Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2018 yil fevral oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2018 yil fevral oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

29.03.2018

  2018 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 16,5%; eng yuqori stavka – 22,5% (Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qaroriga 8-ilova).

 

  Yanvar-fevral oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 344 480 soʻmni (172 240 х 2) tashkil etadi (20.11.2017 yildagi PF-5245-son).

 

  Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2018 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 172 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi).

 

  2018 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 2%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi ­(PQ-3454-son qarorga 8-ilova).

 

  ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

  2018 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan ish haqi (daromad) summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-3454-son qarorning 3-bandi).


Soliq solinadigan daromad miqdori

Soliq stavkasi

344 480 soʻmgacha

0%

344 481 soʻmdan 1 722 400 soʻmgacha

(5 х 344 480)

344 480 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

1 722 401 soʻmdan 3 444 800 soʻmgacha

(10 х 344 480)

103 344 soʻm + 1 722 400 soʻmdan ortiq summaning 16,5%i

3 444 801 soʻm va undan yuqori

387 540 soʻm + 3 444 800 soʻmdan ortiq summaning 22,5%i

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

1-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar-fevral oylarida u 150 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan jami daromad – 300 000 soʻmni (150 000 х 2) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 344 480 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (300 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 12 000 soʻmga (150 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 138 000 soʻm (150 000 – 12 000) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

Xodimga yanvar-fevral oylarida 720 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan, yil boshidan jami daromad – 1 440 000 soʻmni (720 000 х 2) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(1 440 000 – 344 480) х 7,5% = 82 164 soʻmga teng.

Yanvar oyida 41 082 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 41 082 soʻmga (82 164 – 41 082) teng.

Yanvar-fevral oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 21 910,4 soʻmni ((1 440 000 – 344 480) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 10 955,2 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 10 955,2 soʻmni (21 910,4 – 10 955,2) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 30 126,8 soʻm (41 082 – 10 955,2) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 57 600 soʻmni (720 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 621 318 soʻm (720 000 – 41 082 – 57 600) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar-fevral oylaridagi mehnatiga 1 050 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan jami daromad – 2 100 000 soʻmni (1 050 000 х 2) tashkil qiladi.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar-fevral oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

103 344 + (2 100 000 – 1 722 400) х 16,5% = 165 648 soʻm.

Yanvar oyida 82 824 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 82 824 soʻmga (165 648 – 82 824) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 35 110,4 soʻmni ((2 100 000 – 344 480) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 17 555,2 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 17 555,2 soʻmni (35 110,4 – 17 555,2) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 65 268,8 soʻm (82 824 – 17 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 84 000 soʻmni (1 050 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 883 176 soʻm (1 050 000 – 82 824 – 84 000) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar-fevral oylaridagi mehnatiga 1 850 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan jami daromad – 3 700 000 soʻmni (1 850 000 х 2) tashkil qiladi.

22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar-fevral oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

387 540 + (3 700 000 – 3 444 800) х 22,5% = 444 960 soʻm.

Yanvar oyida 222 480 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 222 480 soʻmga (444 960 – 222 480) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 67 110,4 soʻmga ((3 700 000 – 344 480) х 2%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 33 555,2 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 33 555,2 soʻmni (67 110,4 – 33 555,2) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 188 924,8 soʻm (222 480 – 33 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Fevral oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 148 000 soʻmni (1 850 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 479 520 soʻm (1 850 000 – 222 480 – 148 000) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

5-VAZIYaT  Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar-fevral oylaridagi mehnatiga 1 850 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan jami daromad – 3 700 000 soʻmni (1 850 000 х 2) tashkil qiladi.

Kodeksning 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz:

3 700 000 – 344 480 х 4 = 2 322 080 soʻm.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar-fevral oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

103 344 + (2 322 080 – 1 722 400) х 16,5% = 202 291,2 soʻm.

Yanvar oyida 101 145,6 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 101 145,6 soʻmga (202 291,2 – 101 145,6) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 39 552 soʻmni ((2 322 080 – 344 480) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 19 776 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 19 776 soʻmni (39 552 – 19 776) tashkil qiladi.

Byudjetga 81 369,6 soʻm (101 145,6 – 19 776) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 148 000 soʻmni (1 850 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 600 854,4 soʻm (1 850 000 – 101 145,6 – 148 000) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT  Moddiy yordam olish chogʻida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar-fevral oylaridagi mehnatiga 1 265 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandining tugʻilganligi munosabati bilan 2 200 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Xodimning yil boshidan jami daromadi – 4 730 000 soʻmni (1 265 000 х 2 + 2 200 000) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 2 663 120 soʻmga (4 730 000 – 2 066 880) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar-fevral oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

103 344 + (2 663 120 – 1 722 400) х 16,5% = 258 562,8 soʻm.

