Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2015 yil noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2015 yil noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

24.11.2015

 

● 2015 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 8,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 4.12.2014 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida» PQ-2270-son Qaroriga 9-ilova, bundan keyin – ­PQ-2270-son Qaror).

 

 

●● Yanvar–avgust oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 947 200 soʻmni (118 400 х 8) tashkil etadi (Prezidentning 21.11.2014 yildagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-4672-son Farmoni bilan belgilangan). Sentyabr-noyabr oylarida EKIH 390 720 soʻmni (130 240 х 3) tashkil qildi (Prezidentning 26.08.2015 yildagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-4751-son Farmoni).

 

 

●●● Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2015 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 118 400 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining birinchi qismi, bundan keyin – Kodeks). Yanvar-noyabr oylari uchun soliq solish maqsadida jami EKIH 1 302 400 soʻmni (118 400 х 11) tashkil qiladi.

 

 

●●●● 2015 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 1%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-2270-son Qarorga 9-ilova).

 

 

●●●●● ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qoʻshish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi, MV, DSQ va MB boshqaruvining AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarori bilan tasdiqlangan).

 

 

●●●●●● 2015 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 7%i miqdorida belgilangan (PQ-2270-son Qarorning 3-bandi).

 


Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

1 302 400 soʻmgacha

 

0 foiz

 

1 302 401 soʻmdan 6 512 000 soʻmgacha
(5 х 1 302 400)

 

1 302 400 soʻmdan ortiq summaning
8,5 foizi

 

6 512 001 soʻmdan 13 024 000 soʻmgacha
(10 х 1 302 400)

 

442 816 soʻm + 6 512 000 soʻmdan ortiq summaning 17 foizi

 

13 024 001 soʻm va undan yuqori

 

1 549 856 soʻm + 13 024 000 soʻmdan ortiq summaning 23 foizi

 

 

 

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 


1-VAZIYaT.  Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi 

 

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–avgust oylarida uning ish haqi oyiga 115 000 soʻmni, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 126 500 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-noyabr oylari uchun yalpi daromad 1 229 500 soʻmni (115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 126 500 + 126 500 + 126 500) tashkil qildi.

Jismoniy shaхsning 1 302 400 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 0% stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (1 299 500 х 0%) tashkil qiladi. Ish haqidan ShJBPHga badallarni hisob-kitob qilishda nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegiriladi. Xodimaning ish haqi EKIHning 1 baravaridan kam ekanligi sababli ShJBPHga badallar hisoblab yozilmaydi.

Uning daromadlaridan sugʻurta badallari 8 855 soʻmga (126 500 х 7%) teng.

Ular ushlanganidan keyin хodimaga:

126 500 – 8 855 = 117 645 soʻm toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT.  Oyiga EKIHning 5 baravariga yetmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimning mehnatiga toʻlanadigan haq yanvar–avgust oylarida oyiga 500 000 soʻmni, sentyabr-noyabr oylari uchun oyiga 550 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-noyabr oylari uchun yalpi daromad 5 650 000 soʻmni (500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000) tashkil qildi. Jismoniy shaхsning 1 302 401 soʻmdan 6 512 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–noyabr oylari uchun JShDS summasi:

(5 650 000 – 1 302 400) х 8,5% = 4 347 600 х 8,5% = 369 546 soʻmga teng.

Yanvar–oktyabr oylarida 332 860 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq summasi 36 686 soʻmga (369 546 – 332 860) teng.

Yanvar–noyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 0% stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirgan holda soliq solinadigan summadan hisoblanadi. U:

(5 650 000 – 1 302 400) х 1% = 4 347 600 х 1% = 43 476 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–oktyabr oylarida ShJBPHga 39 160 soʻm oʻtkazilgan. Noyabr oyida ajratmalar 4 316 soʻmni (43 476 – 39 160) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga:

36 686 – 4 316 = 32 370 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari хodimning jami ish haqidan – 550 000 soʻmdan ushlab qolinadi. Ular:

550 000 х 7% = 38 500 soʻmni tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga:

550 000 – 36 686 – 38 500 = 474 814 soʻm toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT.  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlanadigan haq oyiga 700 000 soʻmni, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 770 000 soʻmni tashkil qiladi. Yanvar-noyabr oylari uchun yalpi daromad 7 910 000 soʻmni (700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 770 000 + 770 000 + 770 000) tashkil qildi. JShDS summasini aniqlash uchun 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

(7 910 000 – 6 512 000) х 17% = 1 398 000 х 17% = 237 660 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromaddan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar–noyabr oylari uchun soliq summasini hisoblab chiqaramiz:

442 816 + 237 660 = 680 476 soʻm.

