Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2017 yil dekabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2017 yil dekabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

22.12.2017

  2017 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son qaroriga 9-ilova).

 

  Yanvar-noyabr oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 1 647 525 soʻmni (149 775 х 11) (22.08.2016 yildagi PF-4822-son Farmon), dekabr oyi uchun EKIH 172 240 soʻmni (20.11.2017 yildagi PF-5245-son Farmon) tashkil etadi.

 

  Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2017 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 149 775 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi). Yanvar-dekabr oylari uchun soliq solish maqsadida EKIHning jami miqdori 1 797 300 soʻmni (149 775 х 12) tashkil qiladi.

 

  2017 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 1%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-2699-son qarorga 9-ilova).

 

  ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

  2017 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan ish haqi (daromad) summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-2699-son qarorning 3-bandi).

 

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

1 797 300 soʻmgacha

 

0%

 

1 797 301 soʻmdan 8 986 500 soʻmgacha

(5 х 1 797 300)

1 797 300 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

 

8 986 501 soʻmdan 17 973 000 soʻmgacha

(10 х 1 797 300)

539 190 soʻm + 8 986 500 soʻmdan ortiq summaning 17%i

 

17 973 001 soʻm va undan yuqori

 

2 066 895 soʻm + 17 973 000 soʻmdan ortiq summaning 23%i

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

1-VAZIYaT Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–noyabr oylarida u oyiga 130 000 soʻmdan, dekabr oyi uchun 150 000 soʻm ish haqi oldi. Yil boshidan jami daromad 1 580 000 soʻmni (130 000 х 11 + 150 000) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 1 797 300 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (1 580 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 12 000 soʻmga (150 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 138 000 soʻm (150 000 – 12 000) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

Xodimga yanvar–noyabr oylarida oyiga 630 000 soʻmdan, dekabr oyi uchun 720 000 soʻm toʻlangan. Yil boshidan daromad 7 650 000 soʻmni (630 000 х 11 + 720 000) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(7 650 000 – 1 797 300) х 7,5% = 438 952,5 soʻmga teng.

Yanvar-noyabr oylarida 396 185,63 soʻm soliq ushlab qolingan. Dekabr oyidagi soliq summasi 42 766,87 soʻmga (438 952,5 – 396 185,63) teng.

Yanvar–dekabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 58 527 soʻmni ((7 650 000 – 1 797 300) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 52 824,75 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyida ajratmalar 5 702,25 soʻmni (58 527 – 52 824,75) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga 37 064,62 soʻm (42 766,87 – 5 702,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 57 600 soʻmni (720 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 619 633,13 soʻm (720 000 – 42 766,87 – 57 600) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–noyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 920 000 soʻmdan, dekabr oyi uchun 1 050 000 soʻm toʻlangan. Yil boshidan daromad 11 170 000 soʻmni (920 000 х 11 + 1 050 000) tashkil qiladi.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–dekabr oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

539 190 + (11 170 000 – 8 986 500) х 17% = 910 385 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 814 261,25 soʻm soliq ushlab qolingan. Dekabr oyidagi soliq summasi 96 123,75 soʻmga (910 385 – 814 261,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 93 727 soʻmni ((11 170 000 – 1 797 300) х 1%) tashkil
etadi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 84 724,75 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyida ajratmalar 9 002,25 soʻmni (93 727 – 84 724,75) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga 87 121,5 soʻm (96 123,75 – 9 002,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 84 000 soʻmni (1 050 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 869 876,25 soʻm (1 050 000 – 96 123,75 – 84 000) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–noyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan, dekabr oyi uchun 1 850 000 soʻm haq toʻlangan. Yil boshidan daromad 19 560 000 soʻmni (1 610 000 х 11 + 1 850 000) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–dekabr oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

2 066 895 + (19 560 000 – 17 973 000) х 23% = 2 431 905 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 2 178 646,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyidagi soliq summasi 253 258,75 soʻmga (2 431 905 – 2 178 646,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 177 627 soʻmga ((19 560 000 – 1 797 300) х 1%) teng.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 160 624,75 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyida ajratmalar 17 002,25 soʻmni (177 627 – 160 624,75) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga 236 256,5 soʻm (253 258,75 – 17 002,25) JShDS oʻtkaziladi.

Dekabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 148 000 soʻmni (1 850 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 448 741,25 soʻm (1 850 000 – 253 258,75 – 148 000) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

5-VAZIYaT Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–noyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan, dekabr oyi uchun 1 850 000 soʻm haq toʻlangan. Yil boshidan daromad 19 560 000 soʻmni (1 610 000 х 11 + 1 850 000) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

 

Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:

19 560 000 – 1 797 300 х 4 = 12 370 800 soʻmga teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–dekabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

539 190 + (12 370 800 – 8 986 500) х 17% = 1 114 521 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 984 244,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyidagi soliq summasi 130 276,75 soʻmga (1 114 521 – 984 244,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 105 735 soʻmni ((12 370 800 – 1 797 300) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 94 723,75 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyida ajratmalar 11 011,25 soʻmni (105 735 – 94 723,75) tashkil qiladi.

