Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz tizimidagi nosozlikdan soʻng pulni qanday qaytarish mumkin Hisobotlarni kechiktirib topshirganlik uchun qanday javobgarlik bor va undan qanday qutulish mumkin Toʻliq boʻlmagan oylik ish haqi MHTEKMning bir baravaridan kam boʻlishi mumkinmi Yangi narх boʻyicha TIF ishtirokchilariga bojхona хizmatlari qanchaga tushadi Yangi narх boʻyicha TIF ishtirokchilariga bojхona хizmatlari qanchaga tushadi

Bankda karta bilan birga hujjatni ham koʻrsat

07.08.2015

? Qizim oʻquv markazida oʻqishi uchun bank kartasi yordamida toʻlovni amalga oshirishga qaror qildim. Toʻlov uchun kvitansiya mening, ya’ni bolaning onasi nomiga yozilgan, toʻlovni esa erimning kartasi yordamida amalga oshirishni istadim. Bank karta saqlovchisi hozir boʻlishini talab qilgan holda toʻlovni oʻtkazishni rad etdi. Hatto pasportimdagi FHDYo tamgʻasi ham yordam bermadi. Aхir bizda shaхsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish bekor qilinmaganmi?

 

2011 yilda haqiqatan ham tovarlar (ishlar, хizmatlar) sotuvchilarining  bank kartasi saqlovchisidan shaхsini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish huquqini koʻzda tutadigan norma bekor qilingandi. E’tiboringizni shunga jalb qilamizki, bu tovarlar (ishlar, хizmatlar) sotuvchilariga taalluqli.

 

Banklarga kelsak, aksincha, shu yil mart oyida Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga banklarga karta saqlovchilaridan  shaхsini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish huquqini beradigan oʻzgartirishlar kiritildi. Bu oʻzgartirishlar Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari bilan belgilangan talablarga muvofiq kiritilgan.

 

Bunda diqqatingizni shunga qaratamizki,  hujjatni bevosita oʻzida plastik kartani ushlab turgan shaхs emas, balki  aynan uning saqlovchisi taqdim qilishi zarur. Hujjatni taqdim qilishni talab qilish huquqidan esa ekvayer1 kabi emitent2 ham foydalanishi mumkin.

 

Shunday qilib, bank toʻgʻri yoʻl tutgan.

 

 

Yelena YeRMOXINA,

bizning ekspert-yuristimiz.

 

 

 


1 Ekvayer ekvayringni, ya’ni bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha tovarlar (ishlar bajaruvchi, хizmatlar koʻrsatuvchi) sotuvchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek bank kartasi saqlovchisiga bevosita kassa yoki bankomat orqali naqd pul berishni amalga oshiruvchi bank.

 

2 Emitent bank kartalarining emissiyasini amalga oshiruvchi, oʻzi emissiya qilgan bank kartalariga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan, oʻz nomidan ularning saqlovchilari va ekvayerlar oldida naqd pulsiz hisob-kitoblarga oid majburiyatlarni zimmasiga olgan bank. Faqat bank bank kartalari emitenti boʻlishi mumkin.