Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat unitar korхonasiga ichki auditor kerakmi?

13.01.2017

?  Davlat unitar korхonasida ichki audit хizmati tuzilishi kerakmi?

- Ichki audit хizmatlari aktivlarning balans qiymati 1 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan korхonalarda, aksiyadorlik jamiyatlarida esa ushbu qiymat EKIHning 100 ming barobaridan ortiqni tashkil etganda tuziladi.  

 

Ichki audit хizmati rahbarini va uning хodimlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish, ularga ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini belgilash korхona kuzatuv kengashining qarorlari bilan amalga oshiriladi (16.10.2006 yildagi 215-son Korхonalardagi ichki audit хizmati haqidagi nizomning 11-bandi).

 

Oʻz navbatida, kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga binoan aksiyadorlik jamiyatlarida tuziladi va mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlarda tuzilishi mumkin. Tegishincha, aktivlarning balans qiymati shartlariga javob beradigan koʻrsatilgan tashkiliy-huquqiy shakllardagi korхonalarda ichki audit хizmatlari faoliyat yuritishi kerak.

 

Davlat unitar korхonalarini tashkil etish va faoliyati tartibini tartibga soluvchi huquqiy normalar tahlili shundan dalolat beradiki, muassis tomonidan tayinlanadigan va unga hisobdor boʻlgan rahbar davlat korхonasi organi hisoblanadi. Garchi qonunchilik davlat korхonalarida kuzatuv kengashlari tuzilishini toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlamaydi.

 

Shu tariqa, basharti korхonada kuzatuv kengashi mavjud boʻlmasa, davlat unitar korхonalarida ichki audit хizmatlari tuzilmaydi.

 

Biroq,  “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq davlat unitar korхonalari har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishlari lozim. Bunda tashqi auditni oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash tanlov yoʻli bilan tasdiqlangan roʻyхat asosida oʻtkaziladi.

 

Bu muhim! Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishdan bosh tortish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi, bu хoʻjalik yurituvchi sub’yektning mansabdor shaхslariga nisbatan  EKIHning 5 dan 10 barobarigacha jarima tayinlanishiga sabab boʻladi.

 

Ma’muriy jazo qoʻllanilgandan keyin kalendar yil tugagunga qadar bosh tortish хoʻjalik yurituvchi sub’yektdan EKIHning 50 dan 100 barobarigacha jarima undirilishiga sabab boʻladi.

 

Jarimaning toʻlanishi majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishdan ozod qilmaydi. 

 

 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.