Byudjetga 119 265,5 soʻm (130 276,75 – 11 011,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 148 000 soʻmni (1 850 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 571 723,25 soʻm (1 850 000 – 130 276,75 – 148 000) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–noyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 100 000 soʻmdan, dekabr oyi uchun 1 265 000 soʻm haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yil boshidan daromad 15 365 000 soʻmni (1 100 000 х 11 + 2 000 000 + 1 265 000) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 13 567 700 soʻmga (15 365 000 – 1 797 300) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–dekabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

539 190 + (13 567 700 – 8 986 500) х 17% = 1 317 994 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 1 185 320,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyidagi soliq summasi 132 673,75 soʻmga (1 317 994 – 1 185 320,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 117 704 soʻmni ((13 567 700 – 1 797 300) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 106 551,75 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyida ajratmalar 11 152,25 soʻmni (117 704 – 106 551,75) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga 121 521,5 soʻm (132 673,75 – 11 152,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 101 200 soʻmni (1 265 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 031 126,25 soʻm (1 265 000 – 132 673,75 – 101 200) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–noyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 150 000 soʻmdan, dekabr oyi uchun 1 300 000 soʻm haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 400 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 15 350 000 soʻmni (1 150 000 х 11 + 1 400 000 + 1 300 000) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 6 = 898 650 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 14 451 350 soʻmga (15 350 000 – 898 650) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–dekabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

539 190 + (14 451 350 – 8 986 500) х 17% = 1 468 214,5 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 1 329 590,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyidagi soliq summasi 138 623,75 soʻmga (1 468 214,5 – 1 329 590,75) teng.

Yanvar–dekabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 126 540,5 soʻmga ((14 451 350 – 1 797 300) х 1%) teng.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 115 038,25 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyida ajratmalar 11 502,25 soʻmni (126 540,5 – 115 038,25) tashkil qiladi.

Byudjetga 127 121,5 soʻm (138 623,75 – 11 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Dekabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 057 376,25 soʻm (1 300 000 – 138 623,75 – 104 000) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–noyabr oylarida oyiga 1 150 000 soʻmdan, dekabr oyi uchun 1 300 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 000 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 16 950 000 soʻmni (1 150 000 х 11 + 2 000 000 + 1 000 000 + 1 300 000) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (1 797 300 х 4 = 7 189 200 soʻm) chiqarib tashlanadi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (149 775 х 6 = 898 650 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

13 950 000 – 7 189 200 + 2 000 000 – 1 797 300 + 1 000 000 – 898 650 = 7 064 850 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(7 064 850 – 1 797 300) х 7,5% = 395 066,25 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 353 731,88 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyidagi soliq summasi 41 334,37 soʻmga (395 066,25 – 353 731,88) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 52 675,5 soʻmni ((7 064 850 – 1 797 300) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 47 164,25 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyida ajratmalar 5 511,25 soʻmni (52 675,5 – 47 164,25) tashkil qiladi.

Byudjetga 35 823,12 soʻm (41 334,37 – 5 511,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 154 665,63 soʻm (1 300 000 – 41 334,37 – 104 000) oladi.

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–noyabr oylarida oyiga 690 000 soʻmdan, dekabr oyida 800 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Xodimning yil boshidan daromadi 8 390 000 soʻmni (690 000 х 11 + 800 000) tashkil qiladi.

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

 

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–dekabr oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. JShDS:

(8 390 000 – 1 797 300) х 7,5% = 494 452,5 soʻmga teng.

Yanvar-noyabr oylarida 445 685,63 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyidagi soliq summasi 48 766,87 soʻmga (494 452,5 – 445 685,63) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 65 927 soʻmga ((8 390 000 – 1 797 300) х 1%) teng.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 59 424,75 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyida ajratmalar 6 502,25 soʻmni (65 927 – 59 424,75) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga 42 264,62 soʻm (48 766,87 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 64 000 soʻmni (800 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 687 233,13 soʻm (800 000 – 48 766,87 – 64 000) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 17 973 000 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi.

Yanvar–dekabr oylari uchun JShDS summasi 1 929 700 soʻmga (8 390 000 х 23%) teng.

Yanvar-noyabr oylarida 1 745 700 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyida uning summasi 184 000 soʻmni (1 929 700 – 1 745 700) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–dekabr oylarida ularning summasi 83 900 soʻmni (8 390 000 х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 75 900 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun 8 000 soʻm (83 900 – 75 900) oʻtkaziladi.

Byudjetga 176 000 soʻm (184 000 – 8 000) JShDS oʻtkaziladi.

Dekabr oyi uchun sugʻurta badallari 64 000 soʻmni (800 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 552 000 soʻm (800 000 – 184 000 – 64 000) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–noyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 690 000 soʻmdan, dekabr oyi uchun 800 000 soʻm haq toʻlangan. Yil boshidan daromad 8 390 000 soʻmni (690 000 х 11 + 800 000) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 900 000 soʻm ijara haqi oladi.

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2699-son qarorga 26-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

 

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

900 000 х 7,5% = 67 500 soʻm.

