Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2018 yil oktyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2018 yil oktyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

29.10.2018

●  2018 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 16,5%; eng yuqori stavka – 22,5% (Prezidentning 29.12.2017 yildagi ­PQ-3454-son qaroriga 8-ilova).

 

  1 yanvardan 15 iyulgacha eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 172 240 soʻmni (20.11.2017 yildagi PF-5245-son), 15 iyuldan esa 184 300 soʻmni (2.07.2018 yildagi PF-5469-son) tashkil etadi.

 

  Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2018 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 172 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi). Yanvar-oktyabr oylari uchun soliq solish maqsadida EKIH 1 722 400 soʻmni (172 240 х 10) tashkil qiladi.

 

  2018 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 2%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-3454-son qarorga 8-ilova).

 

  ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

  2018 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan ish haqi (daromad) summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-3454-son qarorning 3-bandi).


Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

1 722 400 soʻmgacha

 

0%

 

1 722 401 soʻmdan 8 612 000 soʻmgacha

(5 х 1 722 160)

1 722 400 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

 

8 612 001 soʻmdan 17 224 000 soʻmgacha

(10 х 1 722 400)

516 720 soʻm + 8 612 000 soʻmdan ortiq summaning 16,5%i

 

17 224 001 soʻm va undan yuqori

 

1 937 700 soʻm + 17 224 000 soʻmdan ortiq summaning 22,5%i

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

1-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi


Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yil boshidan 15 iyulga qadar u oyiga 150 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 160 000 soʻm ish haqi oldi. Iyul oyi uchun ish haqi 155 454,55 soʻmga teng. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad 1 535 454,55 soʻmni (150 000 х 6) + 155 454,55 + (160 000 х 3)) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 1 722 400 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (1 535 454,55 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 12 800 soʻmga (160 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 147 200 soʻm (160 000 – 12 800) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi


Xodim yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 720 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 770 000 soʻm ish haqi oldi. Iyul oyi uchun ish haqi 747 272,73 soʻmga teng. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad 7 377 272,73 soʻmni (720 000 х 6) + 747 272,73 + (770 000 х 3)) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(7 377 272,73 – 1 722 400) х 7,5% = 424 115,45 soʻmga teng.

Yanvar-sentyabr oylarida 379 283,45 soʻm soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 44 832 soʻmga (424 115,45 – 379 283,45) teng.

Yanvar-oktyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 113 097,45 soʻmni ((7 377 272,73 – 1 722 400) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 101 142,25 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 11 955,2 soʻmni (113 097,45 – 101 142,25) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 32 876,8 soʻm (44 832 – 11 955,2) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 61 600 soʻmni (770 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 663 568 soʻm (770 000 – 44 832 – 61 600) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi


Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 050 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 120 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 088 181,82 soʻmga teng. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad 10 748 181,82 soʻmni (1 050 000 х 6) + 1 088 181,82 + (1 120 000 х 3)) tashkil qiladi.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–oktyabr oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

516 720 + (10 748 181,82 – 8 612 000) х 16,5% = 869 190 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 774 816 soʻm soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 94 374 soʻmga (869 190 – 774 816) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 180 515,64 soʻmni ((10 748 181,82 – 1 722 400) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 161 560,44 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 18 955,2 soʻmni (180 515,63 – 161 560,44) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 75 418,8 soʻm (94 374 – 18 955,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 89 600 soʻmni (1 120 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 936 026 soʻm (1 120 000 – 89 600 – 94 374) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi


Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 980 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 920 909,09 soʻmga teng. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad 18 960 909,09 soʻmni (1 850 000 х 6) + 1 920 909,09 + (1 980 000 х 3)) tashkil qiladi.

