻmni (34 872 – 28 056) tashkil qiladi.

 

May oyi uchun byudjetga:

 

75 616 – 6 816 = 68 800 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

800 000 х 7% = 56 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

800 000 – 75 616 – 56 000 = 668 384 soʻm oladi.

 

 

 

7-VAZIYaT. Qimmatbaho sovgʻa olinganda JShDS hisob-kitobi

 

 Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi (hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi: 118 400 х 6 = 710 400 soʻm).

 

Xodimning yanvar-may oylaridagi mehnatiga oyiga 800 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 000 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Soliq solinadigan daromad 4 289 600 soʻmga (800 000 + 1 000 000 – 710 400 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000) teng.

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz va unga soliqni hisoblab yozamiz:

 

(4 289 600 – 2 960 000) х 17% = 1 329 600 х 17% = 226 032 soʻm.

 

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshib, yanvar-may oylari uchun soliqni chiqaramiz:

 

201 280 + 226 032 = 427 312 soʻm.

 

Yanvar-aprel oylarida 315 696 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi:

 

427 312 – 351 696 = 75 616 soʻmga teng.

 

Yil boshidan ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(4 289 600 – 592 000) х 1% = 3 697 600 х 1% = 36 976 soʻmga teng.

 

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga 30 160 soʻm oʻtkazilgan, may oyi uchun ajratmalar 6 816 soʻmni (36 976 – 30 160) tashkil qiladi.

 

Byudjetga:

 

75 616 – 6 816 = 68 800 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

May oyi uchun majburiy sugʻurta badallari:

 

800 000 х 7% = 56 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

800 000 – 75 616 – 56 000 = 668 384 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

8-VAZIYaT. Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

 

Quyidagilarga muvofiq:

 

 Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (118 400 х 12 = 1 420 800 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

 

 Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (118 400 х 6 = 710 400 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi;

 

 Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (118 400 х 4) х 5 = 2 368 000 soʻm) chegiriladi.

 

Kodeksning 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar-may oylarida 900 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 500 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 900 000 soʻmlik sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan yalpi daromadi 6 900 000 soʻmni (900 000 + 1 500 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000) tashkil qildi.

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

 

6 900 000 – 1 420 800 – 710 400 – 1 368 000 = 2 400 800 soʻm.

 

Jismoniy shaхsning 592 001 soʻmdan 2 960 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar-may oylari uchun JShDS summasi:

 

(2 400 800 – 592 000) х 8,5% = 1 808 800 х 8,5% = 153 748 soʻmga teng.

 

Yanvar-aprel oylarida 127 568 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi:

 

153 748 – 127 568 = 26 180 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(5 400 800 – 592 000) х 1% = 1 808 800 х 1% = 18 088 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga 15 008 soʻm oʻtkazilgan, may oyi uchun ajratmalar 3 080 soʻmni (18 088 – 15 008) tashkil qiladi.

 

Byudjetga:

 

26 180 – 3 080 = 23 100 soʻm soliq oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

900 000 х 7% = 63 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xodim qoʻliga:

 

900 000 – 26 180 – 63 000 = 810 820 soʻm oladi.

 

 

 

9-VAZIYaT. Oliy oʻquv yurtida oʻqish uchun haq toʻlash boʻyicha imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

 Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga koʻra fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi.

 

Xodimning yanvar-may oylaridagi mehnatiga oyiga 1 000 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 5 000 000 soʻmni (1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000) tashkil qiladi. Uning arizasiga binoan yanvar oyida korхona 2014–2015 oʻquv yilida oʻgʻlining institutda oʻqishi uchun 2 100 000 soʻm miqdorida haq toʻladi, mazkur mablagʻlar yanvar oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan ushlab qolinadi.

 

Xodimning arizasiga binoan oʻqish uchun toʻlangan haqni soʻndirishga uning daromadlaridan har oyda 350 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi. Yanvar-may oylari uchun soliq solinadigan daromad 3 250 000 soʻmga (5 000 000 – 1 750 000) teng.

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz hamda unga 0% va 8,5%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan soliq summalarini qoʻshish orqali yanvar-may oylari uchun JShDSni chiqaramiz:

 

(3 250 000 – 2 960 000) х 17% + 201 280 = 290 000 х 17% + 201 280 = 49 300 + 201 280 = 250 580 soʻm.

 

Yanvar-aprel oylarida 200 464 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi:

 

250 580 – 200 464 = 50 116 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(3 250 000 – 592 000) х 1% = 2 658 000 х 1% = 26 580 soʻmni tashkil etadi.

 

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga 21 264 soʻm oʻtkazilgan, may oyi uchun ajratmalar 5 316 soʻmni (26 580 – 21 264) tashkil qiladi.

 

Byudjetga:

 

50 116 – 5 316 = 44 800 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

1 000 000 х 7% = 70 000 soʻmga teng.

