Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2018 yil iyun oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2018 yil iyun oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

19.06.2018

       2018 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 16,5%; eng yuqori stavka – 22,5% (Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qaroriga 8-ilova).

 

       Yanvar-iyun oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 1 033 440 soʻmni (172 240 х 6) tashkil etadi (20.11.2017 yildagi PF-5245-son).

 

       Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2018 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 172 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi).

 

      2018 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 2%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-3454-son qarorga 8-ilova).

 

       ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

       2018 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan ish haqi (daromad) summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-3454-son qarorning 3-bandi).

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

Soliq stavkasi

1 033 440 soʻmgacha

0%

1 033 441 soʻmdan

5 167 200 soʻmgacha

(5 х 1 033 440)

1 033 440 soʻmdan ortiq

summaning 7,5%i

5 167 201 soʻmdan

10 334 400 soʻmgacha

(10 х 1 033 440)

310 032 soʻm + 5 167 200 soʻmdan ortiq summaning 16,5%i

10 334 401 soʻm va

undan yuqori

1 162 620 soʻm + 10 334 400 soʻmdan ortiq summaning 22,5%i

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

 

1-VAZIYaT Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–iyun oylarida u oyiga 150 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan jami daromad 900 000 soʻmni (150 000 х 6) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 1 033 440 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (900 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 12 000 soʻmga (150 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 138 000 soʻm (150 000 – 12 000) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimga yanvar–iyun oylarida oyiga 720 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 4 320 000 soʻmni (720 000 ´ 6) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(4 320 000 – 1 033 440) х 7,5% = 246 492 soʻmga teng.

Yanvar-may oylarida 205 410 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 41 082 soʻmga (246 492 – 205 410) teng.

Yanvar-iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 65 731,2 soʻmni ((4 320 000 – 1 033 440) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 54 776 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 10 955,2 soʻmni (65 731,2 – 54 776) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 30 126,8 soʻm (41 082 – 10 955,2) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 57 600 soʻmni (720 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 621 318 soʻm (720 000 – 41 082 – 57 600) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 050 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 6 300 000 soʻmni (1 050 000 х 6) tashkil qiladi.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

310 032 + (6 300 000 – 5 167 200) х 16,5% = 496 944 soʻm.

Yanvar-may oylarida 414 120 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 82 824 soʻmga (496 944 – 414 120) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 105 331,2 soʻmni ((6 300 000 – 1 033 440) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 87 776 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 17 555,2 soʻmni (105 331,2 – 87 776) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 65 268,8 soʻm (82 824 – 17 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 84 000 soʻmni (1 050 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 883 176 soʻm (1 050 000 – 82 824 – 84 000) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 850 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 11 100 000 soʻmni (1 850 000 х 6) tashkil qiladi.

22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–iyun oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

1 162 620 + (11 100 000 – 10 334 400) х 22,5% = 1 334 880 soʻm.

Yanvar-may oylarida 1 112 400 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 222 480 soʻmga (1 334 880 – 1 112 400) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 201 331,2 soʻmga ((11 100 000 – 1 033 440) х 2%) teng.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 167 776 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 33 555,2 soʻmni (201 331,2 – 167 776) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 188 924,8 soʻm (222 480 – 33 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 148 000 soʻmni (1 850 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 479 520 soʻm (1 850 000 – 222 480 – 148 000) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

5-VAZIYaT Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 850 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 11 100 000 soʻmni (1 850 000 х 6) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

 

Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:

11 100 000 – 1 033 440 х 4 = 6 966 240 soʻmga teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

310 032 + (6 966 240 – 5 167 200) х 16,5% = 606 873,6 soʻm.

Yanvar-may oylarida 505 728 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 101 145,6 soʻmga (606 873,6 – 505 728) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 118 656 soʻmni ((6 966 240 – 1 033 440) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 98 880 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 19 776 soʻmni (118 656 – 98 880) tashkil qiladi.

Byudjetga 81 369,6 soʻm (101 145,6 – 19 776) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 148 000 soʻmni (1 850 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 600 854,4 soʻm (1 850 000 – 101 145,6 – 148 000) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 265 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 200 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 9 790 000 soʻmni (1 265 000 х 6 + 2 200 000) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 7 723 120 soʻmga (9 790 000 – 2 066 880) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

310 032 + (7 723 120 – 5 167 200) х 16,5% = 731 758,8 soʻm.