Yanvar-dekabr oylari uchun хodim daromadlariga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(8 390 000 – 1 797 300) х 7,5% = 494 452,5 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 445 685,63 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyidagi soliq summasi 48 766,87 soʻmga (494 452,5 – 445 685,63) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 65 927 soʻmga ((8 390 000 – 1 797 300) х 1%) teng.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 59 424,75 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyida ajratmalar 6 502,25 soʻmni (65 927 – 59 424,75) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga 42 264,62 soʻm soliq (48 766,87 – 6 502,25) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 64 000 soʻmni (800 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 519 733,13 soʻm ish haqi (800 000 + 900 000 – 48 766,87 – 67 500 – 64 000) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar-noyabr oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 100 000 soʻmni, dekabr oyi uchun 1 265 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan daromad 13 365 000 soʻmni (1 100 000 х 11 + 1 265 000) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi («Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 65-moddasi).

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–dekabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

539 190 + (13 365 000 – 8 986 500) х 17% = 1 283 535 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 1 150 861,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq summasi 132 673,75 soʻmga (1 283 535 – 1 150 861,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 115 677 soʻmni ((13 365 000 – 1 797 300) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 104 524,75 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 11 152,25 soʻmni (115 677 – 104 524,75) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga 121 521,5 soʻm (132 673,75 – 11 152,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 101 200 soʻmga (1 265 000 х 8%) teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(1 265 000 – 132 673,75 – 101 200) х 25% = 257 781,56 soʻm.

Xodim qoʻliga 773 344,69 soʻm (1 265 000 – 132 673,75 – 101 200 – 257 781,56) ish haqi oladi.

 

12-VAZIYaT ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi

Xodimning yanvar–noyabr oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 200 000 soʻmni, dekabr oyida 1 380 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan daromad 14 580 000 soʻmni (1 200 000 х 11 + 1 380 000) tashkil etdi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga har oyda uning ish haqidan 400 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

14 580 000 – (400 000 х 11) = 10 180 000 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–dekabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

539 190 + (10 180 000 – 8 986 500) х 17% = 742 085 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 657 861,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun soliq summasi 84 223,75 soʻmga (742 085 – 657 861,25) teng.

Yanvar–dekabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 83 827 soʻmni ((10 180 000 – 1 797 300) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 75 524,75 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 8 302,25 soʻmni (83 827 – 75 524,75) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga 75 921,5 soʻm (84 223,75 – 8 302,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 110 400 soʻmga (1 380 000 х 8%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 785 376,25 soʻm (1 380 000 – 400 000 – 84 223,75 – 110 400) ish haqi toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT Ipoteka kreditini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Yosh oila a’zosi hisoblanadigan korхona хodimi kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi. Uning yanvar-noyabr oylaridagi oylik ish haqi miqdori 1 200 000 soʻmni, dekabr oyida 1 380 000 soʻmni tashkil qiladi. Yil boshidan soliq solinadigan daromad 14 580 000 soʻmni (1 200 000 х 11 + 1 380 000) tashkil qiladi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 400 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi va barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.

Yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi (Soliq kodeksining ­179-moddasi 30-bandi).

 

Yanvar-dekabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 10 180 000 soʻmni (14 580 000 – (400 000 х 11)) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–dekabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

539 190 + (10 180 000 – 8 986 500) х 17% = 742 085 soʻm.

Yanvar-noyabr oylarida 657 861,25 soʻm soliq ushlab qolingan. Dekabr oyi uchun JShDS summasi 84 223,75 (742 085 – 657 861,25) soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar-dekabr oylarida ShJBPHga majburiy badallar summasi 83 827 soʻmni ((10 180 000 – 1 797 300) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-noyabr oylarida ShJBPHga 75 524,75 soʻm oʻtkazilgan, dekabr oyi uchun ajratmalar 8 302,25 soʻmni (83 827 – 75 524,75) tashkil qiladi.

Dekabr oyi uchun byudjetga 75 921,5 soʻm (84 223,75 – 8 302,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 110 400 soʻmni (1 380 000 х 8%) tashkil qiladi.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va kreditni soʻndirish uchun ushlanmalar chegirilganidan keyin хodim 785 376,25 soʻm (1 380 000 – 400 000 – 84 223,75 – 110 400) ish haqi oladi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.


_____________________________________________________________________________________________________________________________________

*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 31.01.2017 yildagi 5 (1173)-sonida, fevral oyi uchun 28.02.2017 yildagi 9 (1177)-sonida, mart oyi uchun 28.03.2017 yildagi 13 (1181)-sonida, aprel oyi uchun 18.04.2017 yildagi 16 (1184)-sonida, may oyi uchun 23.05.2017 yildagi 21 (1189)-sonida, iyun oyi uchun 20.06.2017 yildagi 25-26 (1193-1194)-sonida, iyul oyi uchun 25.07.2017 yildagi 30 (1198)-sonida, avgust oyi uchun 22.08.2017 yildagi 34 (1202)-sonida, sentyabr oyi uchun 26.09.2017 yildagi 39 (1207)-sonida, noyabr oyi uchun 28.11.2017 yildagi 48 (1216)-sonida chop etilgan.