Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ikkita kvartirani sotganda soliq toʻlash kerakmi?

10.09.2015

? Ikkita kvartirani sotmoqchiman. Menga aytishlaricha, agar buni men bir yil davomida amalga oshirsam, u holda soliq toʻlash lozim boʻlar ekan. Shundaymi?

 

Ha, Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq, ketma-ket keladigan oʻn ikki oylik davr ichida ikki va undan ortiq kvartirani sotish “tadbirkorlik faoliyati” deb baholanadi va undan olingan daromadga tegishincha soliq solinadi.

 

Hozirgi vaqtda jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliqni toʻlash boʻyicha imtiyoz faqat 12 oylik davrda faqat bir marta kvartira sotilganda qoʻllanadi. Bunda aynan shu davrda ikki va undan ortiq kvartira realizatsiya qilinganda soliq toʻlash boʻyicha imtiyoz qoʻllanmaydi.

 

OʻzR SKning 179-moddasi 11-bandining oldingi tahrirlari mazmunidan tadbirkorlik faoliyati doirasida mol-mulkni sotishdan daromad olgan jismoniy shaхslarga mazkur imtiyoz taqdim etilmagan. Qonun hujjatlariga binoan tavakkalchilik va mulkiy javobgarlik asosida daromad olishga yoʻnaltirilgan faoliyat tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Shu bilan birga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtgan jismoniy shaхslar tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin. Shunday qilib, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtmagan jismoniy shaхslar OʻzRning 25.12.2013 yildagi OʻRQ-359-son Qonuni bilan OʻzR SKning 179-moddasi 11-bandiga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar hatto 12 oylik muddatda ikkita kvartira sotgan taqdirlarida ham imtiyozdan foydalanish huquqiga ega boʻlganlar.

 

Bugungi kunda, faqat 12 oy mobaynida bitta kvartirani sotgan jismoniy shaхs imtiyozdan foydalanishi mumkin!

 

E’tiborni qarating! Sotishda oʻn ikki oylik kalendar yil emas, balki ketma-ket keladigan oʻn ikki oylik davr hisobga olinadi. Ya’ni, agar Siz kvartirani 2015 yilning sentyabr oyida sotsangiz, u holda keyingisini soliq solishsiz 2016 yilning oktyabr oyida sotishingiz mumkin boʻladi. Aks holda, Siz jismoniy shaхslar daromadlaridan olinadigan soliqni toʻlaysiz.

 

Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlarga (mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi, sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmaganda, - inventarizatsiya qiymati bilan realizatsiya narхi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi) Soliq kodeksining 181-moddasiga koʻra jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliqning belgilangan eng past stavkasi boʻyicha soliq solinadi (2015 yilda – 8,5%).

 

 

Yelena YeRMOXINA,

bizning ekspert-yuristimiz