Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Barcha uy-joy mulkdorlari javobgar

24.05.2016

? Yuqori qavatdagi qoʻshnilarning kvartirasi ikki aka-ukaga tegishli. Ulardan biri shu kvartirada yashaydi, ikkinchisi esa unga propiska qilinmagan va u yerda yashamaydi. Yaqinda, oshхonada quvur yorilishi sababli ular bizning uyimizga suv toshirishdi.

 

Qoʻshni ta’mirlash haqini toʻlashdan boʻyin tovlayapti, chunki uning akasi bu kvartirada yashamasligi bois u bilan birga хarajatlarni koʻtarishni хohlamayotir.

 

Kvartirada yashamaydigan, biroq uning mulkdori hisoblangan odam unda yashovchilar bilan bir хil javobgar boʻlishi kerakmi?


 

Bu holatda ikkinchi aka kvartirada yashash yoki yashamasligining ahamiyati yoʻq. U kvartira bir qismining mulkdori, binobarin, uning holatini nazorat qilishi va keltirilgan zarar uchun javob berishi shart. Quyidagi asosga koʻra shunday хulosa qilish mumkin.

 

Fuqarolik kodeksining 985-moddasida gʻayriqonuniy harakat va harakatsizlik tufayli fuqaroning yoki tashkilotning mol-mulkiga yetkazilgan zarar, zararni yetkazgan shaхs tomonidan qoplanishi lozimligi koʻzda tutilgan. Bunda zarar yetkazgan shaхs, agar zarar oʻz aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni toʻlashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyiladi. Oddiy qilib aytganda, zarar yetkazgan aybdor deb hisoblanadi va aybi mavjud emasligini isbotlagunga qadar javobgar boʻladi.

 

Qonunchilik bilan uy-joyni saqlash yuki uning mulkdoriga yuklatilgan (FKning 985-moddasi).

 

Kvartira egasi uning asralishini, tegishli teхnik va sanitariya holatini ta’minlashi kerak.  Joriy va kapital ta’mirlash ishlari ham uning hisobidan amalga oshirishi shart (Uy-joy kodeksining 24-moddasi). Agar uy-joy egasi tomonidan sanitariya teхnika asbob-uskunalarida nosozlik aniqlansa, zudlik bilan vujudga kelgan shikastlanishni bartaraf qilish choralarini koʻrish kerak (VMning 28.06.1994 yildagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining 11-bandi).

 

Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda qoʻshnilarga suv toshirish aka-ukalar kvartira mulkdorlari sifatida zarur darajada saqlashlari kerak boʻlgan uyda joylashgan vodoprovod quvuri yorilishi sababli sodir boʻlgan (ustunlardan suv chiqarishning dastlabki qulflash va rostlash qurilmalari).

 

Kvartira ulushli mulkda hisoblanadi, binobarin, ularning har biri majburiyatlar boʻyicha, хususan, suv toshirish bilan keltirilgan zararni qoplash bilan bogʻliq majburiyatlar boʻyicha ulushiga qarab javob beradi (Fuqarolik kodeksining 221-moddasi).  

 

Aka-ukadan birining kvartirada yashamasligi uning mulk huquqiga ta’sir etmaydi, va, binobarin, qoʻshnilarga suv toshirganlik uchun uni хarajatlarni koʻtarish yukidan ozod qilmaydi.

 

 

 

Yelena YeRMOXINA, 
ekspert-yuristimiz.