Yanvar-may oylarida 613 459,8 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 118 299 soʻmga (731 758,8 – 613 459,8) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 133 793,6 soʻmni ((7 723 120 – 1 033 440) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 111 938,4 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 21 855,2 soʻmni (133 793,6 – 111 938,4) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 96 443,8 soʻm (118 299 – 21 855,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 101 200 soʻmni (1 265 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 045 501 soʻm (1 265 000 – 118 299 – 101 200) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 300 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 800 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 9 600 000 soʻmni (1 300 000 х 6 + 1 800 000) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 8 566 560 soʻmga (9 600 000 – 1 033 440) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

310 032 + (8 566 560 – 5 167 200) х 16,5% = 870 926,4 soʻm.

Yanvar-may oylarida 746 852,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 124 074 soʻmga (870 926,4 – 746 852,4) teng.

Yanvar–iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 150 662,4 soʻmga ((8 566 560 – 1 033 440) х 2%) teng.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 128 107,2 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 22 555,2 soʻmni (150 662,4 – 128 107,2) tashkil qiladi.

Byudjetga 101 518,8 soʻm (124 074 – 22 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Iyun oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 071 926 soʻm (1 300 000 – 124 074 – 104 000) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

 

Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–iyun oylarida oyiga 1 300 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 300 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 500 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 11 600 000 soʻmni (1 300 000 х 6 + 2 300 000 + 1 500 000) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (1 033 440 х 4 = 4 133 760 soʻm) chiqarib tashlanadi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

7 800 000 – 4 133 760 + 2 300 000 – 2 066 880 + 1 500 000 – 1 033 440 = 4 365 920 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(4 365 920 – 1 033 440) х 7,5% = 249 936 soʻm.

Yanvar-may oylarida 217 026 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 32 910 soʻmga (249 936 – 217 026) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 66 649,6 soʻmni ((4 365 920 – 1 033 440) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 57 873,6 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 8 776 soʻmni (66 649,6 – 57 873,6) tashkil qiladi.

Byudjetga 24 134 soʻm (32 910 – 8 776) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 163 090 soʻm (1 300 000 – 32 910 – 104 000) oladi.

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–iyun oylarida oyiga 800 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Xodimning yil boshidan daromadi 4 800 000 soʻmni (800 000 х 6) tashkil qiladi.

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida joriy yildagi jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

 

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–iyun oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. JShDS:

(4 800 000 – 1 033 440) х 7,5% = 282 492 soʻmga teng.

Yanvar-may oylarida 235 410 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 47 082 soʻmga (282 492 – 235 410) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 75 331,2 soʻmga ((4 800 000 – 1 033 440) х 2%) teng.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 62 776 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 12 555,2 soʻmni (75 331,2 – 62 776) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 34 526,8 soʻm (47 082 – 12 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 64 000 soʻmni (800 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 688 918 soʻm (800 000 – 47 082 – 64 000) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 22,5%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 10 334 400 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi.

Yanvar–iyun oylari uchun JShDS summasi 1 080 000 soʻmga (4 800 000 х 22,5%) teng.

Yanvar-may oylarida 900 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyida uning summasi 180 000 soʻmni (1 080 000 – 900 000) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (2%) hisoblab yoziladi. Yanvar–iyun oylarida ularning summasi 96 000 soʻmni (4 800 000 х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 80 000 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun 16 000 soʻm (96 000 – 80 000) oʻtkaziladi.

Byudjetga 164 000 soʻm (180 000 – 16 000) JShDS oʻtkaziladi.

Iyun oyi uchun sugʻurta badallari 64 000 soʻmni (800 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 556 000 soʻm (800 000 – 180 000 – 64 000) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 850 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 5 100 000 soʻmni (850 000 х 6) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 1 000 000 soʻm ijara haqi oladi.

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-3454-son qarorga 25-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

 

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

1 000 000 х 7,5% = 75 000 soʻm.

Yanvar-iyun oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(5 100 000 – 1 033 440) х 7,5% = 304 992 soʻm.

Yanvar-may oylarida 254 160 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 50 832 soʻmga (304 992 – 254 160) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 81 331,2 soʻmga ((5 100 000 – 1 033 440) х 2%) teng.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 67 776 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 13 555,2 soʻmni (81 331,2 – 67 776) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 37 276,8 soʻm soliq (50 832 – 13 555,2) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 68 000 soʻmni (850 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 656 168 soʻm ish haqi (850 000 + 1 000 000 – 75 000 – 50 832 – 68 000) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 200 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan daromad 7 200 000 soʻmni (1 200 000 х 6) tashkil etdi. Mart oyida хodim buхgalteriyaga har oyda uning ish haqidan 500 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

7 200 000 – 2 000 000 = 5 200 000 soʻm.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

310 032 + (5 200 000 – 5 167 200) х 16,5% = 315 444 soʻm.

Yanvar-may oylarida 290 370 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi 25 074 soʻmga (315 444 – 290 370) teng.

