Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2016 yil fevral oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2016 yil fevral oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

23.02.2016

 

2016 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 22.12.2015 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida» PQ-2455-son Qaroriga 9-ilova, bundan keyin – PQ-2455-son Qaror).

 

 

Yanvar–fevral oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 260 480 soʻmni (130 240 х 2) tashkil etadi (Prezidentning 26.08.2015 yildagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-4751-son Farmoni).

 

 

Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2016 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 130 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining birinchi qismi, bundan keyin – Kodeks).

 

 

2016 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan soliq solinadigan ish haqining (daromadning) nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holdagi summasining 1%ini tashkil etadi (PQ-2455-son Qarorga 9-ilova).

 

 

ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qoʻshish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi, AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

 

2016 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 7,5%i miqdorida belgilangan (PQ-2455-son Qarorning 3-bandi).

 

 

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

260 480 soʻmgacha

 

0%

 

260 481 soʻmdan 1 302 400 soʻmgacha (5 х 260 480)

 

260 480 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

 

1 302 401 soʻmdan 2 604 800 soʻmgacha
(10 х 260 480)

 

78 144 soʻm + 1 302 400 soʻmdan ortiq summaning 17%i

 

2 604 801 soʻm va undan yuqori

 

299 552 soʻm + 2 604 800 soʻmdan ortiq summaning 23%i

 

 

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

 

1-VAZIYaT.  Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–fevral oylarida u oyiga 130 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan daromad 260 000 soʻmni (130 000 х 2) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 260 480 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (260 000 х 0%) tashkil qiladi. Uning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 9 750 soʻmga (130 000 х 7,5%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 120 250 soʻm (130 000 – 9 750) toʻlanadi.

 

 

2-VAZIYaT.  Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimga yanvar–fevral oylarida oyiga 550 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan, yil boshidan daromad 1 100 000 soʻmni (550 000 х 2) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha ((1 100 000 – 260 480) х 7,5%) soliq solinadi. JShDS 62 964 soʻmga teng.

Yanvar oyida 31 482 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 31 482 soʻmga (62 964 – 31 482) teng.

Yanvar–fevral oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 8 395,2 soʻmni ((1 100 000 – 260 480) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 4 197,6 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 4 197,6 soʻmni (8 395,2 – 4 197,6) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 27 284,4 soʻm (31 482 – 4 197,6) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 41 250 soʻmni (550 000 х 7,5%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 477 268 soʻm (550 000 – 31 482 – 41 250) toʻlanadi.

 

 

3-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 800 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 1 600 000 soʻmni (800 000 х 2) tashkil qiladi.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–fevral oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

78 144 + (1 600 000 – 1 302 400) х 17% = 128 736 soʻm.

Yanvar oyida 64 368 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 64 368 soʻmga (128 736 – 64 368) teng.

Yanvar–fevral oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 13 395,2 soʻmni ((1 600 000 – 260 480) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 6 697,6 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 6 697,6 soʻmni (13 395,2 – 6 697,6) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 57 670,4 soʻm (64 368 – 6 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 60 000 soʻmni (800 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 675 632 soʻm (800 000 – 64 368 – 60 000) ish haqi oladi.

 

 

4-VAZIYaT.  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 1 400 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 2 800 000 soʻmni (1 400 000 х 2) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–fevral oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

299 552 + (2 800 000 – 2 604 800) х 23% = 344 448 soʻm.

Yanvar oyida 172 224 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 172 224 soʻmga (344 448 – 172 224) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 25 395,2 soʻmga ((2 800 000 – 260 480) х 1%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 12 697,6 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 12 697,6 soʻmni (25 395,2 – 12 697,6) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 159 526,4 soʻm (172 224 – 12 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 105 000 soʻmni (1 400 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 122 776 soʻm (1 400 000 – 172 224 – 105 000) ish haqi oladi.

 

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 


5-VAZIYaT.  
Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 1 400 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 2 800 000 soʻmni (1 400 000 х 2) tashkil qiladi.