 

Soliq, majburiy ajratmalar va oʻqish uchun haq toʻlashni soʻndirishga ushlanmalar chegirilganidan keyin хodimga:

 

1 000 000 – 50 116 – 70 000 – 350 000 = 529 884 soʻm ish haqi toʻlanadi.

 

 

 

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

 

 

10-VAZIYaT. Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

 Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Kodeksning 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Kodeksning 186-moddasi sakkizinchi qismi).

 

 Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Kodeksning 186-moddasi toʻqqizinchi qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan taqdirda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi lozim.

 

a) Oʻrindosh хodimga yanvar-may oylarida oyiga 550 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 2 750 000 soʻmni (550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000) tashkil qiladi. U Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

 

2 750 000 soʻm 2 960 000 soʻmdan oshmasligi sababli, 592 000 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, qolgan summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Tegishincha, yanvar-may oylari uchun JShDS summasi:

 

(2 750 000 – 592 000) х 8,5% = 2 158 000 х 8,5% = 183 430 soʻmga teng.

 

Yanvar-aprel oylarida 146 744 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi:

 

183 430 – 146 744 = 36 686 soʻmga teng.

 

Yanvar-may oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirgan holda hisoblab chiqariladi:

 

(2 750 000 – 592 000) х 1% = 2 158 000 х 1% = 21 580 soʻm.

 

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga 17 264 soʻm oʻtkazilgan, may oyi uchun ajratmalar 4 316 soʻmni (21 580 – 17 264) tashkil qiladi.

 

May oyi uchun byudjetga:

 

36 686 – 4 316 = 32 370 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari may oyidagi jami ish haqidan hisoblab oʻtkaziladi:

 

550 000 х 7% = 38 500 soʻm.

 

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim:

 

550 000 – 36 686 – 38 500 = 474 814 soʻm ish haqi oladi.

 

b) Oʻrindosh хodimga yanvar-may oylarida 550 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 2 750 000 soʻmni (550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000) tashkil qiladi. U buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

 

Oʻrindoshning daromadi 2 960 000 soʻmdan oshmasligiga qaramay (592 000 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, undan oshgan qismiga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi), хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar-may oylari uchun JShDS summasi:

 

2 750 000 х 23% = 632 500 soʻmga teng.

 

Yanvar-aprel oylarida 506 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi 126 500 soʻmga (632 500 – 506 000) teng.

 

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar-may oylarida ularning summasi:

 

2 750 000 х 1% = 27 500 soʻmni tashkil qiladi.

 

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga 22 000 soʻm oʻtkazilgan. May oyi uchun ajratmalar 5 500 soʻmni (27 500 – 22 000) tashkil qiladi.

 

Byudjetga 121 000 soʻm (126 500 – 5 500) JShDS oʻtkaziladi.

 

Sugʻurta badallari may oyidagi jami ish haqiga hisoblab yoziladi:

 

550 000 х 7% = 38 500 soʻm.

 

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim:

 

550 000 – 126 500 – 38 500 = 385 000 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

11-VAZIYaT. Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

 Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2270-son Qarorga 26-ilova).

 

 Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 3 000 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 2 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 000 soʻm belgilangan.

 

 Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 8,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Kodeksning 181-moddasi).

 

 ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

 

Xodimning yanvar-may oylaridagi mehnatiga oyiga 500 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan yalpi daromad – 2 500 000 soʻmni (500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 60 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 800 000 soʻm ijara haqi oladi.

 

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 180 000 soʻmni (3 000 х 60) tashkil etadi. U haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

 

800 000 х 8,5% = 68 000 soʻm.

 

Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz. 2 500 000 soʻm 2 960 000 soʻmdan oshmaganligi bois, 592 000 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, 592 001 soʻmdan 2 500 000 soʻmgacha boʻlgan summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

 

(2 500 000 – 592 000) х 8,5% = 1 908 000 х 8,5% = 162 180 soʻm.

 

Yanvar-aprel oylarida 129 744 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi:

 

162 180 – 119 744 = 32 436 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini chegirgan holda mehnat haqi tarzidagi soliq solinadigan daromaddan hisoblab chiqariladi. Yil boshidan ular:

 

(2 500 000 – 592 000) х 1% = 1 908 000 х 1% = 19 080 soʻmni tashkil qiladi.

 

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga 15 264 soʻm oʻtkazilgan, may oyi uchun ajratmalar 3 816 soʻmni (19 080 – 15 264) tashkil qiladi.

 

May oyi uchun byudjetga (ijara haqidan JShDSni hisobga olgan holda):

 

32 436 – 3 816 + 68 000 = 96 620 soʻm soliq oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

500 000 х 7% = 35 000 soʻmni tashkil etadi.

 

Soliq va sugʻurta ajratmalari ushlab qolinganidan keyin хodimga:

 

500 000 + 800 000 – 32 436 – 68 000 – 35 000 = 1 164 564 soʻm toʻlanadi.

