Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2016 yil iyun oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2016 yil iyun oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

28.06.2016

 

 

  2016 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 22.12.2015 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida» PQ-2455-son Qaroriga 9-ilova, bundan keyin - PQ-2455-son Qaror).


 

●  Yanvar–iyun oylarida eng kam ish haqi (EKIH) jami miqdori 781 440 soʻmni (130 240 х 6) tashkil etadi (Prezidentning 26.08.2015 yildagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-4751-son Farmoni).

 

 

●  Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2016 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 130 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining birinchi qismi, bundan keyin – Kodeks).


 

●  2016 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan soliq solinadigan ish haqining (daromad)ning nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holdagi summasining 1%ini tashkil etadi (PQ-2455-son Qarorga 9-ilova).


 

●  ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qoʻshish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi, AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).


 

●  2016 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 7,5%i miqdorida belgilangan (PQ-2455-son Qarorning 3-bandi).

 

 

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

781 440 soʻmgacha

 

0%

 

781 441 soʻmdan 3 907 200 soʻmgacha

(5 х 781 440)

781 440 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

 

3 907 201 soʻmdan

7 814 400 soʻmgacha

(10 х 781 440)

234 432 soʻm +

3 907 200 soʻmdan ortiq summaning 17%i

7 814 401 soʻm va undan yuqori

 

898 656 soʻm +

7 814 400 soʻmdan

ortiq summaning 23%i

 

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

 

1-VAZIYaT. Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi


Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–iyun oylarida u oyiga 130 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan daromad 780 000 soʻmni (130 000 х 6) tashkil qiladi.  

Jismoniy shaхsning 781 440 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (780 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 9 750 soʻmga (130 000 х 7,5%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 120 250 soʻm (130 000 – 9 750) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT. Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimga yanvar–iyun oylarida oyiga 550 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan, yil boshidan daromad 3 300 000 soʻmni (550 000 х 6) tashkil qiladi. 

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(3 300 000 – 781 440) х 7,5% = 188 892 soʻmga teng.

Yanvar-may oylarida 157 410 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 31 482 soʻmga (188 892 - 157 410) teng.

Yanvar–iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 25 185,6 soʻmni ((3 300 000 – 781 440) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 20 988 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 4 197,6 soʻmni (25 185,6 - 20 988) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 27 284,4 soʻm (31 482 – 4 197,6) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 41 250 soʻmni (550 000 х 7,5%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 477 268 soʻm (550 000 – 31 482 – 41 250) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 800 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 4 800 000 soʻmni (800 000 х 6) tashkil qiladi.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

234 432 + (4 800 000 – 3 907 200) х 17% = 386 208 soʻm.

Yanvar-may oylarida 321 840 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 64 368 soʻmga (386 208 – 321 840) teng.

Yanvar–iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 40 185,6 soʻmni ((4 800 000 – 781 440) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 33 488 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 6 697,6 soʻmni (40 185,6 – 33 488) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 57 670,4 soʻm (64 368 – 6 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 60 000 soʻmni (800 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 675 632 soʻm (800 000 – 64 368 – 60 000) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 400 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 8 400 000 soʻmni (1 400 000 х 6) tashkil qiladi. 

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–iyun oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

898 656 + (8 400 000 – 7 814 400) х 23% = 1 033 344 soʻm.

Yanvar-may oylarida 861 120 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 172 224 soʻmga (1 033 344 – 861 120) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 76 185,6 soʻmga ((8 400 000 – 781 440) х 1%) teng.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 63 488 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 12 697,6 soʻmni (76 185,6 – 63 488) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 159 526,4 soʻm (172 224 – 12 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 105 000 soʻmni (1 400 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 122 776 soʻm (1 400 000 – 172 224 – 105 000) ish haqi oladi.

 

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA 


 

5-VAZIYaT. Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 400 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 8 400 000 soʻmni (1 400 000 х 6) tashkil qiladi.

Kodeksning 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromad:

8 400 000 – 781 440 х 4 = 5 274 240 soʻmga teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va  yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

234 432 + (5 274 240 – 3 907 200) х 17% = 466 828,8 soʻm.

Yanvar-may oylarida 389 024 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 77 804,8 soʻmga (466 828,8 – 389 024) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 44 928 soʻmni ((5 274 240 – 781 440) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 37 440 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 7 488 soʻmni (44 928 – 37 440) tashkil qiladi.

Byudjetga 70 316,8 soʻm (77 804,8 – 7 488) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 105 000 soʻmni (1 400 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 217 195,2 soʻm (1 400 000 – 77 804,8 – 105 000) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT. Moddiy yordam olish chogʻida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 950 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 1 800 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yil boshidan daromad 7 500 000 soʻmni (950 000 х 6 + 1 800 000) tashkil qiladi. 

Kodeksning 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Kodeksning 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (130 240 х 12 = 1 562 880 soʻm).

Soliq solinadigan daromad:

5 937 120 soʻmga (7 500 000 – 1 562 880) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

234 432 + (5 937 120 – 3 907 200) х 17% = 579 518,4 soʻm.

Yanvar-may oylarida 489 650,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 89 868 soʻmga (579 518,4 – 489 650,4) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 51 556,8 soʻmni ((5 937 120 – 781 440) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 43 359,2 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 8 197,6 soʻmni (51 556,8 – 43 359,2) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 81 670,4 soʻm (89 868 – 8 197,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 71 250 soʻmni (950 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 788 882 soʻm (950 000 – 89 868 – 71 250) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT. Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 000 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 300 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 7 300 000 soʻmni (1 000 000 х 6 + 1 300 000) tashkil qiladi.

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (130 240 х 6 = 781 440 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 6 518 560 soʻmga (7 300 000 – 781 440) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

234 432 + (6 518 560 – 3 907 200) х 17% = 678 363,2 soʻm.

Yanvar-may oylarida 579 995,2 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 98 368 soʻmga (678 363,2 – 579 995,2) teng.

Yanvar–iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 57 371,2 soʻmga ((6 518 560 – 781 440) х 1%) teng.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 48 673,6 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 8 697,6 soʻmni (57 371,2 – 48 673,6) tashkil qiladi.

Byudjetga 89 670,4 soʻm (98 368 – 8 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Iyun oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 75 000 soʻmni (1 000 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 826 632 soʻm (1 000 000 – 98 368 – 75 000) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT. Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi


Kodeksning 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–iyun oylarida oyiga 1 000 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 1 700 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 900 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 8 600 000 soʻmni (1 000 000 х 6 + 1 700 000 + 900 000) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

Kodeksning 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (781 440 х 4 = 3 125 760 soʻm) chiqarib tashlanadi;

Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (130 240 х 12 = 1 562 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (130 240 х 6 = 781 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

(1 000 000 х 6) – 3 125 760 + 1 700 000 – 1 562 880 + 900 000 – 781 440 = 3 129 920 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi: JShDS (3 129 920 - 781 440) х 7,5% = 176 136 soʻmga teng.

Yanvar-may oylarida 149 976 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 26 160 soʻmga (176 136 - 149 976) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 23 484,8 soʻmni ((3 129 920 – 781 440) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 19 996,8 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 3 488 soʻmni (23 484,8 - 19 996,8) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 22 672 soʻm (26 160 – 3 488) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 75 000 soʻmni (1 000 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 898 840 soʻm (1 000 000 – 26 160 – 75 000) oladi.

 

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR 


 

9-VAZIYaT. Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi 

 

Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–iyun oylarida oyiga 600 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Uning yil boshidan daromadi 3 600 000 soʻmni (600 000 х 6) tashkil qiladi.

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Kodeksning 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Kodeksning 186-moddasi sakkizinchi qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Kodeksning 186-moddasi toʻqqizinchi qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

I.  Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–iyun oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi: JShDS (3 600 000 – 781 440) х 7,5% = 211 392 soʻmga teng.

Yanvar-may oylarida 176 160 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 35 232 soʻmga (211 392 – 176 160) teng.

Yanvar–iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 28 185,6 soʻmga ((3 600 000 – 781 440) х 1%) teng.

Yanvar–may oylarida ShJBPHga 23 488 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 4 697,6 soʻmni (28 185,6 - 23 488) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 30 534,4 soʻm (35 232 – 4 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 45 000 soʻmni (600 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 519 768 soʻm (600 000 – 35 232 – 45 000) ish haqi oladi.

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 7 814 400 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–iyun oylari uchun JShDS summasi 828 000 soʻmga (3 600 000 х 23%) teng.

Yanvar-may oylarida 690 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyida uning summasi 138 000 soʻmni (828 000 – 690 000) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–iyun oylarida ularning summasi 36 000 soʻmni (3 600 000 х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 30 000 soʻm oʻtkazilgan. Iyun oyi uchun 6 000 soʻm (36 000 – 30 000) oʻtkaziladi.

Byudjetga 132 000 soʻm (138 000 – 6 000) JShDS oʻtkaziladi.