Yanvar–oktyabr oylarida 609 960 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq summasi 70 516 soʻmga (680 476 – 609 960) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(7 910 000 – 1 302 400) х 1% = 6 607 600 х 1% = 66 076 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–oktyabr oylarida ShJBPHga 59 560 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 6 516 soʻmni (66 076 – 59 560) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga:

70 516 – 6 516 = 64 000 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

770 000 х 7% = 53 900 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

770 000 – 70 516 – 53 900 = 645 584 soʻm ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT.  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 1 200 000 soʻmni, sentyabr-noyabr oylari uchun oyiga 1 320 000 soʻmni tashkil qiladi. Yanvar-noyabr oylari uchun yalpi daromad 13 560 000 soʻmni (1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 320 000 + 1 320 000 + 1 320 000) tashkil qildi. 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz va unga JShDSni hisoblaymiz:

(13 560 000 – 13 024 000) х 23% = 536 000 х 23% = 123 280 soʻm.

0%, 8,5%, 17% va 23%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar–noyabr oylari uchun soliqni hisoblab chiqaramiz:

1 549 856 + 123 280 = 1 673 136 soʻm.

Yanvar–oktyabr oylarida 1 500 960 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq summasi 172 176 soʻmga (1 673 136 – 1 500 960) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(13 560 000 – 1 302 400) х 1% = 12 257 600 х 1% = 122 576 soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar–oktyabr oylarida ShJBPHga 110 560 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 12 016 soʻmni (122 576 – 110 560) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga:

172 176 – 12 016 = 160 160 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

1 320 000 х 7% = 92 400 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

1 320 000 – 172 176 – 92 400 = 1 055 424 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA 

 

 

5-VAZIYaT.  Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan holda JShDS hisob-kitobi

 

● Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

 

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 1 200 000 soʻmni, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 1 320 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-noyabr oylari uchun jami daromad 13 560 000 soʻmni (1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 320 000 + 1 320 000 + 1 320 000) tashkil qildi. Soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz:

13 560 000 – (118 400 х 11) х 4 = 13 560 000 – 5 209 600 = 8 350 400 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va soliqni hisoblab yozamiz:

(8 350 400 – 6 512 000) х 17% = 1 838 400 х 17% = 312 528 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromaddan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali imtiyoz egasining yanvar–noyabr oylaridagi ish haqidan soliq summasini aniqlaymiz:

442 816 + 312 528 = 755 344 soʻm.

Yanvar–oktyabr oylarida 671 840 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq summasi 83 504 soʻmga (755 344 – 671 840) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(8 350 400 – 1 302 400) х 1% = 7 048 000 х 1% = 70 480 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–oktyabr oylarida ShJBPHga 63 200 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 7 280 soʻmni (70 480 – 63 200) tashkil qiladi.

Byudjetga:

83 504 – 7 280 = 76 224 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

1 320 000 х 7% = 92 400 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

1 320 000 – 83 504 – 92 400 = 1 144 096 soʻm ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT.  Moddiy yordam olish tarzida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi 

 

● Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi (hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi: 118 400 х 12 = 1 420 800 soʻm).

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 800 000 soʻmni, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 880 000 soʻmni tashkil etdi. Yanvar oyida unga 1 500 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yanvar–noyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 9 119 200 soʻmga (800 000 + 1 500 000 – 1 420 800 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 880 000 + 880 000 + 880 000) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va unga soliqni hisoblab yozamiz:

(9 119 200 – 6 512 000) х 17% = 2 607 200 х 17% = 443 224 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar–noyabr oylari uchun:

442 816 + 443 224 = 886 040 soʻm soliqni olamiz.