22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–oktyabr oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

1 937 700 + (18 980 960,09 – 17 224 000) х 22,5% = 2 328 504,55 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 2 076 774,55 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 251 730 soʻmga (2 328 504,55 – 2 076 774,55) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 344 770,18 soʻmga ((18 960 909,09 – 1 722 400) х 2%) teng.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 308 614,98 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 36 155,2 soʻmni (344 770,18 – 308 614,98) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 215 574,8 soʻm (251 730 – 36 155,2) JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 158 400 soʻmni (1 980 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 569 870 soʻm (1 980 000 – 251 730 – 158 400) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

5-VAZIYaT  Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 980 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 920 909,09 soʻmga teng. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad 18 960 909,09 soʻmni (1 850 000 х 6) + 1 920 909,09 + (1 980 000 х 3)) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

 

Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:

18 960 909,09 – (1 722 400 х 4) = 12 071 309,09 soʻmga teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–oktyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

516 720 + (12 071 309,09 – 8 612 000) х 16,5% = 1 087 506 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 964 910,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 122 595,6 soʻmga (1 087 506 – 964 910,4) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 206 978,18 soʻmni ((12 071 309,09 – 1 722 400) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 184 602,18 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 22 376 soʻmni (206 978,18 – 184 602,18) tashkil qiladi.

Byudjetga 100 219,6 soʻm (122 595,6 – 22 376) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 158 400 soʻmni (1 980 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 699 004,4 soʻm (1 980 000 – 122 595,6 – 158 400) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT  Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 265 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 353 550 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 200 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 313 300 soʻmga teng. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad 15 163 950 soʻmni (1 265 000 х 6) + 2 200 000 + 1 313 300 + (1 353 550 х 3)) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 13 097 070 soʻmga (15 163 950 – 2 066 880) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–oktyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

516 720 + (13 097 070 – 8 612 000) х 16,5% = 1 256 756,55 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 1 123 846,8 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 132 909,75 soʻmga (1 256 756,55 – 1 123 846,8) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 227 493,4 soʻmni ((13 097 070 – 1 722 400) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 203 867,2 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 23 626,2 soʻmni (227 493,4 – 203 867,2) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 109 283,55 soʻm (132 909,75 – 23 626,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 108 284 soʻmni (1 353 550 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 112 356,25 soʻm (1 353 550 – 132 909,75 – 108 284) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT  Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 300 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 390 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 800 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Iyul oyi uchun ish haqi 1 349 090,91 soʻmga teng. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad 15 119 090,91 soʻmni (1 300 000 х 6) + 1 349 090,91 + 1 800 000 + (1 390 000 х 3)) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 14 085 650,91 soʻmga (15 119 090,91 – 1 033 440) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–oktyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

516 720 + (14 085 650,91 – 8 612 000) х 16,5% = 1 419 872,4 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 1 280 948,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 138 924 soʻmga (1 419 872,4 – 1 280 948,4) teng.

Yanvar–oktyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 247 265,02 soʻmga ((14 085 650,91 – 1 722 400) х 2%) teng.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 222 909,82 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 24 355,2 soʻmni (247 265,02 – 222 909,82) tashkil qiladi.

Byudjetga 114 568,8 soʻm (138 924 – 24 355,2) JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 111 200 soʻmni (1 390 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 139 876 soʻm (1 390 000 – 138 924 – 111 200) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT  Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

 

Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 300 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 390 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 300 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 500 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 349 090,91 soʻmga teng. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad 17 119 090,91 soʻmni (1 300 000 х 6) + 2 300 000 + 1 500 000 + 1 349 090,91 + (1 390 000 х 3)) tashkil qiladi.  

Quyidagilarga muvofiq:

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (1 722 400 х 4 = 6 889 600 soʻm) chiqarib tashlanadi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

13 319 090,91 – 6 889 600 + 2 300 000 – 2 066 880 + 1 500 000 – 1 033 440 = 7 129 170,91 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(7 129 170,91 – 1 722 400) х 7,5% = 405 507,82 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 365 847,82 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 39 660 soʻmga (405 507,82 – 365 847,82) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 108 135,42 soʻmni ((7 129 170,91 – 1 722 400) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 97 559,42 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 10 576 soʻmni (108 135,42 – 97 559,42) tashkil qiladi.