 

 

 

12-VAZIYaT. ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi

 

 Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga muvofiq Xalq bankidagi ShJBPHga iхtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa soliq solinadigan daromadlar summasiga JShDS solinmaydi.

 

Fevral oyida yil boshidan ishlamagan yangi хodim ishga qabul qilindi. Unga oyiga 700 000 soʻm ish haqi belgilandi. Xodimning yil boshidan jami daromadi 2 800 000 soʻmni (700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000) tashkil qiladi. U buхgalteriyaga STIR taqdim etdi va uning ish haqidan 300 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

 

2 800 000 – 1 200 000 = 1 600 000 soʻm.

 

Fevral-may oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz. 1 200 000 soʻm 2 960 000 soʻmdan oshmaganligi bois, 592 000 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, undan yuqori summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

 

(1 600 000 – 592 000) х 8,5% = 1 008 000 х 8,5% = 85 680 soʻm.

 

Fevral-aprel oylarida 61 744 soʻm JShDS ushlab qolingan. May oyi uchun soliq summasi:

 

85 680 – 61 744 = 23 936 soʻmga teng.

 

ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini chegirgan holda hisoblab chiqariladi:

 

(1 600 000 – 592 000) х 1% = 1 008 000 х 1% = 10 080 soʻm.

 

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga 7 264 soʻm oʻtkazilgan, may oyi uchun ajratmalar 2 816 soʻmni (10 080 – 7 264) tashkil qiladi.

 

Byudjetga:

 

23 936 – 2 816 = 21 120 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Xodimning jami ish haqiga (700 000 soʻmga) majburiy sugʻurta badallari hisoblab yoziladi:

 

700 000 х 7% = 49 000 soʻm.

 

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badallar chegirilgandan keyin хodimga:

 

700 000 – 23 936 – 49 000 – 300 000 = 327 064 soʻm toʻlanadi.

 

 

 

13-VAZIYaT. Daromadlar hisoblab yoziladigan davrda ishdan boʻshagan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

 Kodeksning 186-moddasi yettinchi qismiga muvofiq mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng хodimga ilgarigi asosiy ish joyida toʻlovlar amalga oshirilgan taqdirda, mazkur toʻlovlarga JShDS ushbu Kodeks 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmagan holda solinadi.

 

 Yuridik shaхs bu хodimga toʻlagan daromadning jami summasi va undan JShDSning ushlab qolingan umumiy summasi haqida mazkur yuridik shaхs hisobga qoʻyilgan joydagi soliq organiga 30 kun ichida yozma shaklda ma’lum qilishi shart.

 

Korхona 2015 yilning may oyida хodimga 2014 yilgi faoliyati yakunlari boʻyicha bonuslar toʻladi. Rahbariyatning qaroriga binoan mukofotlar 2014 yilda ishlagan shtatdagi hamma хodimlarga toʻlandi. Har bir хodimga toʻlangan mukofot summasi 2 150 000 soʻmni tashkil qildi.

 

1 yanvardan ishdan boʻshagan va tegishli hisob-kitob boʻyicha toʻliq summani olgan хodim uning daromadlaridan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etmadi. Unga 2014 yilda toʻlangan daromadlardan soliq Kodeksning 180-moddasiga muvofiq EKIHning 4 baravariga teng miqdor chiqarib tashlanadigan imtiyozni hisobga olgan holda ushlab qolingan.

 

2 150 000 soʻm 2 960 000 soʻmdan oshmaganligi bois, 592 000 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, undan yuqori summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. EKIHning 4 baravari miqdoridagi soliq chegirmasi ishdan boʻshatilgandan keyin toʻlangan imtiyoz egasining daromadlariga qoʻllanmaydi.

 

JShDS:

 

(2 150 000 – 592 000) х 8,5% = 1 558 000 х 8,5% = 132 430 soʻmga teng.

 

May oyi uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi:

 

(2 150 000 – 592 000) х 1% = 1 558 000 х 1% = 15 580 soʻmni tashkil qiladi.

 

May oyi uchun byudjetga:

 

132 430 – 15 580 = 116 850 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

 

Majburiy sugʻurta badallari:

 

2 150 000 х 7% = 150 500 soʻmni tashkil qiladi.

 

Sobiq хodim qoʻliga:

 

2 150 000 – 132 430 – 150 500 = 1 867 070 soʻm ish haqi oladi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 

  ________________________________

*Yanvar oyi uchun Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati «SBX»ning 20.01.2015 yildagi 3 (1067)-sonida, fevral oyi uchun esa 24.02.2015 yildagi 8 (1072)-sonida, mart oyi uchun 24.03.2015 yildagi 12 (1076)-sonida, aprel oyi uchun 28.04.2015 yildagi 17 (1081)-sonida chop etilgan.