Yanvar–oktyabr oylarida 796 824 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq 89 216 soʻmga (886 040 – 796 824) teng.

ShJBPHga majburiy badallar:

(9 119 200 – 1 302 400) х 1% = 7 816 800 х 1% = 78 168 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–oktyabr oylarida ShJBPHga 70 552 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 7 616 soʻmni (78 168 – 70 552) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga:

89 216 – 7 616 = 81 600 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

880 000 х 7% = 61 600 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

880 000 – 89 216 – 61 600 = 729 184 soʻm oladi.

 

7-VAZIYaT. Qimmatbaho sovgʻa olinganda JShDS hisob-kitobi 

 

● Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi (hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi: 118 400 х 6 = 710 400 soʻm).

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 800 000 soʻmni, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 880 000 soʻmni tashkil etdi. Yanvar oyida unga 1 000 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Soliq solinadigan daromad 9 329 600 soʻmga (800 000 + 1 000 000 – 710 400 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 880 000 + 880 000 + 880 000) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz va unga soliqni hisoblab yozamiz:

(9 329 600 – 6 512 000) х 17% = 2 817 600 х 17% = 478 992 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshib, yanvar–noyabr oylari uchun soliqni chiqaramiz:

442 816 + 478 992 = 921 808 soʻm.

Yanvar–oktyabr oylarida 832 592 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq 89 216 soʻmga (921 808 – 832 592) teng.

Yil boshidan ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(9 329 600 – 1 302 400) х 1% = 8 027 200 х 1% = 80 272 soʻmga teng.

Yanvar–oktyabr oylarida ShJBPHga 72 656 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 7 616 soʻmni (80 272 – 72 656) tashkil qiladi.

Byudjetga:

89 216 – 7 616 = 81 600 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Noyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari:

880 000 х 7% = 61 600 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

880 000 – 89 216 – 61 600 = 729 184 soʻm ish haqi oladi.

  

 

8-VAZIYaT.  Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi 

 

Quyidagilarga muvofiq:

● Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (118 400 х 12 = 1 420 800 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

● Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra, yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (118 400 х 6 = 710 400 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi;

● Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (118 400 х 4) х 11 = 5 209 600 soʻm) chegiriladi.

Kodeksning 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar –avgust oylarida oyiga 900 000 soʻmdan, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 990 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 500 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 900 000 soʻmlik sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan yalpi daromadi 12 570 000 soʻmni (900 000 + 1 500 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 990 000+ 990 000 + 990 000) tashkil qildi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

12 570 000 – 1 420 800 – 710 400 – 5 209 600 = 5 229 200 soʻm.

Jismoniy shaхsning 1 302 401 soʻmdan 6 512 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–noyabr oylari uchun JShDS summasi:

(5 229 200 – 1 302 400) х 8,5% = 3 926 800 х 8,5% = 333 778 soʻmga teng.

Yanvar–oktyabr oylarida 299 948 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq summasi 33 830 soʻmga (333 778 – 299 948) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(5 229 200 – 1 302 400) х 1% = 3 926 800 х 1% = 39 268 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–oktyabr oylarida ShJBPHga 35 288 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 3 980 soʻmni (39 268 – 35 288) tashkil qiladi.

Byudjetga:

33 830 – 3 980 = 29 850 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

990 000 х 7% = 69 300 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

990 000 – 33 830 – 69 300 = 886 870 soʻm oladi.

  

 

9-VAZIYaT.  Oliy oʻquv yurtida oʻqish uchun haq toʻlash boʻyicha imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

● Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga koʻra fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi.