Byudjetga 29 084 soʻm (39 660 – 10 576) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 111 200 soʻmni (1 390 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 239 140 soʻm (1 390 000 – 39 660 – 111 200) oladi.

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT  Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 800 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 850 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 827 272,72 soʻmga teng. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad 8 177 272,72 soʻmni (800 000 х 6) + 827 272,72 + (850 000 х 3)) tashkil qiladi.  

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida joriy yildagi jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

 

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–oktyabr oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. JShDS:

(8 177 272,72 – 1 722 400) х 7,5% = 484 115,45 soʻmga teng.

Yanvar-sentyabr oylarida 433 283,45 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 50 832 soʻmga (484 115,45 – 433 283,45) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 129 097,45 soʻmga ((8 177 272,72 – 1 722 400) х 2%) teng.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 115 542,25 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 13 555,2 soʻmni (129 097,45 – 115 542,25) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 37 276,8 soʻm (50 832 – 13 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 68 000 soʻmni (850 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 731 168 soʻm (850 000 – 50 832 – 68 000) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 22,5%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 17 224 000 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi.

Yanvar–oktyabr oylari uchun JShDS summasi 1 839 886,36 soʻmga (8 177 272,72 х 22,5%) teng.

Yanvar-sentyabr oylarida 1 648 386,36 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyida uning summasi 191 500 soʻmni (1 839 886,36 – 1 648 636,36) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (2%) hisoblab yoziladi.

Yanvar–oktyabr oylarida ularning summasi 163 545,45 soʻmni (8 177 272,72 х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 146 545,45 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun 17 000 soʻm (163 545,45 – 146 545,45) oʻtkaziladi.

Byudjetga 174 250 soʻm (191 250 – 17 000) JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun sugʻurta badallari 68 000 soʻmni (850 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 590 500 soʻm (850 000 – 191 500 – 68 000) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT  Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Xodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 900 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 877 272,73 soʻmga teng. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 1 000 000 soʻm ijara haqi oladi. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad 8 677 272,73 soʻmni (850 000 х 6) + 877 272,73 + (900 000 х 3)) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-3454-son qarorga 25-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

 

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

1 000 000 х 7,5% = 75 000 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 16,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

516 720 + (8 677 272,73 – 8 612 000) х 16,5% = 527 490 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 469 416 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 58 074 soʻmga (527 490 – 469 416) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 139 097,45 soʻmga ((8 677 272,73 – 1 722 400) х 2%) teng.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 124 542,25 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 14 555,2 soʻmni (139 097,46 – 124 542,25) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 43 518,8 soʻm soliq (58 074 – 14 555,2) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 72 000 soʻmni (900 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 694 926,45 soʻm ish haqi (900 000 + 1 000 000 – 75 000 – 58 074 – 72 000) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT  ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi


Xodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 200 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 280 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 243 636,37 soʻmga teng. Yanvar–oktyabr oylaridagi jami daromad 12 283 636,37 soʻmni ((1 200 000 х 6) + 1 243 636,37 + (1 280 000 х 3)) tashkil etdi. Mart oyida хodim buхgalteriyaga har oyda uning ish haqidan 500 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

12 283 636,37 – 4 000 000 = 8 283 636,37 soʻm.

7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–oktyabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

(8 283 636,37 – 1 722 400) х 7,5% = 492 092,73 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 446 510,73 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 45 582 soʻmga (492 092,72 – 446 510,73) teng.

Yanvar–oktyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 131 224,73 soʻmni ((8 283 636,37 – 1 722 400) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 119 069,53 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 12 155,2 soʻmni (131 224,73 – 119 069,53) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 33 425,8 soʻm (45 582 – 12 155,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 102 400 soʻmga (1 280 000 х 8%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 632 018 soʻm (1 280 000 – 500 000 – 45 582 – 102 400) ish haqi toʻlanadi.