Yanvar oyida 140 263,8 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 118 299 soʻmga (258 562,8 – 140 263,8) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 46 372,8 soʻmni ((2 663 120 – 344 480) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 24 517,6 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 21 855,2 soʻmni (46 372,8 – 24 517,6) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 96 443,8 soʻm (118 299 – 21 855,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 101 200 soʻmni (1 265 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 045 501 soʻm (1 265 000 – 118 299 – 101 200) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT  Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar-fevral oylaridagi mehnatiga 1 300 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 800 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan jami daromadi – 4 400 000 soʻmni (1 300 000 х 2 + 1 800 000) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 3 366 560 soʻmga (4 400 000 – 1 033 440) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar-fevral oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

103 344 + (3 366 560 – 1 722 400) х 16,5% = 374 630,4 soʻm.

Yanvar oyida 271 206 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 103 424,4 soʻmga (374 630,4 – 271 206) teng.

Yanvar-fevral oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 60 441,6 soʻmga ((3 366 560 – 344 480) х 2%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 37 886,4 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 22 555,2 soʻmni (60 441,6 – 37 886,4) tashkil qiladi.

Byudjetga 80 869,2 soʻm (103 424,4 – 22 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Fevral oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 092 575,6 soʻm (1 300 000 – 103 424,4 – 104 000) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT  Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar-fevral oylarida 1 300 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 300 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 500 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan.

Quyidagilarga muvofiq:

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (344 480 х 4 = 1 377 920 soʻm) chiqarib tashlanadi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

2 600 000 – 1 377 920 + 2 300 000 – 2 066 880 + 1 500 000 – 1 033 440 = 1 921 760 soʻm.

Olingan daromadga 16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

103 344 + (1 921 760 – 1 722 400) х 16,5% = 136 238,4 soʻm.

Yanvar oyida 125 842,8 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 10 395,6 soʻmga (136 238,4 – 125 842,8) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 31 545,6 soʻmni ((1 921 760 – 344 480) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 22 769,6 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 8 776 soʻmni (31 545,6 – 22 769,6) tashkil qiladi.

Byudjetga 1 619,6 soʻm (10 395,6 – 8 776) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 185 604,4 soʻm (1 300 000 – 10 395,6 – 104 000) oladi.

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT  Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar-fevral oylarida 800 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Xodimning yil boshidan jami daromadi – 1 600 000 soʻmni (800 000 х 2) tashkil qiladi.

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi ­9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar-fevral oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(1 600 000 – 344 480) х 7,5% = 94 164 soʻmga teng.

Yanvar oyida 47 082 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 47 082 soʻmga (94 164 – 47 082) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 25 110,4 soʻmga ((1 600 000 – 344 480) х 2%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 12 555,2 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 12 555,2 soʻmni (25 110,4 – 12 555,2) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 34 526,8 soʻm (47 082 – 12 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 64 000 soʻmni (800 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 688 918 soʻm (800 000 – 47 082 – 64 000) ish haqi oladi.

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 22,5%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 3 444 800 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar-fevral oylari uchun JShDS summasi 360 000 soʻmga (1 600 000 х 22,5%) teng.

Yanvar oyida 180 000 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 180 000 soʻmga (360 000 – 180 000) teng.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (2%) hisoblab yoziladi. Yanvar-fevral oylarida ularning summasi 32 000 soʻmni (1 600 000 х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar oyida ShJBPHga 16 000 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 16 000 soʻmni (32 000 – 16 000) tashkil qiladi.

Byudjetga 164 000 soʻm (180 000 – 16 000) JShDS oʻtkaziladi.

Fevral oyi uchun sugʻurta badallari 64 000 soʻmni (800 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 556 000 soʻm (800 000 – 180 000 – 64 000) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT  Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar-fevral oylaridagi mehnatiga 850 000 soʻm haq toʻlangan, yil boshidan jami daromad – 1 700 000 soʻmni (850 000 х 2) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 1 000 000 soʻm ijara haqi oladi.

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-3454-son qarorga 25-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

1 000 000 х 7,5% = 75 000 soʻm.

Yanvar-fevral oylari uchun хodimning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadidan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(1 700 000 – 344 480) х 7,5% = 101 664 soʻm.

Yanvar oyida 50 832 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 50 832 soʻmga (101 664 – 50 832) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 27 110,4 soʻmga ((1 700 000 – 344 480) х 2%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 13 555,2 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 13 555,2 soʻmni (27 110,4 – 13 555,2) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 37 276,8 soʻm soliq (50 832 – 13 555,2) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 68 000 soʻmni (850 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 656 168 soʻm (850 000 + 1 000 000 – 75 000 – 50 832 – 68 000) toʻlanadi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.


_____________________________________________________________________________________________________________________________________

*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati yanvar oyi uchun
«SBX»ning 30.01.2018 yildagi 4-5 (1224-1225)-sonida chop etilgan.