Xodimning yanvar-avgust oylaridagi mehnatiga oyiga 1 000 000 soʻmdan, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 1 450 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yil boshidan yalpi daromad – 12 350 000 soʻmni (1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 450 000 + 1 450 000 + 1 450 000) tashkil qiladi. Uning arizasiga binoan yanvar oyida korхona 2014–2015 oʻquv yilida oʻgʻlining institutda oʻqishi uchun 2 100 000 soʻm miqdorida ta’lim haqining yarmini toʻladi. Mazkur mablagʻlar yanvar oyidan boshlab iyun oyigacha toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan 350 000 soʻmdan ushlab qolinadi. Sentyabr oyida хodim oʻgʻlining 2015–2016 oʻquv yilgi oʻqishi haqining yarmini – 2 500 000 soʻmni toʻlash uchun ariza topshirdi. Mablagʻlar sentyabr oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar хodimning daromadlaridan har oyda 625 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi.

Yanvar-noyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 8 375 000 soʻmga (650 000 + 650 000 + 650 000 + 650 000 + 650 000 + 650 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 825 000 + 825 000 + 825 000) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

(8 375 000 – 6 512 000) х 17% = 1 863 000 х 17% = 316 710 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summalarini qoʻshish orqali yanvar-noyabr oylari uchun soliqni chiqaramiz:

442 816 + 316 710 = 759 526 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 679 660 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq summasi 79 866 soʻmga (759 526 – 679 660) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(8 375 000 – 1 302 400) х 1% = 7 072 600 х 1% = 70 726 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 63 660 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 7 066 soʻmni (70 726 – 63 660) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga:

79 866 – 7 066 = 72 800 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

1 450 000 х 7% = 101 500 soʻmga teng.

Xodimga:

1 450 000 – 625 000 – 79 866 – 101 500 = 643 634 soʻm ish haqi toʻlanadi.

 

10-VAZIYaT.  Ipoteka va iste’mol kreditlarini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


● Kodeksning 179-moddasi 30-bandiga muvofiq yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi.

Korхona хodimi (yosh oila a’zosi hisoblanadigan) kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi va mebel sotib olish uchun bankdan iste’mol kreditini oldi. Uning har oylik ish haqi miqdori yanvar-avgust oylarida oyiga 1 500 000 soʻmni, sentyabr-noyabr oylarida esa oyiga – 1 650 000 soʻmni tashkil qildi. Sentyabr oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 500 000 soʻmdan hamda iste’mol kreditini soʻndirish uchun 75 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi.

Yanvar-noyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 15 450 000 soʻmni (1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 650 000 – 500 000 + 1 650 000 – 500 000 + 1 650 000 – 500 000) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

(15 450 000 – 13 024 000) х 23% = 2 426 000 х 23% = 557 980 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan soliq summalarini qoʻshish orqali yanvar-noyabr oylari uchun JShDSni chiqaramiz:

1 549 856 + 557 980 = 2 107 836 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 1 974 760 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq summasi 133 076 soʻmga (2 107 836 – 1 974 760) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(15 450 000 – 1 302 400) х 1% = 14 147 600 х 1% = 141 476 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 131 160 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 10 316 soʻmni (141 476 – 131 160) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga:

133 076 – 10 316 = 122 760 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

1 650 000 х 7% = 115 500 soʻmga teng.

Xodimga:

1 650 000 – 500 000 – 75 000 – 133 076 – 115 500 = 826 424 soʻm ish haqi toʻlanadi.

 

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR 


 

11-VAZIYaT.  rindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi 

 

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Kodeksning ­180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Kodeksning 186-moddasi sakkizinchi qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Kodeksning 186-moddasi toʻqqizinchi qismi).

Jismoniy shaхs iхtiyoriy ravishda deklaratsiya topshirishga haqli. Mazkur vaziyatda soliq organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ortiqcha toʻlangan JShDS summasini unga qaytarishlari kerak. Bunday ariza mavjud boʻlmagan taqdirda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi lozim.

I. Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–avgust oylarida oyiga 550 000 soʻmdan, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 600 000 soʻmdan ish haqi hisoblangan. Unga yil boshidan buyon 6 200 000 soʻm (550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 600 000 + 600 000 + 600 000) toʻlangan. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

6 200 000 soʻm 6 512 000 soʻmdan oshmasligi sababli, 1 302 400 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, qolgan summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Tegishincha, yanvar–noyabr oylari uchun JShDS summasi:

(6 200 000 – 1 302 400) х 8,5% = 4 897 600 х 8,5% = 416 296 soʻmga teng.