Kodeksning 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromad:

2 800 000 – 260 480 х 4 = 1 758 080 soʻmga teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–fevral oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

78 144 + (1 758 080 – 1 302 400) х 17% = 155 609,6 soʻm.

Yanvar oyida 77 804,8 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 77 804,8 soʻmga (155 609,6 – 77 804,8) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 14 976 soʻmni ((1 758 080 – 260 480) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 7 488 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 7 488 soʻmni (14 976 – 7 488) tashkil qiladi.

Byudjetga 70 316,8 soʻm (77 804,8 – 7 488) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 105 000 soʻmni (1 400 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 217 195,2 soʻm (1 400 000 – 77 804,8 – 105 000) ish haqi oladi.

 

 

6-VAZIYaT.  Moddiy yordam olish chogʻida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 950 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 1 800 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yil boshidan daromad 3 700 000 soʻmni (950 000 х 2 + 1 800 000) tashkil qiladi.

Kodeksning 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga, ya’ni vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Kodeksning 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi: 130 240 х 12 = 1 562 880 soʻm.

Soliq solinadigan daromad:

2 137 120 soʻmga (3 700 000 – 1 562 880) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–fevral oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

78 144 + (2 137 120 – 1 302 400) х 17% = 220 046,4 soʻm.

Yanvar oyida 130 178,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 89 868 soʻmga (220 046,4 – 130 178,4) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 18 766,4 soʻmni ((2 137 120 – 260 480) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 10 568,8 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 8 197,6 soʻmni (18 766,4 – 10 568,8) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 81 670,4 soʻm (89 868 – 8 197,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 71 250 soʻmni (950 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 788 882 soʻm (950 000 – 89 868 – 71 250) oladi.

 

 

7-VAZIYaT.  Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 1 000 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 300 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 3 300 000 soʻmni (1 000 000 х 2 + 1 300 000) tashkil qiladi.

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi:

130 240 х 6 = 781 440 soʻm.

Soliq solinadigan daromad 2 518 560 soʻmga (3 300 000 – 781 440) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–fevral oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

78 144 + (2 518 560 – 1 302 400) х 17% = 284 891,2 soʻm.

Yanvar oyida 199 492,8 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 85 398,4 soʻmga (284 891,2 – 199 492,8) teng.

Yanvar–fevral oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 22 580,8 soʻmga ((2 518 560 – 260 480) х 1%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 13 883,2 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 8 697,6 soʻmni (22 580,8 – 13 883,2) tashkil qiladi.

Byudjetga 76 700,8 soʻm (85 398,4 – 8 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Fevral oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 75 000 soʻmni (1 000 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 839 601,6 soʻm (1 000 000 – 85 398,4 – 75 000) ish haqi oladi.

 

 

8-VAZIYaT.  Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

 

Kodeksning 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–fevral oylarida oyiga 1 000 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 1 700 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 900 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan.

Quyidagilarga muvofiq:

Kodeksning 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (260 480 х 4 = 1 041 920 soʻm) chiqarib tashlanadi;

Kodeksning 179-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan holatlar munosabati bilan bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (130 240 х 12 = 1 562 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (130 240 х 6 = 781 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

2 000 000 – 1 041 920 + 1 700 000 – 1 562 880 + 900 000 – 781 440 = 1 213 760 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi ((1 213 760 – 260 480) х 7,5%). JShDS 71 496 soʻmga teng.

Yanvar oyida 53 270,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 18 225,6 soʻmga (71 496 – 53 270,4) teng.

Yanvar–fevral oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 9 532,8 soʻmni ((1 213 760 – 260 480) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 6 044,8 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 3 488 soʻmni (9 532,8 – 6 044,8) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 14 737,6 soʻm (18 225,6 – 3 488) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 75 000 soʻmni (1 000 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 906 774,4 soʻm (1 000 000 – 18 225,6 – 75 000) oladi.