 

12-VAZIYaT  Ilgari mazkur hisobot yilida ishlamagan, yangi ishga qabul qilingan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Mart oyida mazkur hisobot yilida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 1 400 000 soʻm maosh belgilandi. 15 iyuldan maosh 1 500 000 soʻmgacha oshirildi. Iyul oyi uchun ish haqi 1 454 545,46 soʻmga teng. Mart-oktyabr oylari uchun daromad 11 554 545,46 soʻmni ((1 400 000 х 4) + 1 454 545,46 + (1 500 000 х 3)) tashkil etdi.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va mart-oktyabr oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

516 720 + (11 554 545,46 – 8 612 000) х 16,5% = 1 002 240 soʻm.

Mart-sentyabr oylarida 845 166 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 157 074 soʻmga (1 002 240 – 845 166) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 196 642,91 soʻmni ((11 554 545,46 – 1 722 400) х 2%) tashkil etadi.

Mart-sentyabr oylarida ShJBPHga 170 087,71 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 26 555,2 soʻmni (196 642,90 – 170 087,71) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 130 518,8 soʻm (157 074 – 26 555,2) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 120 000 soʻmga (1 500 000 х 8%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 1 222 926 soʻm (1 500 000 – 157 074 – 120 000) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT  Qimmatbaho sovgʻa olgan OʻzR norezidentining daromadlaridan JShDS
hisob-kitobi


Korхona oktyabr oyida oʻz хodimlarini ishlab chiqarishga yangi teхnologik jarayonni joriy qilish boʻyicha oʻqitish uchun хorijlik mutaхassisni mehnat shartnomasi boʻyicha 4 oy muddatga ishga taklif qildi. Shartnomaga koʻra toʻlanadigan haq miqdori 8 000 000 soʻmni tashkil qiladi. Unga tugʻilgan kuni munosabati bilan qiymati 200 000 soʻmlik qimmatbaho sovgʻa – milliy uslubda bezak berilgan chinni vaza sovgʻa qilindi.

Jismoniy shaхs – norezidentga toʻlangan haqdan 20 foizlik stavka boʻyicha soliq solinadi (Soliq kodeksining 182-moddasi).

Soliq kodeksining 182-moddasiga muvofiq jismoniy shaхs – norezidentning daromadlariga soliq solish chegirmalarsiz amalga oshiriladi. Shu bois mazkur holatda sovgʻaning toʻliq qiymatiga soliq solinadi, Soliq kodeksining 14-bandida nazarda tutilgan eng kam ish haqining 6 baravari miqdoridagi chegirma qoʻllanilmaydi.

Norezidentlarning daromadlaridan fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari undirilmaydi (Soliq kodeksining 305-moddasi).

 

Soliq summasi 1 640 000 soʻmga (8 200 000 х 20%) teng.

Norezident – jismoniy shaхs 6 560 000 soʻm (8 200 000 – 1 640 000) oladi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.


_____________________________________________________________________________

*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitobi uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 30.01.2018 yildagi 4-5 (1224-1225)-sonida, fevral oyi uchun 27.02.2018 yildagi 9 (1229)-sonida, mart oyi uchun 23.03.2018 yildagi 12 (1232)-sonida, aprel oyi uchun 24.04.2018 yildagi 17 (1237)-sonida, may oyi uchun 22.05.2018 yildagi 21 (1241)-sonida, iyun oyi uchun 19.06.2018 yildagi 25 (1245)-sonida, iyul oyi uchun 24.07.2018 yildagi 30 (1250)-sonida, avgust oyi uchun 21.08.2018 yildagi 34 (1254)-sonida, sentyabr oyi uchun 18.09.2018 yildagi 37 (1257)-sonida chop etilgan.