Yanvar–oktyabr oylarida 375 360 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq 40 936 soʻmga (416 296 – 375 360) teng.

Yanvar–noyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirgan holda hisoblab chiqariladi:

(6 200 000 – 1 302 400) х 1% = 4 897 600 х 1% = 48 976 soʻm.

Yanvar–oktyabr oylarida ShJBPHga 44 160 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 4 816 soʻmni (48 976 – 44 160) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga:

40 936 – 4 816 = 36 120 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari oktyabr oyidagi jami ish haqidan ushlanadi:

600 000 х 7% = 42 000 soʻm.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodimga:

600 000 – 40 936 – 42 000 = 517 064 soʻm ish haqi toʻlanadi.

II. Oʻrindosh хodimga yanvar–avgust oylarida toʻlangan ish haqi oyiga 550 000 soʻmni, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 600 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan unga 6 200 000 soʻm (550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 600 000 + 600 000 + 600 000) hisoblab yozildi. U buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 6 512 000 soʻmdan oshmasligiga qaramay (1 302 400 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, undan oshgan qismiga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi), хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–noyabr oylari uchun JShDS summasi:

6 200 000 х 23% = 1 426 000 soʻmga teng.

Yanvar–oktyabr oylarida 1 288 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyida uning summasi 138 000 soʻmni (1 426 000 – 1 288 000) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–noyabr oylarida ularning summasi:

6 200 000 х 1% = 62 000 soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar–oktyabr oylarida ShJBPHga 56 000 soʻm oʻtkazilgan. Noyabr oyi uchun unga 6 000 soʻm (62 000 – 56 000) oʻtkaziladi.

Byudjetga 132 000 soʻm (138 000 – 6 000) JShDS oʻtkaziladi.

Sugʻurta badallari oktyabr oyidagi jami ish haqidan ajratiladi:

600 000 х 7% = 42 000 soʻm.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim:

600 000 – 132 000 – 42 000 = 426 000 soʻm ish haqi oladi.

 

12-VAZIYaT.  Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi 

 

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalari boʻyicha hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2270-son Qarorga 26-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori 1 kv.m turar joy uchun 3 000 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 2 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 000 soʻm etib belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 8,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Kodeksning 181-moddasi).

Ijaraga berishdan olingan daromadlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kirmaydi, shu bois ulardan sugʻurta badallari toʻlanmaydi (Kodeksning 306-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 500 000 soʻmni, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 550 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan buyon unga 5 650 000 soʻm (500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000) toʻlangan. U Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 60 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va uning uchun har oyda 800 000 soʻm ijara haqi oladi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Uning eng kam summasi – 180 000 soʻm (3 000 х 60) haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois soliq shartnomada nazarda tutilgan summadan hisoblanadi:

800 000 х 8,5% = 68 000 soʻm.

Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz. 5 650 000 soʻm 6 512 000 soʻmdan oshmaganligi bois, 1 302 400 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, 1 302 401 soʻmdan 5 650 000 soʻmgacha boʻlgan summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(5 650 000 – 1 302 400) х 8,5% = 4 347 600 х 8,5% = 369 546 soʻm.

Yanvar–oktyabr oylarida 332 860 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq summasi 36 686 soʻmga (369 546 – 332 860) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini chegirgan holda mehnat haqi tarzidagi soliq solinadigan daromaddan hisoblab chiqariladi. Yil boshidan ular:

(5 650 000 – 1 302 400) х 1% = 4 347 600 х 1% = 43 476 soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar–oktyabr oylarida ShJBPHga 39 160 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 4 316 soʻmni (43 476 – 39 160) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga (ijara haqidan JShDSni hisobga olgan holda):

36 686 – 4 316 + 68 000 = 100 370 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Mehnat haqidan majburiy sugʻurta badallari:

550 000 х 7% = 38 500 soʻmni tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta ajratmalari ushlab qolinganidan keyin хodimga:

550 000 + 800 000 – 36 686 – 68 000 – 38 500 = 1 206 814 soʻm toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT.  ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi


● Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga muvofiq Xalq bankidagi ShJBPHga iхtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa soliq solinadigan daromadlar summasiga JShDS solinmaydi.