Iyun oyi uchun sugʻurta badallari 45 000 soʻmni (600 000 х 7,5%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 417 000 soʻm (600 000 – 138 000 – 45 000) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT. Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 600 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 3 600 000 soʻmni (600 000 х 6) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 800 000 soʻm ijara haqi oladi.

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2455-son Qarorga 26-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 3 000 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 2 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 000 soʻm belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Kodeksning 181-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 150 000 soʻmni (3 000 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

800 000 х 7,5% = 60 000 soʻm.

Yanvar-iyun oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(3 600 000 – 781 440) х 7,5% = 211 392 soʻm.

Yanvar-may oylarida 176 160 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 35 232 soʻmga (211 392 – 176 160) teng.

Yanvar-iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 28 185,6 soʻmga ((3 600 000 – 781 440) х 1%) teng.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 23 488 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 4 697,6 soʻmni (28 185,6 – 23 488) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 90 534,4 soʻm (35 232 – 4 697,6 + 60 000) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 45 000 soʻmni (600 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 259 768 soʻm ish haqi (600 000 + 800 000 – 35 232 – 60 000 – 45 000) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT. Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi 

 

Xodimning yanvar-iyun oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 900 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-iyun oylari uchun soliq solinadigan daromad 5 400 000 soʻmni (900 000 х 6) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi (29.08.2001 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-son Qonunning 65-moddasi).

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

234 432 + (5 400 000 – 3 907 200) х 17% = 488 208 soʻm.

Yanvar-may oylarida 406 840 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi 81 368 soʻmga (488 208 – 406 840) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 46 185,6 soʻmni (5 400 000 – 781 440) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 38 488 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 7 697,6 soʻmni (46 185,6 – 38 488) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 73 670,4 soʻm (81 368 – 7 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 67 500 soʻmga (900 000 х 7,5%) teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(900 000 - 81 368 – 67 500) х 25% = 187 783 soʻm.

Xodim qoʻliga 563 349 soʻm (900 000 – 81 368 – 67 500 – 187 783) ish haqi oladi.

 

12-VAZIYaT. Ilgari ishlamagan yangi ishga qabul qilingan хodim (oliy oʻquv yurti bitiruvchisi)ning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


May oyida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 600 000 soʻm oylik maosh belgilandi. May-iyun oylarida uning ish haqi 1 200 000 soʻmni (600 000 х 2) tashkil qildi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(1 200 000 – 781 440) х 7,5% = 31 392 soʻm.

May oyida soliq ushlab qolinmagan, negaki yil boshidan olingan daromadga nol stavkasi boʻyicha soliq solingan. Iyun oyida JShDS summasi 31 392 soʻmga teng.

May-iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 4 185,6 soʻmni (1 200 000 – 781 440) х 1%) tashkil etadi.

May oyida ShJBPHga badallar hisoblab oʻtkazilmagan, iyun oyi uchun ajratmalar 4 185,6 soʻmni tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 27 206,4 soʻm (31 392 – 4 185,6) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 45 000 soʻmga (600 000 х 7,5%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 523 608 soʻm (600 000 – 31 392 – 45 000) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT. ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi 

 

Xodimning yanvar-iyun oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 800 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-iyun oylari uchun soliq solinadigan daromad 4 800 000 soʻmni (800 000 х 6) tashkil etdi. May oyida хodim buхgalteriyaga uning ish haqidan  250 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga muvofiq Xalq bankidagi ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

4 800 000 – (250 000 х 2) = 4 300 000 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

234 432 + (4 300 000 – 3 907 200) х 17% = 301 208 soʻm.

Yanvar-may oylarida 279 340 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi 21 868 soʻmga (301 208 – 279 340) teng.

Yanvar–iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 35 185,6 soʻmni (4 300 000 – 781 440) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 30 988 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 4 197,6 soʻmni (35 185,6 – 30 988) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 17 670,4 soʻm (21 868 – 4 197,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 60 000 soʻmga (800 000 х 7,5%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 468 132 soʻm (800 000 - 250 000 - 21 868 - 60 000) ish haqi toʻlanadi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 

 

_________________________________

*Yanvar oyi uchun jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati «SBX»ning 26.01.2016 yildagi 4 (1120)-sonida, fevral oyi uchun 23.02.2016 yildagi 8 (1124)-sonida, mart oyi uchun 22.03.2016 yildagi 12 (1128)-sonida, aprel oyi uchun 26.04.2016 yildagi 17 (1133)-sonida, may oyi uchun 24.05.2016 yildagi 21 (1137)-sonida chop etilgan.