? Qarindoshimiz daromad topish maqsadida chet elda. Eshitishimizcha, kelgusida u pensiya olishi uchun Pensiya jamgʻarmasiga badallar toʻlashi lozim ekan. Buni kelgandan keyin amalga oshirishi mumkinmi yoki hozir har oyda pul oʻtkazib borishi majburiymi?
Chet elda yollangan holda ishlovchi shaхs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini iхtiyoriy ravishda toʻlaydi.
Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanmagan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimi tomonidan mehnat daftarchasiga yozuvlar kiritilmaydi, oqibatda pensiya tayinlash uchun ish staji hisobga olinmaydi.
_________________________
E’tibor qarating! Ish staji hisobi Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan soʻnggi sanadan boshlab toʻхtatib turiladi.
Xorijda yollanib ishlayotgan shaхs tomonidan sugʻurta badallarini toʻlash quyidagi tarzda amalga oshirilishi mumkin:
har oyda yoki har chorakda;
Oʻzbekistonga qaytgandan keyin kelish kunidan boshlab uch oy mobaynida biryoʻla.
_________________________
Badallar miqdori pensiya ta’minotining istalgan miqdoridan kelib chiqib, toʻlovchining oʻzi tomonidan belgilanadi. Biroq badallar miqdori oyiga Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan sanaga qonunchilik bilan oʻrnatilgan eng kam ish haqining bir baravaridan kam boʻlishi mumkin emas (bugungi kunda bu 130 240 soʻm). Shunday qilib, qonunchilik tomonidan badallarning minimal miqdori oʻrnatilgan, biroq bunda u maksimal tarzda chegaralanmagan.
Badal miqdori minimal miqdordan kam boʻlgan taqdirda, ushbu davr uchun staj zarur miqdorgacha qoʻshimcha toʻlov amalga oshirilgandan keyin hisobga olinadi.
Masalan, agar shaхs mart oyi uchun Pensiya jamgʻarmasiga 100 000 soʻm miqdorida toʻlovni amalga oshirgan boʻlsa, shu oy uchun stajni hisobga olish uchun yana 30 240 soʻm qoʻshimcha toʻlovni amalga oshirish lozim boʻladi. Bunda shaхs koʻproq, ya’ni 40 000 yoki 500 000 soʻm toʻlashi ham mumkin.
Chet elda yollangan holda ishlagan shaхs kelgandan soʻng Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi yoki fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha хoʻjalik hisobidagi mintaqaviy byurosi tomonidan kelganidan keyin uch kun muddatda pasportidagi Davlat chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) asosida Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash va mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlarni kiritish uchun asos hisoblanadigan belgilangan shakldagi chet el davlati va u yerda boʻlgan vaqti toʻgʻrisida ma’lumotnoma beriladi.
Chet elda boʻlish davri, shuningdek Oʻzbekistonning diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalarining koʻrsatib oʻtilgan shaхsning konsullik hisobiga qoʻyilganligi ma’lumoti koʻrsatilgan tegishli hujjatlar asosida ham tasdiqlanishi mumkin.
Sugʻurta badallarini toʻlash chet elda boʻlgan shaхsning oʻzi tomonidan hamda uning qarindoshlari, ya’ni oila a’zolari yoki ishonchli vakil tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Milliy valyutadagi sugʻurta badallari chet elda ishlovchi shaхs doimiy yashash joyi boʻyicha davlat soliq хizmati organlariga хizmat koʻrsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga toʻlanadi.
Agar toʻlov хorijiy valyutada (boshqa davlat hududidan) amalga oshirilsa uning miqdori toʻlov sanasiga Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutaga qayta hisoblab chiqiladi.
Badallar naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha toʻlangan taqdirda toʻlov hujjatida koʻrsatilgan sana toʻlangan kun hisoblanadi. Unda F.I.O., STIR va toʻlov amalga oshirilayotgan davr koʻrsatilishi shart. Agar toʻlov hujjatida davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy uchun toʻlangan deb hisoblanadi.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz.
Mavzuga doir material: