Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2016 yil noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2016 yil noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

01.12.2016

.

●  2016 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qarorga 9-ilova).

 

  Yanvar–sentyabr oylarida eng kam ish haqi (EKIH) jami miqdori 1 172 160 soʻmni (130 240 х 9) tashkil etadi (26.08.2015 yildagi PF-4751-son Farmonning 2-bandi). Oktyabr-noyabr oylari uchun EKIH 299 550 soʻmga (149 775 х 2) teng (22.08.2016 yildagi PF-4822-son Farmonning 2-bandi).

 

Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2016 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 130 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi, bundan keyin – Kodeks). Yanvar-noyabr oylari uchun soliq solinadigan jami EKIH miqdori 1 432 640 soʻmni (130 240 х 11) tashkil qiladi.

 

2016 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan soliq solinadigan ish haqining (daromad)ning nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holdagi summasining 1%ini tashkil etadi (PQ-2455-son Qarorga 9-ilova).

 

ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

2016 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 7,5%i miqdorida belgilangan (PQ-2455-son Qarorning 3-bandi).

 


Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

1 432 640 soʻmgacha

 

0%

 

1 432 641 soʻmdan 7 163 200 soʻmgacha (5 х 1 432 640)

 

1 432 640 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

 

7 163 201 soʻmdan 14 326 400 soʻmgacha (10 х 1 432 640)

 

429 792 soʻm + 7 163 200 soʻmdan ortiq summaning 17%i

 

14 326 401 soʻm va undan yuqori

 

1 647 536 soʻm + 14 326 400 soʻmdan ortiq summaning 23%i

 

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

1-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–noyabr oylarida u oyiga 130 000 soʻmdan ish haqi oldi. Yil boshidan jami daromad 1 430 000 soʻmni (130 000 х 11) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 1 432 640 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (1 300 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan noyabr oyi uchun sugʻurta badallari 9 750 soʻmga (130 000 х 7,5%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 120 250 soʻm (130 000 – 9 750) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi


Xodimga yanvar–sentyabr oylarida oyiga 550 000 soʻmdan, oktyabr-noyabr oylarida esa 630 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yil boshidan daromad 6 210 000 soʻmni (550 000 х 9 + 630 000 х 2) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(6 210 000 – 1 432 640) х 7,5% = 358 302 soʻmga teng.

Yanvar-oktyabr oylarida 320 820 soʻm soliq ushlab qolingan. Noyabr oyidagi soliq summasi 37 482 soʻmga (358 302 – 320 820) teng.

Yanvar–noyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 47 773,6 soʻmni ((6 210 000 – 1 432 640) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 42 776 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyida ajratmalar 4 997,6 soʻmni (47 773,6 – 42 776) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga 32 484,4 soʻm (37 482 – 4 997,6) soliq oʻtkaziladi.

Noyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 47 250 soʻmni (630 000 х 7,5%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 545 268 soʻm (630 000 – 37 482 – 47 250) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 800 000 soʻmdan, oktyabr-noyabr oylarida esa 920 000 soʻmdan toʻlangan. Yil boshidan daromad 9 040 000 soʻmni (800 000 х 9 + 920 000 х 2) tashkil qiladi.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–noyabr oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

429 792 + (9 040 000 – 7 163 200) х 17% = 748 848 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 664 080 soʻm soliq ushlab qolingan. Noyabr oyidagi soliq summasi 84 768 soʻmga (748 848 – 664 080) teng.

Yanvar–noyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 76 073,6 soʻmni ((9 040 000 – 1 432 640) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 68 176 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyida ajratmalar 7 897,6 soʻmni (76 073,6 – 68 176) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga 76 870,4 soʻm (84 768 – 7 897,6) JShDS oʻtkaziladi.

Noyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 69 000 soʻmni (920 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlab qolinganidan keyin хodim qoʻliga 766 232 soʻm (920 000 – 84 768 – 69 000) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 400 000 soʻmdan, oktyabr-noyabr oylarida esa 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yil boshidan daromad 15 820 000 soʻmni (1 400 000 х 9 + 1 610 000 х 2) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–noyabr oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

1 647 536 + (15 820 000 – 14 326 400) х 23% = 1 991 064 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 1 770 540 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyidagi soliq summasi 220 524 soʻmga (1 991 064 – 1 770 540) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 143 873,6 soʻmga ((15 820 000 – 1 432 640) х 1%) teng.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 129 076 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyida ajratmalar 14 797,6 soʻmni (143 873,6 – 129 076) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga 205 726,4 soʻm (220 524 – 14 797,6) JShDS oʻtkaziladi.

Noyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 120 750 soʻmni (1 610 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlab qolinganidan keyin хodim qoʻliga 1 268 726 soʻm (1 610 000 – 220 524 – 120 750) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA


5-VAZIYaT  Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 400 000 soʻmdan, oktyabr-noyabr oylarida esa 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yil boshidan daromad 15 820 000 soʻmni (1 610 000 х 9 + 1 610 000 х 2) tashkil qiladi.

Kodeksning 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromad: 15 820 000 – (1 432 640 х 4) = 10 089 440 soʻmga teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–noyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

429 792 + (10 089 440 – 7 163 200) х 17% = 927 252,8 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 813 748 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyidagi soliq summasi 113 504,8 soʻmga (927 252,8 – 813 748) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 86 568 soʻmni ((10 089 440 – 1 432 640) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 76 980 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyida ajratmalar 9 588 soʻmni (86 568 – 76 980) tashkil qiladi.

Byudjetga 103 916,8 soʻm (113 504,8 – 9 588) JShDS oʻtkaziladi.

Noyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 120 750 soʻmni (1 610 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlab qolinganidan keyin хodim qoʻliga 1 375 745,2 soʻm (1 610 000 – 113 504,8 – 120 750) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT  Moddiy yordam olish chogʻida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 950 000 soʻmdan, oktyabr-noyabr oylarida esa 1 100 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 1 800 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yil boshidan daromad 12 550 000 soʻmni (950 000 х 9 + 1 800 000 + 1 100 000 х 2) tashkil qiladi.

Kodeksning 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Kodeksning 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (130 240 х 12 = 1 562 880 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 10 987 120 soʻmga (12 550 000 – 1 562 880) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–noyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

429 792 + (10 987 120 – 7 163 200) х 17% = 1 079 858,4 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 964 490,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyidagi soliq summasi 115 368 soʻmga (1 079 858,4 – 964 490,4) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 95 544,8 soʻmni ((10 987 120 – 1 432 640) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 85 847,2 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyida ajratmalar 9 697,6 soʻmni (95 544,8 – 85 847,2) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga 105 670,4 soʻm (115 368 – 9 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Noyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 82 500 soʻmni (1 100 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlab qolinganidan keyin хodim qoʻliga 902 132 soʻm (1 100 000 – 115 368 – 82 500) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT  Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 000 000 soʻmdan, oktyabr-noyabr oylarida esa 1 150 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 300 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 12 600 000 soʻmni (1 000 000 х 9 + 1 300 000 + 1 150 000 х 2) tashkil qiladi.

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (130 240 х 6 = 781 440 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 11 818 560 soʻmga (12 600 000 – 781 440) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–noyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

429 792 + (11 818 560 – 7 163 200) х 17% = 1 221 203,2 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 1 097 335,2 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyidagi soliq summasi 123 868 soʻmga (1 221 203,2 – 1 097 335,2) teng.

Yanvar–noyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 103 859,2 soʻmga ((11 818 560 – 1 432 640) х 1%) teng.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 93 661,6 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyida ajratmalar 10 197,6 soʻmni (103 859,2 – 93 661,6) tashkil qiladi.

Byudjetga 113 670,4 soʻm (123 868 – 10 197,6) JShDS oʻtkaziladi.

Noyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 86 250 soʻmni (1 150 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlab qolinganidan keyin хodim qoʻliga 939 882 soʻm (1 150 000 – 123 868 – 86 250) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT  Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi


Kodeksning 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–sentyabr oylarida oyiga 1 000 000 soʻmdan, oktyabr-noyabr oylarida esa 1 150 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 1 700 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 900 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 13 900 000 soʻmni (1 000 000 х 9 + 1 700 000 + 900 000 + 1 150 000 х 2) tashkil qiladi.

 

Quyidagilarga muvofiq:

Kodeksning 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (1 432 640 х 4 = 5 730 560 soʻm) chiqarib tashlanadi;

Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (130 240 х 12 = 1 562 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (130 240 х 6 = 781 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

(1 000 000 х 9 + 1 150 000 х 2) – 5 730 560 + 1 700 000 – 1 562 880 + 900 000 – 781 440 = 5 825 120 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi: JShDS (5 825 120 – 1 432 640) х 7,5% = 329 436 soʻmga teng.

Yanvar-oktyabr oylarida 292 026 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyidagi soliq summasi 37 410 soʻmga (329 436 – 292 026) teng.

11 oy uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 43 924,8 soʻmni ((5 825 120 – 1 432 640) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 38 936,8 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyida ajratmalar 4 988 soʻmni (43 924,8 – 38 936,8) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga 32 422 soʻm (37 410 – 4 988) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari noyabr oyi uchun 86 250 soʻmni (1 150 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy sugʻurta badallari ushlab qolinganidan keyin хodim qoʻliga 1 026 340 soʻm (1 150 000 – 37 410 – 86 250) oladi.

 

III. ODATDAN TAShqARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT  Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Kodeksning 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–sentyabr oylarida oyiga 600 000 soʻmdan, oktyabr-noyabr oylarida esa 690 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Uning yil boshidan daromadi 6 780 000 soʻmni (600 000 х 9 + 690 000 х 2) tashkil qiladi.

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Kodeksning 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Kodeksning 186-moddasi 8-qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Kodeksning 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

 

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–noyabr oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

JShDS (6 780 000 – 1 432 640) х 7,5% = 401 052 soʻmga teng.

Yanvar-oktyabr oylarida 359 070 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyidagi soliq summasi 41 982 soʻmga (401 052 – 359 070) teng.

Yanvar–noyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 53 437,6 soʻmga ((6 780 000 – 1 432 640) х 1%) teng.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 42 876 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyida ajratmalar 5 597,6 soʻmni (53 437,6 – 47 876) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga 36 384,4 soʻm (41 982 – 5 597,6) JShDS oʻtkaziladi.

Noyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari summasi 51 750 soʻmni (690 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 596 268 soʻm (690 000 – 41 982 – 51 750) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 14 326 400 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–noyabr oylari uchun JShDS summasi 1 559 400 soʻmga (6 780 000 х 23%) teng.

Yanvar-oktyabr oylarida 1 400 700 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyida uning summasi 158 700 soʻmni (1 559 400 – 1 400 700) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–noyabr oylarida ularning summasi 67 800 soʻmni (6 780 000 х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 60 900 soʻm oʻtkazilgan. Noyabr oyi uchun 6 900 soʻm (67 800 – 60 900) oʻtkaziladi.

Byudjetga 151 800 soʻm (158 700 – 6 900) JShDS oʻtkaziladi.

Noyabr oyi uchun sugʻurta badallari 51 750 soʻmni (690 000 х 7,5%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 479 550 soʻm (690 000 – 158 700 – 51 750) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT  Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 600 000 soʻmdan, oktyabr-noyabr oylarida esa 690 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yil boshidan daromad 6 780 000 soʻmni (600 000 х 9 + 690 000 х 2) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 800 000 soʻm ijara haqi oladi.

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak ­(PQ-2455-son Qarorga 26-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 3 000 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 2 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 000 soʻm belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Kodeksning 181-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 150 000 soʻmni (3 000 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

800 000 х 7,5% = 60 000 soʻm.

Yanvar-noyabr oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(6 780 000 – 1 432 640) х 7,5% = 401 052 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 359 070 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyidagi soliq summasi 41 982 soʻmga (401 052 – 359 070) teng.

Yanvar-noyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 53 473,6 soʻmga ((6 780 000 – 1 432 640) х 1%) teng.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 47 876 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyida ajratmalar 5 597,6 soʻmni (53 473,6 – 47 876) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga 96 384,4 soʻm (41 982 – 5 597,6 + 60 000) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari noyabr oyi uchun 51 750 soʻmni (690 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 336 268 soʻm ish haqi va ijara haqi (690 000 + 800 000 – 41 982 – 60 000 – 51 750) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT  Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar-sentyabr oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 900 000 soʻmni, oktyabr-noyabr oylarida esa oyiga 9 130 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-noyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 10 160 000 soʻmni (900 000 х 9 + 1 030 000 х 2) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi («Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 65-moddasi).

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–noyabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

429 792 + (10 160 000 – 7 163 200) х 17% = 939 248 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 835 780 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq summasi 103 468 soʻmga (939 248 – 835 780) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 87 273,6 soʻmni (10 160 000 – 1 432 640) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 78 276 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 8 997,6 soʻmni (87 273,6 – 78 276) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga 94 470,4 soʻm (103 468 – 8 997,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari noyabr oyi uchun 77 250 soʻmga (1 030 000 х 7,5%) teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(1 030 000 – 103 468 – 77 250) х 25% = 212 320,5 soʻm.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan soʻng хodim qoʻliga 636 961,5 soʻm (1 030 000 – 103 468 – 77 250 – 212 320,5) ish haqi oladi.