 

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

 

9-VAZIYaT. Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

I. Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–fevral oylarida oyiga 600 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Uning yil boshidan daromadi 1 200 000 soʻmni (600 000 х 2) tashkil qiladi. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Kodeksning 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Kodeksning ­186-moddasi sakkizinchi qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Kodeksning 186-moddasi toʻqqizinchi qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi lozim.

Uning yanvar–fevral oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha ((1 200 000 – 260 480) х 7,5%) soliq solinadi. JShDS 70 464 soʻmga teng.

Yanvar oyida 35 232 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 35 232 soʻmga (70 464 – 35 232) teng.

Yanvar–fevral oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 9 395 soʻmga ((1 200 000 – 260 480) х 1%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 4 697,6 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 4 697,6 soʻmni (9 395,2 – 4 697,6) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 30 534,4 soʻm (35 232 – 4 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 45 000 soʻmni (600 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 519 768 soʻm (600 000 – 35 232 – 45 000) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodimga yanvar–fevral oylarida oyiga 600 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yil boshidan unga 1 200 000 soʻm (600 000 х 2) hisoblab yozildi. U buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 2 604 801 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–fevral oylari uchun JShDS summasi 276 000 soʻmga (1 200 000 х 23%) teng.

Yanvar oyida 138 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyida uning summasi 138 000 soʻmni (276 000 – 138 000) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–fevral oylarida ularning summasi 12 000 soʻmni (1 200 000 х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar oyida ShJBPHga 6 000 soʻm oʻtkazilgan. Fevral oyi uchun 6 000 soʻm (12 000 – 6 000) oʻtkaziladi.

Byudjetga 132 000 soʻm (138 000 – 6 000) JShDS oʻtkaziladi.

Fevral oyi uchun sugʻurta badallari 42 000 soʻmni (600 000 х 7%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 426 000 soʻm (600 000 – 132 000 – 42 000) ish haqi oladi.

 

 

10-VAZIYaT.  Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 600 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 1 200 000 soʻmni (600 000 х 2) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 800 000 soʻm ijara haqi oladi.

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak ­(PQ-2455-son Qarorga 26-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 3 000 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 2 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 000 soʻm belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Kodeksning 181-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 150 000 soʻmni (3 000 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

800 000 х 7,5% = 60 000 soʻm.

Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(1 200 000 – 260 480) х 7,5% = 70 464 soʻm.

Yanvar oyida 35 232 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 35 232 soʻmga (70 464 – 35 232) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 9 395,2 soʻmga ((1 200 000 – 260 480) х 1%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 4 697,6 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 4 697,6 soʻmni (9 395,2 – 4 697,6) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 90 534,4 soʻm (35 232 – 4 697,6 + 60 000) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 45 000 soʻmni (600 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 259 768 soʻm (600 000 + 800 000 – 35 232 – 60 000 – 45 000) toʻlanadi.

 

 

11-VAZIYaT.  Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-fevral oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 900 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-fevral oylari uchun soliq solinadigan daromad 1 800 000 soʻmni (900 000 х 2) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

Ijro hujjati boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi (29.08.2001 yildagi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi 258-II-son Qonunning 65-moddasi).

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–fevral oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

78 144 + (1 800 000 – 1 302 000) х 17% = 162 736 soʻm.

Yanvar oyida 81 368 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyi uchun soliq summasi 81 368 soʻmga (162 736 – 81 368) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 15 395,2 soʻmni ((1 800 000 – 160 480) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 7 697,6 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyi uchun ajratmalar 7 697,6 soʻmni (15 395,2 – 7 697,6) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 73 670,4 soʻm (81 368 – 7 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 67 500 soʻmga (900 000 х 7,5%) teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(900 000 – 81 368 – 67 500) х 25% = 187 783 soʻm.

Xodim qoʻliga 563 349 soʻm (900 000 – 81 368 – 67 500 – 187 783) ish haqi oladi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.


_________________________________

*Yanvar oyi uchun jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati «SBX»ning 26.01.2016 yildagi 4 (1120)-sonida chop etilgan.