Fevral oyida yil boshidan ishlamagan yangi хodim ishga qabul qilindi. Unga fevral-avgust oylarida oylik ish haqi 700 000 soʻmdan, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 770 000 soʻmdan toʻlandi. Xodimning yil boshidan jami daromadi 7 210 000 soʻmni (700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 770 000 + 770 000 + 770 000) tashkil qiladi. U buхgalteriyaga STIR topshirdi va uning ish haqidan 300 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

7 210 000 – 300 000 х 10 = 4 210 000 soʻm.

Fevral–noyabr oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz. 4 210 000 soʻm 6 512 000 soʻmdan oshmaganligi bois, 1 302 400 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, undan yuqori summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(4 210 000 – 1 302 400) х 8,5% = 2 907 600 х 8,5% = 247 146 soʻm.

Fevral–oktyabr oylarida 217 260 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq 29 886 soʻmga (247 146 – 217 260) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini chegirgan holda soliq solinadigan daromaddan hisoblab chiqariladi:

(4 210 000 – 1 302 400) х 1% = 2 907 600 х 1% = 29 076 soʻm.

Fevral-noyabr oylarida ShJBPHga 25 560 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 3 516 soʻmni (29 076 – 25 560) tashkil qiladi.

Byudjetga:

29 886 – 3 516 = 26 370 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Xodimning jami ish haqiga (770 000 soʻmga) majburiy sugʻurta badallari hisoblab yoziladi:

770 000 х 7% = 53 900 soʻm.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga:

770 000 – 29 886 – 53 900 – 300 000 = 386 214 soʻm toʻlanadi.

 

14-VAZIYaT.  Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi 

 

Ijro hujjati boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi (29.08.2001 yildagi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi 258-II-son Qonunning 65-moddasi).

Xodimning yanvar-avgust oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 900 000 soʻmni, sentyabr-noyabr oylarida oyiga 990 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-noyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 10 170 000 soʻmni (900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 990 000 + 990 000 + 990 000) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

JShDS summasini hisoblash uchun 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini aniqlaymiz:

(10 170 000 – 6 512 000) х 17% = 3 658 000 х 17% = 621 860 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan soliq summalarini qoʻshish orqali yanvar-noyabr oylari uchun JShDSni chiqaramiz:

442 816 + 621 860 = 1 064 676 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 956 760 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq summasi 107 916 soʻmga (1 064 676 – 956 760) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(10 170 000 – 1 302 400) х 1% = 8 867 600 х 1% = 88 676 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 79 960 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 8 716 soʻmni (88 676 – 79 960) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga:

107 916 – 8 716 = 99 200 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

990 000 х 7% = 69 300 soʻmga teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(990 000 – 107 916 – 69 300) х 25% = 812 784 х 25% = 203 196 soʻm.

Xodim qoʻliga:

990 000 – 107 916 – 69 300 – 203 196 = 609 588 soʻm ish haqi oladi.

 

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 

 

 _______________________________________

 *Yanvar oyi uchun Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitobi uslubiyati «SBX»ning 20.01.2015 yildagi 3 (1067)-sonida, fevral oyi uchun esa 24.02.2015 yildagi 8 (1072)-sonida, mart oyi uchun 24.03.2015 yildagi 12 (1076)-sonida, aprel oyi uchun 28.04.2015 yildagi 17 (1081)-sonida, may oyi uchun 26.05.2015 yildagi 21 (1085)-sonida iyun oyi uchun 23.06.2015 yildagi 25 (1089)-sonida, iyul oyi uchun 21.07.2015 yildagi 30 (1094)-sonida, avgust oyi uchun 01.09.2015 yildagi 35 (1099)-sonida, sentyabr oyi uchun 22.09.2015 yildagi 38 (1102)-sonida, oktyabr oyi uchun 20.10.2015 yildagi 42 (1106)-sonida chop etilgan.