Yanvar–iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 83 331,2 soʻmni ((5 200 000 – 1 033 440) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 72 776 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 10 555,2 soʻmni (83 331,2 – 72 776) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 14 518,8 soʻm (25 074 – 10 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmga (1 200 000 х 8%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 578 926 soʻm (1 200 000 - 500 000 - 25 074 - 96 000) ish haqi toʻlanadi.

 

12-VAZIYaT Ilgari mazkur hisobot yilida ishlamagan, yangi ishga qabul qilingan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Mart oyida mazkur hisobot yilida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 1 400 000 soʻm maosh belgilandi. Mart-iyun oylari uchun daromad 5 600 000 soʻmni (1 400 000 х 4) tashkil etdi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(5 600 000 – 1 033 440) х 7,5% = 342 492 soʻm.

Mart-may oylarida 250 410 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi 92 082 soʻmga (342 492 – 250 410) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 91 331,2 soʻmni ((5 600 000 – 1 033 440) х 2%) tashkil etadi.

Mart-may oylarida ShJBPHga 66 776 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 24 555,2 soʻmni (91 331,2 – 66 776) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 67 526,8 soʻm (92 082 – 24 555,2) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 112 000 soʻmga (1 400 000 х 8%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 1 195 918 soʻm (1 400 000 – 92 082 – 112 000) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT Ipoteka kreditini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Yosh oila a’zosi hisoblanadigan korхona хodimi kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi. Uning yanvar-iyun oylaridagi oylik ish haqi miqdori 1 500 000 soʻmni tashkil qiladi. Yil boshidan soliq solinadigan daromad 9 000 000 soʻmni (1 500 000 х 6) tashkil qiladi. Mart oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 500 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi va barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.

Yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandi).

 

Yanvar-iyun oylari uchun soliq solinadigan daromad 7 000 000 soʻmni (9 000 000 – 2 000 000) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va soliqni hisoblaymiz:

310 032 + (7 000 000 - 5 167 200) х 16,5% = 612 444 soʻm.

Yanvar-may oylarida 537 870 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyun oyi uchun JShDS summasi 74 574 (612 444 – 537 870) soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga majburiy badallar summasi 119 331,2 soʻmni ((7 000 000 – 1 033 440) х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 102 776 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 16 555,2 soʻmni (119 331,2 - 102 776) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 58 018,8 soʻm (74 574 – 16 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 120 000 soʻmni (1 500 000 х 8%) tashkil qiladi.

Xodim 805 426 soʻm (1 500 000 - 500 000 - 74 574 - 120 000) ish haqi oladi.

 

14-VAZIYaT Farzandining oliy oʻquv yurtidagi oʻqishi uchun haq toʻlashda imtiyozni hisobga olgan holda, хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-iyun oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 600 000 soʻmni tashkil qiladi, yil boshidan daromad 9 600 000 soʻmni (1 600 000 х 6) tashkil etdi. Uning arizasiga binoan mart oyida korхona хodim oʻgʻlining oʻqishiga 2017–2018 oʻquv yili uchun 3 500 000 soʻm miqdorida haq toʻladi, toʻlangan summa mart oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan ushlab qolinadi.

Fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

 

Xodimning arizasiga koʻra oʻqish haqini soʻndirish uchun uning daromadlaridan har oyda 600 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi. Yanvar-iyun oylari uchun soliq solinadigan daromad 7 200 000 soʻmni (9 600 000 – 2 400 000) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

310 032 + (7 200 000 - 5 167 200) х 16,5% = 645 444 soʻm.

Yanvar-may oylarida 570 870 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyun oyi uchun JShDS summasi 74 574 (645 444 – 570 870) soʻmni tashkil qiladi.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 123 331,2 soʻmni ((7 200 000 –

1 033 440) х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 106 776 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 16 555,2 soʻmni (123 331,2 – 106 776) tashkil qiladi.

Byudjetga 58 018,8 soʻm (74 574 – 16 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 128 000 soʻmni (1 600 000 х 8%) tashkil qiladi.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ta’lim olish uchun haq toʻlash hisobiga ushlanmalar chegirilganidan keyin хodimga 797 426 soʻm (1 600 000 – 74 574 – 128 000 – 600 000) ish haqi toʻlanadi.

  

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.


_____________________________________________________________________________

*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitobi uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 30.01.2018 yildagi 4-5 (1224-1225)-sonida, fevral oyi uchun 27.02.2018 yildagi 9 (1229)-sonida, mart oyi uchun 23.03.2018 yildagi 12 (1232)-sonida, aprel oyi uchun 24.04.2018 yildagi 17 (1237)-sonida, may oyi uchun 22.05.2018 yildagi 21 (1241)-sonida chop etilgan.