 

12-VAZIYaT  Ilgari ishlamagan yangi ishga qabul qilingan хodim (oliy oʻquv yurti bitiruvchisi)ning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


May oyida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. May-sentyabr oylarida uning ish haqi oyiga 600 000 soʻmni, oktyabr-noyabr oylarida esa oyiga 690 000 soʻmni tashkil qilgan. Uning yil boshidan jami daromadi 4 380 000 soʻmni (600 000 х 5 + 690 000 х 2) tashkil qildi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(4 380 000 – 1 432 640) х 7,5% = 221 052 soʻm.

May-oktyabr oylarida 179 070 soʻm soliq ushlab qolingan. Noyabr oyida JShDS summasi 41 982 soʻmga (221 052 – 179 070) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 29 473,6 soʻmni (4 380 000 – 1 432 640) х 1%) tashkil etadi.

May-oktyabr oylarida ShJBPHga 23 876 soʻm badal hisoblab oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 5 597,6 soʻmni (29 473,6 – 23 876) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga 36 384,4 soʻm (41 982 – 5 597,6) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari noyabr oyi uchun 51 750 soʻmga (690 000 х 7,5%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 596 268 soʻm (690 000 – 41 982 – 51 750) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT  ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi


Xodimning yanvar-sentyabr oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 800 000 soʻmni, oktyabr-noyabr oylarida esa oyiga 920 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-noyabr oylari uchun daromad 9 040 000 soʻmni (800 000 х 9 + 920 000 х 2) tashkil etdi. May oyida хodim buхgalteriyaga uning ish haqidan 250 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga muvofiq ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz: 9 040 000 – (250 000 х 7) = 7 290 000 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–noyabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

429 792 + (7 290 000 – 7 163 200) х 17% = 451 348 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 409 080 soʻm JShDS ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun soliq summasi 42 268 soʻmga (451 348 – 409 080) teng.

Yanvar–noyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 53 573,6 soʻmni (7 290 000 – 1 432 640) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 53 176 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 5 397,6 soʻmni (58 573,6 – 53 176) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga 36 870,4 soʻm (42 268 – 5 397,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari noyabr oyi uchun 69 000 soʻmga (920 000 х 7,5%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 558 732 soʻm (920 000 – 250 000 – 42 268 – 69 000) ish haqi toʻlanadi.

 

14-VAZIYaT  Ipoteka kreditini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Yosh oila a’zosi hisoblanadigan korхona хodimi kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi. Uning yanvar-sentyabr oylaridagi oylik ish haqi miqdori 1 050 000 soʻmni, oktyabr-noyabr oylarida esa oyiga 1 200 000 soʻmni tashkil qiladi. Avgust oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 350 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi va barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandiga muvofiq yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi.

Yanvar-noyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 10 450 000 soʻmni (1 050 000 х 9 + 1 200 000 х 2) – (350 000) х 4)) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

429 792 + (10 450 000 – 7 163 200) х 17% = 988 548 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylarida 915 680 soʻm soliq ushlab qolingan. Noyabr oyi uchun JShDS summasi:

988 548 – 915 680 = 72 868 soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga majburiy badallar summasi 90 173,6 soʻmni ((10 450 000 – 1 432 640) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-oktyabr oylarida ShJBPHga 82 976 soʻm oʻtkazilgan, noyabr oyi uchun ajratmalar 7 197,6 soʻmni (90 173,6 – 82 976) tashkil qiladi.

Noyabr oyi uchun byudjetga 65 670,4 soʻm (72 868 – 7 197,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 78 750 soʻmni (1 050 000 х 7,5%) tashkil qiladi.

Xodim qoʻliga 548 382 soʻm (1 050 000 – 350 000 – 72 868 – 78 750) ish haqi oladi.

 

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 

 

_________________________________

*Yanvar oyi uchun jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati «SBX»ning 26.01.2016 yildagi 4 (1120)-sonida, fevral oyi uchun 23.02.2016 yildagi 8 (1124)-sonida, mart oyi uchun 22.03.2016 yildagi 12 (1128)-sonida, aprel oyi uchun 26.04.2016 yildagi 17 (1133)-sonida, may oyi uchun 24.05.2016 yildagi 21 (1137)-sonida, iyun oyi uchun 28.06.2016 yildagi 26 (1142)-sonida, iyul oyi uchun 26.07.2016 yildagi 30 (1146)-sonida, avgust oyi uchun 23.08.2016 yildagi 34 (1150)-sonida, sentyabr oyi uchun 27.09.2016 yildagi 39 (1155)-sonida), oktyabr oyi uchun  25.10.2016 yildagi 43 (1159)-sonida chop etilgan.